Masshtablar
Chizmachilikda masshtab deb, chizmada tasvirlangan buyumning chiziqli o‘lchamlarini shu
buyumning haqiqiy o‘lchamlari nisbatiga aytiladi.
Davlat standartlari O‘zDS 2.302-97 da chizma masshtablarining quyidagi qatori o‘rnatilgan.
Kichraytirish masshtablarni
1:2; 1:2.5; 1:4; 1:5; 1:10; 1:15; 1:20; 1:25;
1:40; 1:50; 1:75; 1:100; 1:200; 1:400; 1:500;
1:800; 1:1000.
Kattalashtirish masshtablari
2:1; 2.5:1; 4:1; 5:1; 10:1; 20:1; 40:1; 50:1;
100:1.
Haqiqiy kattalikdagi natural masshtab
1:1
Chizmaning masshtabi asosiy yozuvning tegishli grafasiga yoziladi: 1:1; 1:2; 2:1; qolgan
hollarda masshtab oldiga М harfi qo‘shib yoziladi, ya’ni М 1:1; М 1:2; М 2:1.
Chizmaning masshtabi qanday bo‘lishidan qat’i nazar chizmada o‘lchamlarning haqiqiysi
qo‘yiladi (2-chizma).
2-chizma.
Do'stlaringiz bilan baham: |