Buxoro davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti servis sohasi iqtisodiyoti kafedrasi



Download 52,18 Kb.
bet22/31
Sana31.12.2021
Hajmi52,18 Kb.
#250900
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   31
Bog'liq
ZUHRIDDIN

Narxlarni erkinlashtirish – iqtisodiy islohotlarning eng asosiy

yoʻnalishlaridan biri boʻlib, islohotlarning ijtimoiy-iqtisodiyoqibatlari koʻp jihatdan shu muammoning hal etilishiga bogʻliqboʻladi. Narxlarni erkinlashtirish xomashyo bilan mahsulot ayrim turlariningnarxlari, narx bilan aholi va korxonalar daromadlari oʻrtasidamutanosiblikka erishishga qanday yondashilishi bilan farqlanadi. Shuyondashuvlarga asoslanib, narxlar quyidagi yoʻllar bilan

erkinlashtiriladi:

a) narxlarni birdaniga yoki “esankiratadigan” tarzda qoʻyib yuborish;

b) narxlarning oʻsishini sunʼiy ravishda toʻxtatib qoʻyish;

v) narxni davlat tomonidan boshqarish va nazorat qilishni maʼlum

darajada saqlab qolish.

Bozor munosabatlariga oʻtayotgan har bir mamlakat shu yoʻllardan birinitanlashda ulardan har birining mavjud real shart-sharoitlarga qanchalikmos kelishi, aholi asosiy qismining moddiy ahvoliga qanday darajadataʼsir koʻrsatishi, isloh qilishning tanlab olingan yoʻliga qanchalikdarajada javob berishi va kutiladigan salbiy oqibatlarini hisobga olishimuhim ahamiyatga ega boʻladi. Sobiq ittifoq mamlakatlari negizida vujudga kelgan bir qanchamustaqil davlatlar narxlarni erkinlashtirishning “esankiratuvchi” yoʻlinitanlab oldi. Barcha turdagi xomashyo resurslari, isteʼmol mollari hamdaxizmatlar narxlari bir yoʻla erkin qoʻyib yuborilishi natijasida narxlarkeskin oshdi. Bu aholi keng qatlamining birdaniga qashshoqlashuviga,ijtimoiy ahvolining keskinlashuviga olib keldi. Ishlab chiqarishningpasayishiga, milliy sanoat va qishloq xoʻjaligining izdan chiqishiga sababboʻldi. Oʻzbekistonda iqtisodiyotni isloh qilishning oʻziga xos tamoyillari,mamlakatdagi vaziyat va aholining turmush darajasi hisobga olinib,narxlarni asta-sekinlik bilan va bosqichma-bosqich erkinlashtirish yoʻlitanlab olindi.

20

Shu yoʻl bilan narxlarni erkinlashtirishning dastlabkibosqichida (1992-yilning boshida) keng doiradagi ishlab chiqarish-texnikavositasi boʻlgan mahsulotlar, ayrim turdagi xalq isteʼmoli mollari,bajarilgan ishlar va xizmatlarning erkin narxlari va tariflariga oʻtildi.



Aholini himoyalash maqsadida cheklangan doiradagi oziq-ovqat va sanoat

tovarlari narxlarining chegarasi belgilab qoʻyildi, ayrim turdagixizmatlarning eng yuqori tariflari joriy qilindi. Narxlarni erkinlashtirishning keyingi bosqichida (1993-yil)kelishilgan ulgurji narxlarni davlat tomonidan tortibga solishtoʻxtatildi. Qatʼiy belgilangan va davlat tomonidan tartibga solib turiladigan narxlarda sotiladigan tovarlar va koʻrsatiladigan xizmatlarning soni ancha qisqardi.

