Chizmachilik


Simmetrik  ko‘rinishlarni  qisman  tasvirlash



Download 8,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/190
Sana31.12.2021
Hajmi8,66 Mb.
#237070
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   190
Bog'liq
1.Чизмачилик. дарслик

Simmetrik  ko‘rinishlarni  qisman  tasvirlash.  Chizma  qog‘ozi  yuzasini 
tejash yoki ishni tez bajarish uchun ba’zida alohida ko‘rinishlarni to‘liq bo‘lmagan 
holatda chizishga ruxsat etiladi. Ko‘rinishning yarmini tasvirlash (4.6-rasm, a), bir 
qismini  sindirib  tasvirlash  (4.6-rasm,  b,  4.7-rasm,  4.8-rasm),  uzib  tasvirlash  (4.8-
rasm, 4.11-rasm, 4.12-rasm) mumkin.  
Ko‘rinishni  sindirib  ko‘rsatish  odatda  simmetriya  o‘qiga  ega  detallarda 
qo‘llaniladi  (4.6-rasm,  a  va  4.7-rasm).  Shuningdek,  buyumning  boshqa 
ko‘rinishida  tushunarli  bo‘lgan  geometrik  jismni  ham  sindirib  tasvirlash  mumkin 
(4.8-rasm). 
Chizma 
formatini 
katta 
olmaslik 
yoki 
masshtabni 
o‘ta 
kichiklashtirmaslik  maqsadida  ham  gorizontal  simmetriya  o‘qiga  ega  bo‘lgan 
buyumning  ustdan  ko‘rinishi  to‘liq  chizilmagan.  Tasvir  chegarasi  bu  holatda 
simmetriya  o‘qi  (4.6-rasm,  a)  yoki  sinish  chizig‘i  (4.6-rasm,  b)  bo‘lishi  mumkin. 
4.7-rasmda  sinish  chizig‘i  chapdan  ko‘rinishda  bajarilgan  bo‘lib,  unda  o‘lcham 
chizig‘i simmetriya o‘qidan biroz o‘tkazib qo‘yiladi. 
a) 
       b)
         
 
                                4.6-rasm                                                  4.7-rasm 
4.8-rasmdagi  sharikli  sapfani  chapdan  ko‘rinishida  tasvir  to‘liq  chizilmagan 
bo‘lsada buyum tuzilishi bosh ko‘rinishdan tushunarlidir. 
Agar  sinish  chizig‘i  ingichka  tutash  siniq  chiziq  orqali  chizilsa,  u  holda  bu 
chiziq  butun  ko‘rinish  bo‘ylab  uzilmasdan  chizilishi  kerak.  Tasviri  uzib 
ko‘rsatiladi (4.9-rasm).  


86 
 
      
 
4.8-rasm                                 4.9-rasm 
Agar buyum simmetriya o‘qiga uning ko‘rinarli qirrasi ustma-ust tushib qolsa, 
u holda to‘liq bo‘lmagan ko‘rinish sinish chizig‘i orqali chegaralanishi shart (4.10-
rasm). 
Detallarning  ko‘ndalang  kesimi  o‘zgarmas  yoki  biror  qonuniyat  bilan 
o‘zgaruvchan uzun elementlarni (vallar, shpindellar, shatunlar va shunga o‘xshash 
detallar)  chizmalarda  uzib,  qisqartirilgan  holda  ko‘rsatish  mumkin  (4.11-rasm). 
Bunda o‘lcham chizig‘i uzilmasdan to‘la ko‘rsatiladi. 
      
 
                   4.10-rasm                                       4.11-rasm 
4.12-rasmdagi  dastaning  2  ko‘rinishi  ham  uzib  tasvirlangan.  Chizmadan 
ko‘rinib  turibdiki  bosh  ko‘rinishdagi  uzib  ko‘rsatish  biroz  o‘zgacharoq.  Bunday 
holatlarda dastlab buyumni uzmasdan to‘liq tasvirini chizib, keyin uzib tasvirlashni 
tatbiq qilish kerak. So‘ngra buyumning ikkala qismini o‘zaro yaqinlashtirish lozim. 
4.13-rasmda yuqoridagi fikrni to‘ldiruvchi 2 ta variant ko‘rsatilgan. 
Biroq bitta tasvirda bir necha uzib tasvirlashni tadbiq qilishga yo‘l qo‘ymaslik 
kerak.  Chunki  bunda  buyumning  yaqqolligi  yo‘qoladi  va  uni  o‘qish  qiyinlashadi 
(4.14-rasm). 


87 
 
      
 
                4.12-rasm                                4.13-rasm 
     4.14-rasm 

Download 8,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish