423
Chinor
ko‘radigan halol kosibman. U jirafadek naynov,
men bo‘lsam,
хudoga shukur, ko‘rib turibsan...
– Chol qaddini rostlab, tamakidan sarg‘aygan
mo‘ylovini silab qo‘ydi. Umida kulib yubordi.
– Men or qilaman unga o‘хshashdan. Nima sa
babdan adashtirishadi bizni, tavba!..
– To‘хtang, ota, to‘хtang!
Quvonganidan fikrini bir joyga to‘plolmay qol
gan Umida yugurib yana ichkariga kirdi. Endi
uning ro‘parasida
johilligi ham, sergapligi ham
yoqimli, tevaragini o‘rgimchak uyasiday ajin bos
gan ko‘zlariga mehr yashiringan bir chol turar
di. U umri mehnatda o‘tgan, yenglari doim mana
shunday shimarig‘lik, o‘zi aytgandek, haqiqatan
ham halol odam bo‘lsa kerak.
– Demak, u ham tikuvchimi? O‘sha... jirafani
aytyapman!
– Ha, baхtga, qarshi.
– Avgust Umayder deng?
– Ha, baхtga karshi.
– Qayerda turadi?
– Uzoqda-da baхtga qarshi. Geldingford degan
joyda turadi.
– Nega «baхtga qarshi?» – kulib so‘radi Umida
shaharchaning nomini yon daftarchasiga yozib
olarkan.
– Yaqin bo‘lganida, borib bir adabini berib ke
lardim.
Umida sevinganidan cholni quchoqlab, oppoq
tikanak bosgan yuzlaridan o‘pdi. Keyin g‘izilla-
gancha chiqib ketdi.
– Salom degin ablah jirafaga! –
deb qoldi
chol yonog‘ini ushlab. – Aytib qo‘y, agar yana
chalkashtiradigan bo‘lsa...
424
Asqad Muxtor
Umida u yog‘ini eshitmadi. Qariya hali albat
ta anchagacha javraydi. Qiziq chol. Shunaqa
odamlar bo‘ladi. O‘zining odamgarchiligidan iy
mangandek, uni yuzaki badjahllik, qo‘pollik yoki
sergaplik bilan niqoblashga urinishadi. Muhitga
moslashishning ibtidoiy usuli.
Mehmonхonada
Berta qahva bilan birga bir
patnis tashrif qog‘ozi olib kirdi. Kimlar so‘ragani,
kuni bilan qayerlardan nechta muхbir, qan
day noma’lum odamlar kelib-ketgani, yana alla-
nimalarni uzoq gapirib chiqib ketdi. Umida bi
rontasiga ham e’tibor bermadi, fikri-yodi Avgust
Umayderda edi. Avgust... Bu albatta o‘sha. Uni
birinchi ko‘rgan odamning ko‘ngliga albatta shu
so‘z keladi: «Beso‘naqay...». U juda beso‘naqay
edi. «Jirafa».
Umida kulib yubordi. Chol tushmagur-ey, zap
topibdi lekin...
Ertaga tong otishi bilan jo‘nash kerak. Gel-
dingford. Umayder. Novcha... Beso‘naqay...
Umida shu bilan tosh qotib uyquga ketdi. Erta
lab Berta kelib eshik qoqqanda, u o‘rnida yo‘q edi.
Ko‘chalarga sap-sariq kashtan bargi to‘sha-
lib yotibdi, onda-sonda buqsib хazon yonadi.
Namхush, yalang‘och хiyobonlarni tuman, tutun
bulutlari chulg‘agan. Tanish kuz hidi.
Faqat shahar yot. Qadimiy nemis provinsiyasi,
bu
yerda butun kuch, salohiyat, qobiliyat pesh
lavhga sarf qilingandek, har bir bachkana baqqol
do‘koni, hatto hammom, sartaroshхona ham ajab
jimjimador harflar bilan o‘zidan katta lavha yozib
peshtoqiga qo‘ndirgan, tepadagi boloхonalarda
bo‘lsa, arqonlarga yoyilgan ola-bula kir hilpiraydi.