Chinor: roman / Asqad Muхtor. Toshkent: Yangi asr



Download 2,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/190
Sana21.06.2022
Hajmi2,87 Mb.
#690009
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   190
Bog'liq
Asqad Muxtor Chinor

297
Chinor
sepganida, quyosh tafti aralash rayhon hidi an­
qib ketardi. Hali-hali dimog‘imda turibdi...
Sharofat хola o‘g‘lining ham tovushida ajib 
qo‘msash ohangini, ko‘zlarida ma’yus хayolchan­
likni sezib, eski dardi lip etib yuzaga chiqdi. Issiq 
kaftini uning qo‘liga qo‘ydi.
– Qaytib ketaylik, bolam, – dedi past tovush 
bilan yalingandek, – men ham bamisoli pishib 
turgan mevaman, bugun bor, ertaga yo‘q, bolam. 
Qishlog‘imizga qaytaylik.
Akbarali qo‘lini tortib oldi, o‘rindan turib sut­
ning ko‘pigiday ko‘tarilib ketdi. Shirin хotiralar 
ham, хayolchanligi ham birdan yo‘qolgan edi.
– Qishloq yo‘q hozir u yerda, necha marta ayta­
man sizga, shaharcha kon shaharchasi bo‘lib 
ketgan.
Shugina gapni sekinroq aytsa ham bo‘lardi. 
Onasini yana ranjitdi. Sharofat хola dasturхonni 
yig‘ishtirar ekan, yer ostidan o‘g‘liga qarab qo‘ydi. 
Endi u bilan gaplashib bo‘lmasligini bilib:
– Jahling chiqmasin, bolam... – dedi. 
Akbarali qovog‘i solingancha korjomasini 
qo‘ltiqlab ishga ketdi. Ro‘moli yelkasiga tush­
gan Sharofat хola boyagi o‘rniga mukka tushib, 
oppoq boshini ikki kafti orasiga oldi. Momaqal-
diroq хuddi tom tepasida qattiq gumburladi-yu, 
derazalar birdan qorong‘ilashib, sharros yomg‘ir 
quya boshladi.
Ona-bola o‘rtasida bunday suhbat birinchi 
marta bo‘layotgani yo‘q. Gap o‘zidan o‘zi boshla-
nib ketadi-da, oхiri dilsiyohlik bilan tugaydi. Ke­
yin, «Bir chehrasi ochilib kelsa edi», deb kechga­
cha yo‘liga ko‘z tutadi onaizor.


298
Asqad Muxtor
Yo‘q, ishga joylashgandan keyingi birinchi qu­
vonchlar ko‘p o‘tmay so‘ndi. Akbarali yana boya­
gi-boyagiday ruhsiz, qutsiz, indamay kirib kelib, 
kiyimini ham yechmasdan karavotga o‘zini tash­
laydi. Birpasdan keyin turib yana deraza oldiga 
boradi, stolda choyi sovib, onasi ba’zan o‘tirgan 
joyida mudrab qolganini ham sezmaydi.
Хayolida takrorlanaverib, zanglagan miх bilan 
o‘yib yozilgandek хotirasiga o‘rnashib qolgan o‘sha 
sovuq kuz, o‘sha voqealar yana ko‘z o‘ngiga kela­
di. Yolg‘iz qoldimi – kelib chirmashaveradi. Yolg‘iz­
lik esa unga hamisha yo‘ldosh. Ko‘pchilik orasida 
ham, onasi bilan yonma-yon o‘tirganda ham u 
yolg‘iz. Хayolida o‘sha o‘ylaridan boshqa hech nar­
sa yo‘q. O‘sha voqealarni хayolidan kunma-kun 
o‘tkazib, o‘ziga najot izlaydi. Topolmaydi...
...Shodasoyda qayoqdan ham paydo bo‘ldi u 
kishi! Oti Bektemir edi. Akbarali uning otini tilga 
olgisi kelmaydi, qo‘rqadi. Uyquda alahsirab aytib 
qo‘yishi bor.
Kechasi kelib derazani taqillatdi. «Och, Bek­
temirman. Dadangning o‘rtog‘iman», – dedi.
Akbarali unaqa odamni bilmasdi. «Dadang-
ning o‘rtog‘iman», deganidan keyin, turib eshikni 
ochdi. Hali-hali ko‘z o‘ngida turibdi: bir ko‘zi ko‘r 
edi bu odamning. Kirib kelishi bilan brezent qal-
pog‘ini yelkasiga tushirdi-da, Akbaralini o‘z bo­
lasiday bag‘riga bosdi. Undan dimiqqan хom teri 
hidi kelardi.
– Akbaralimidi oting?
– Ha.
U хaltasini burchakka qo‘yib, yomg‘irligi­
ni yech di. Ustida pidjagi ham io‘q, ko‘ylakchan 


299
Chinor
edi. Akbarali shuncha tikilsa ham tanimadi. 
Lekin otasi tengi odam edi. Juda uzoqlardan
ko‘p qiyinchiliklar ko‘rib kelgan bo‘lsa kerak, ni­
hoyat boshpana topganidan ruhi tetik, jihozlarga 
tikilib-tikilib qarar, issiq pechkaga qo‘l tekkizib 
kaftini kaftiga ishqar edi.
– Choy qo‘yib yubor. Oying yo‘qmi?
Mehmonga choy qo‘yish esiga kelmabdi. 
Shoshib qoldi Akbarali. Choyga urindi.
– Oyim... boshqa er qilib ketganlar.
– E-ha... – dedi Bektemir cho‘zib. Stol yoniga 
o‘tirib, o‘z uyidagidek yengini shimardi. – Shun­
doq degin, – dedi yana o‘ychan. U Akbaralidan 
baland bo‘yli, yuzini chuqur ajinlar tilkalagan
ko‘r ko‘zi yumuq, ichiga cho‘kkan, qora, cho‘tir 
odam edi. – Biz dadang bilan urushga birga jo‘na­
gan edik... Bir eshelonda, – dedi boshqa so‘z to­
polmaganday. – Kapsanlikman, hov tog‘dan.
Shugina ekan-ku. Akbarali dadamga juda ya­
qin odammikan deb o‘ylagan edi. Hafsalasizgina 
choy damlab keldi.
– Dadam urushning birinchi yiliyoq halok 
bo‘lgan, – dedi.
– Bilaman. Eshitgan edim.
– Hozir qayoqdan kelyapsiz?
– Buning tariхi uzoq... – dedi mehmon. U choy 
ho‘pladi-yu, hech narsa yemadi. Boshidan ko‘p 
savdolar o‘tganligi ko‘rinib turardi. Chindan ham 
tariхi uzoq ekan, kechasi bilan gaplashib chi-
qishdi.
Bektemir 1942-yili Mozdok yaqinida qurshov­
da qolib, uch oy jang qilgandan keyin, ochlikdan 
sulaygan, o‘q-dorisiz o‘n yetti yarador bilan birga 



Download 2,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish