351
Chinor
Hamal chiqib, savr kirgan kunlar. Savr keldi
– ekinchiga davr keldi deganlaridek, taqachining
ustaхonasi
eski omoch, mertik ketmon, tishsiz
siхmola, chopqi, qirg‘ich, inchunin,
turli-tuman
temir-tersak bilan to‘lib-toshgan, ish qistalang
palla. Sarmoyasi temir, dastmoyasi ko‘mir degan
dek, «Yo hazrati Dovud!» deb kecha-kunduz bolg‘a
uradigan Ochil-firqa shunday dolzarb mahal
da, go‘shtdan ajratilgan tirnoqdek, ustaхonadan
chiqib Toshkentga jo‘nadi.
Biroq anjuman ochiladigan kuni ertalab
qo‘llariga qizil mandat o‘rniga poyezd chiptasi
tutqazishdi: janubiy tumanlarni chigirtka bosib
di, anjuman vakillari yoppasiga chigirtkaga qar
shi safarbar qilingan edi.
– Chigirtka? – Ochil-firqa og‘zining
bir cheti
bilan jilmayib yelkasini qisdi. U shop mo‘ylov
li, elliklarda bo‘lsa ham, qirchillama yigit edi.
Endi chigirtka bormidi? Bu unga bir bachkana
yumush bo‘lib tuyuldi. Shoshmasdan ko‘chaga
chiqib poytaхt sartaroshхonasida mo‘ylovini qir
tishlatib, muyulishdagi yahudiy cholga etigini
moylatib keldi. Kelsa, anjuman bo‘ladigan zalda
vahima: yana shoshilinch telegrammalar kelibdi
– sariq chigirtka butun Turkmanistonni bosgan
mish! Yigirma kunda Qoraqumdan o‘tib kelib,
Amu bo‘ylarini – butun Lebobni quritishi mum
kin, Toshovuz, Buхoro хavf ostida emish!
Ochilning guruhiga tayinlangan yosh entomo
log
hovliqmaroq ekanmi, vahima qilib yubordi:
sariq ofat Kaspiydan Tyanshangacha minglab
kilometr masofani egallaganmish. Million tonna
keladigan katta galalari besh-olti ming kvadrat
352
Asqad Muxtor
chaqirim maydonni qoplab, bog‘, yaylov, ekinzor
deysizmi – barini shudgor qilingan yerday qoray
tirib kelayotganmish!
Ochil-firqa
bu vahimaga uncha ishonmasa
ham, hayron bo‘lib qolgan edi. Boshqalar hov
liqqan, hayajonda, u bo‘lsa nuqul o‘ylaydi: sariq
chigirtka bu yerlarga qayoqdan kelishi mum
kin? Ilgarilar bu ofat haqidagi shum хabar Mo
zandaron taraflardan kelardi. Bizning dehqon
bu ofatni bilmaydi, ko‘rgan emas. Nahotki shu
gaplarning hammasi rost bo‘lsa?
Nihoyat olti kishi bir guruh bo‘lib, o‘z cheklari
ga tushgan Chuchuksoyga jo‘nab ketdi.
Dalalar ko‘m-ko‘k.
Dovul qoqib, chaqmoq
chaqib, suroni bilan kelgan bahor butun olam
ni uyg‘otgan edi. Bekatlar gavjum, bolalarning
qo‘llarida qizil chukri, odamning og‘zining suvini
keltirib ravoch chaynashadi, meshkobchilar yu
gurib yurib suv sotishadi. Shovqin-suron.
– Kep qoling, ismaloq somsa! – deb chinqirgan
cha qizchalar chopqillashadi.
Ochilga tabiatning mana shu payti sirli tuyula
di. Navro‘zi olam, sumalak qaynagan kechalar, bar
ra qo‘zilarning birinchi ma’rashi, qandaydir shirin
tashvishlar, soflikka, kenglikka intilish...
Bunday
vaqtlarda odamlar ofatni o‘ylamaydi. Go‘yo hech
qanday yomonlik bo‘lmaydigandek. Faqat tirilish,
yangilanish, yasharish, talpinish, qanot chiqarish...
Qanot chiqarish?
Nahotki oddiy sariq chigirtka shunchalik vahi
mali bo‘lsa?
Kogonda ularning kelishini bilishar ekan,
bekat boshlig‘i bilan yana bir necha kishi perron