Narxlarni erkinlashtirishning navbatdagi bosqichida (1994-yiloktyabr-noyabr) xalq isteʼmol mollari asosiy turlarining narxlarierkin qoʻyib yuborildi, transport va kommunal xizmatlarning tariflarioshirildi. Shunday qilib, respublikada iqtisodiyotni isloh qilishningbirinchi bosqichi narxlarni bosqichma-bosqich (uch bosqichda) toʻliqerkinlashtirish bilan tugadi. Narxlarni erkinlashtirish aholini ishonchliiqtisodiy va ijtimoiy himoyalash tadbirlari bilan birga olib borildi. 214Davlat tomonidan turli kompensatsiyalar maqsadidagi jamgʻarmalar tuzildi,ish haqi, pensiya va stipendiyalarning eng kam miqdori muntazam suratdaoshirib borildi, bolalar uchun nafaqalar joriy etildi. Aholining muhtojqismiga yordam koʻrsatildi, imtiyozli soliq stavkalari joriy etildi. Aynansamarali va oqilona narx siyosati vositasida mamlakatimizda birlamchiehtiyojga ega boʻlgan tovarlarni ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi. Bu esa,birinchidan, aholining mazkur tovarlarga boʻlgan ehtiyojlarini milliyishlab chiqarish tomonidan toʻla va sifatli taʼminlash imkonini berdi.Ikinchidan esa, oziq-ovqat va boshqa strategik ahamiyatga ega boʻlgantovarlarning oʻzimizda yetarli hajmda ishlab chiqarish imkoniyatining qoʻlgakiritilishi, respublikamizning boshqa mamlakatlardan qaramliginibartaraf etib, iqtisodiy xavfsizlikni taʼminladi. Bu boradaPrezidentimiz I.Karimovning quyidagi soʻzlarini keltirib oʻtishoʻrinlidir: «Barchamizga bir holat yaxshi maʼlum, deb oʻylayman. Keyingivaqtda qoʻshni mamlakatlarda va jahon bozorida oziq-ovqat mahsulotlarinarxining keskin koʻtarilib borayotgani kuzatilmoqda. Bunday vaziyatdarespublikamiz ichki bozorining, aholimizning oziq-ovqat mahsulotlaribilan ishonchli taʼminlanishi alohida ahamiyat kasb etadi. Shu munosabatbilan bizning 90-yillardanoq gʻalla mustaqilligiga erishish, aholining

21

unva nonga, boshqa hayotiy muhim oziq-ovqat mahsulotlariga boʻlgan talabinitoʻla taʼminlash vazifasini oʻz oldimizga qoʻyganimiz va uni muvaffaqiyatlihal etganimiz uzoqni oʻylab qilingan oqilona ish boʻlganini eslashoʻrinlidir. Bugungi kunda Oʻzbekiston bugʻdoy, un, paxta yogʻi, meva-sabzavot, quruqmevalar va uzum, poliz mahsulotlari kabi oʻta zarur oziq-ovqat tovarlaribilan nafaqat oʻz ichki ehtiyojlarini toʻliq taʼminlamoqda, balki ularniyurtimizdan tashqariga ham eksport qilmoqda. Hozirgi paytda goʻsht va sutmahsulotlari, guruch, kartoshka va boshqa muhim oziq-ovqat mollariga boʻlgantalabni oʻzimizda ishlab chiqarilayotgan tovarlar hisobidan toʻliqqoplanmoqda va bunday holatni oʻzimizning ulkan yutugʻimiz deb hisoblaymiz». Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida milliy iqtisodiyotraqobatbardoshligi hamda barqarorligini oshirishda narxning ahamiyatioshib bormoqda. Jumladan, Oʻzbekistonda qatʼiy tejamkorlik tiziminiragʻbatlantirish orqali korxonalarning raqobatbardoshligini oshirish koʻpjihatdan mahsulotlar tannarxini pasaytirishga bogʻliqdir. Shunga koʻra,«Inqirozga qarshi choralar dasturida 2009-yilda barcha turdagi energiyamanbalari va kommunal xizmatlarning asosiy turlari boʻyicha narxlarningkoʻtarilishini cheklash, yaʼni ularni 6-8 foizdan oshirmaslik mexanizmishlab chiqilgan» boʻlib, mazkur choralar mahalliy ishlabchiqaruvchilarning raqobatbardosh mahsulotlar yaratish va eksport qilishimkoniyatlarini kengaytiradi.




Download 52,18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish