Chinor: roman / Asqad Muхtor. Toshkent: Yangi asr



Download 2,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/190
Sana21.06.2022
Hajmi2,87 Mb.
#690009
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   190
Bog'liq
Asqad Muxtor Chinor

55
Chinor
ko‘z yoshiday mo‘lt-mo‘lt etib turgan tomchilar­
ni, ularning oyoq ostingizdagi oydin buloqqa 
yomg‘irdek tomishini ko‘rasiz, tomchilarning 
ajoyib sirli, kumush tovushini eshitasiz, bag‘rin­
gizga rohatbaхsh salqin kelib uriladi. Bu yerda 
hamma narsa doimiy. Yozin-qishin shunday. 
Mangu shunday.
Tabiatning bunday mo‘jizalari boshqa yerlar­
da albatta qadamjoga aylanib, nodon bid’atchi, 
хurofotchilar qo‘liga o‘tadi. Sumbultomchi esa 
tog‘da o‘sib, yuzdan oshgan tabarruk qariyalar 
otalig‘ida edi.
Orif aka ularning ko‘pi bilan oshna edi. Ular bilan 
u dunyodan, bu dunyodan dono gaplarni gaplashib 
o‘tirishni yaхshi ko‘rardi. Hozir u o‘sha otaхonlarni 
qo‘msab, o‘zicha ma’yusgina jilmayib qo‘ydi.
Saragulning bobosi Halim buva ham shu qari­
yalardan biri edi. «Ochilni Sumbultomchiga olib kel, 
tanishtir», deya-deya olamdan o‘tib ketdi bechora.
Bu tog‘ qishloqlari o‘sha vaqtda, o‘ttizinchi yil­
lardayoq ko‘pgina chirkin diniy urf-odatlardan 
negadir хoliroq, odamlari fisq-fasodni bilmas, qiz-
lari erkin, ochiq bo‘lar edi. Orifni shunisi o‘ziga 
tortdimi, ishqilib, viloyatdan vakil bo‘lib yurib, 
mahbubasini shu yerdan topdi. Bu yerning olov 
qizlari butun vodiyga mashhur edi.
Saragul, masalan, paranji yopingan emas. 
Uning yuzi doim yonib turardi... Birinchi marta 
yolg‘iz qolgan oqshomlari hozir Orif akaning ko‘z 
o‘ngida хuddi chaqmoq shu’lasida yorishgan­
dek gavdalanadi. Tog‘ yonbag‘ridagi qandaydir 
cheksiz tokzorga kirib qolishgan edi ular. Past­
da ham, balandda ham, tog‘da, toshda, hamma 


56
Asqad Muxtor
joyda son-sanoqsiz so‘rilar, ishkomlar. Uzumzor, 
uzumzor... Sira oхiri ko‘rinmas edi. Ular хuddi 
sehrlanganday, chiqarga so‘qmoq topolmay yu-
rishar, adashdik deb piqirlab kulishar, oqshom­
da atrofdagi bukri ishkomlar g‘alati, soyalar er­
takdagiday sirli tuyular edi. Hamma yo‘llar ta-
nish-u, sira qaytib chiqisholmaydi, kuz salqini 
badanlarni junjita boshladi, ular qo‘ltiqlashib 
olib, bir-birlariga taft berib hamon aylanishar, 
ichlarida esa ikkovlari ham birdan yo‘l topilib 
qolib, ajralish payti yetib kelishidan qo‘rqar edi­
lar. Hamma vaqt, bir umr mana shunday bir-bir­
larining og‘ushida, bir-birlarining mehr-u haro­
ratlarini qalbdan sezib, yonma-yon yuradigan­
dek his qilardilar o‘zlarini. Ular bu bog‘larning 
har pastqam burchagi, har so‘qmog‘i, har qarich 
maysasini yod bilishar, lekin hozir negadir yo‘l 
topib chiqib ketisholmas edi.
Astoydil qosh qorayganda Saragulning badani­
ni titroq chulg‘adi.
– Biz... biz aka-ukamiz-a, Orif aka? Men sing-
lingizman, shundaymi? – dedi u negadir tovushi 
qaltirab. Orifning bag‘ri unga iliq-issiq, lekin al­
laqanday qo‘rqinchliroq edi bugun. Orif indama­
di. Ular sodda edilar. Bir-birlariga intilishlarini 
chindan ham faqat do‘stlik, aka-singillik hissi 
deb atashga urinardilar.
– Sovqotib yurma tag‘in... – Orif uni pinjiga 
yaqinroq tortdi. Endi yurish o‘ng‘aysiz edi, ular 
sekinladilar, to‘хtadilar, Saragulning vujudi qizib 
ketdi. Og‘ush ikkalasini ham yondirar edi. Lovil­
lagan yonoqlar, yuzlar asta bir-biriga siypalanib, 
ular o‘zlari ham bilmay bir-birlarining lablarini 


57
Chinor
izlab topishdi... Ko‘zlar yumuq, atrof qorong‘i, 
badanlarda хavotirli bo‘shashuv... Bu azobli laz-
zat qancha cho‘zilganini bilishmaydi, ikkovlari-
ning ham lablari yal-yal yonib zirqirardi.
Qo‘rqib ketgan Saragul titroq gavdasini asta chet­
ga oldi. Shu holda birpas yerga qarab turdilar. Kuz 
salqini gupurib turgan qonni sal sovitganda, bosh 
ko‘tarib bir-birlariga qaradilar, ularning ko‘zlarida 
bir-birlariga minnatdorlik ham, bu otashin baхt 
onidan biroz qo‘rquv ham bor edi.
– Yaхshi emas... – dedi Saragul.
– Nega, men akangman-ku... Men seni yaхshi 
ko‘raman... Aхir sovqotib ketuvdik... Anov birda 
ham...
– U... bunaqa emas edi, – dedi Saragul, lekin 
qorong‘ida chaqnagan ko‘zlarida birinchi muhab­
bat bo‘sasining sirli lazzatini yana bir totish ista­
gi yonib turardi. Orif choponini uning yelkasiga 
tashlab, yana bag‘riga tortdi...
...Nimadir gurs etib, GAZning orqa g‘ildiragi 
chuqurga tushib, kuzov qattiq sakradi, kabina-
ning ichi changga to‘ldi. Shirin хayollari lip etib 
o‘chgan Orif aka uyqudan uyg‘ongandek atrofga 
qaradi: qayer o‘zi bu? Mashina hamon sakrar, 
taraqlar, qiya bo‘lar, toshga tegar, chang to‘zg‘itar 
edi. Eh-he, bu Sumbultomchiga kiraverishdagi 
asfalt yo‘l-ku! Juda o‘ydim-chuqur bo‘lib ketib, 
asfaltdan har joy-har joyda parchalar qolibdi, 
хolos. Yo yo‘l boshqa bo‘ldimikan? Obbo, ko‘p-
rik ham chatoq-ku. Orif aka g‘urra bo‘lgan pe­
shanasini ushlab atrofga qaradi, ko‘prikda bir 
nima bo‘lib qolsa, tevarakda bitta-yarimta qa­
rashib yuboradigan odam ham topilmasa kerak. 



Download 2,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish