Buxoro davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti servis sohasi iqtisodiyoti kafedrasi



Download 52,18 Kb.
bet1/31
Sana31.12.2021
Hajmi52,18 Kb.
#250900
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
Bog'liq
ZUHRIDDIN


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA

MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI

IQTISODIYOT VA TURIZM FAKULTETI

SERVIS SOHASI IQTISODIYOTI KAFEDRASI

«IQTISODIYOT» fanidan

K U R S I S H I

Mavzu: Narxning mohiyati va vazifalari

Bajardi: ______ 3-1BBKT-20 guruhi talabasi Oloviddinov Zuhriddin Saloxiddin o’g’li

Kurs ishi himoya qilingan sana “____” __________2021 y. Baho “_____” ___________

Ilmiy rahbar:

Komissiya a’zolari:

M U N D A R I J A

Kirish………………………………………………………….………1-2

1-bob Narx va uning shakillanishni nazariy asoslari


    1. Narxning turlari va uning vazifalar…………….....3-7

1.2. Narxni shakillanishi……………………………….…….8-14

1.3. Qiymat va narx, xarajatlar va tannarx….…15 -19

2-bob Narx siyosati va strategiyalarining tahlili

2.1. Narx siyosati va uni amalga oshirish xususiyatlari……………………………………19-24

2.2. Narx strategiyalari……………………..…..24-29

Xulosa…………………………………………………………..….30-31

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati……………….…..32-33

Kirish


Kurs ishi mavzusining dozarbligi. Darhaqiqat, iqtisodiyotda narxlarning barqarorligi deganda narxlarning keskin tushib yoki keskin oshib ketmasligi tushuniladi. Shu boisdan narxlarning barqarorligiga erishish strategik vazifalar sirasiga kiradi. Binobarin, narxlarning keskin tushib ketishi ishlab chiqaruvchilarning foyda me'yorini tushishiga hamda tovar va xizmatlar ishlab chiqarish hajmining pasayishiga sabab bo‘ladi. Bu holat iqtisodiyotda iqtisodiy o‘sishning pasayishi, ishsizlik darajasining ortishi kabi salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Aksincha, narxlarning keskin oshib ketishi, o‘z navbatida, aholi xarid qobiliyati hamda real daromadlarining pasayishi natijasida aholi turmush farovonligiga salbiy ta'sir ko‘rsatadi.

Kurs ishini ob’kti. Mamlakatda narxlar barqarorligini ta'minlash yuqoridagi salbiy oqibatlarning oldini olish hamda barqaror iqtisodiy o‘sish sur'atlariga erishish imkonini beradi.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, valyuta siyosatini liberallashtirish sharoitida, respublikamizda narx-navoning keskin oshib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik, aholi turmush farovonligini oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Bu borada, ya'ni aholini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan barqaror ta'minlash maqsadida o‘tgan yildan hozirgi paytgacha 155 million AQSH dollari miqdorida shakar, o‘simlik yog‘i, kartoshka va tovuq go‘shti kabi mahsulotlar ichki bozorning ehtiyojini qondirish uchun chetdan keltirildi.

Shuningdek, ichki bozorni iste'mol tovarlari bilan to‘yintirish uchun import asosida olib kelinadigan 6200 turdagi tovarlar bo‘yicha nol qiymatidagi import bojlari o‘rnatildi va 8 mingdan ortiq tovarlar bo‘yicha aksiz va bojxona to‘lovlari ikki marotaba kamaytirildi.

Amalga oshirilayotgan ishlar shu bilan cheklanmagan holda, 2017-2018-yilning qish-bahor mavsumi uchun zaxiraga olingan jami 445,2 ming tonnadan ortiq asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari (kartoshka, guruch, sabzi va piyoz) ichki bozorga maqbul narxlarda yetkazib berildi.

Ahamiyatga molik jihati shundaki, bugun mamlakatimizda 27 turdagi, jumladan neft mahsulotlari, sement, qora metallar prokati, mis, paxta tolasi va boshqa yuqori likvidli mahsulot turlari, xom ashyo va materiallarni ichki bozorda faqat

1

birja savdosi orqali bozor tamoyillari asosida sotish tizimi yaratildi.



Shuningdek, Davlatimiz rahbarining joriy yilning boshida qabul qilingan Farmoniga asosan, go‘sht mahsulotlari, o‘simlik yog‘i va shakar mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar va import qiluvchi tashkilotlar 2019-yil 1-yanvargacha bojxona to‘lovlaridan ozod qilindi. Ushbu Farmon bilan alohida import qiluvchi korxonalarga berilgan imtiyozlar bekor qilinib, aholining barcha qatlami uchun teng sharoitlar yaratildi. Mazkur holat ham ichki bozorda ushbu mahsulotlar narxlarining barqarorligini ta'minlash imkonini berdi.

Mamlakatimizda aholi salomatligini yaxshilash borasida ham qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, aholini dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ishonchli ta'minlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoniga muvofiq, ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan 820 turdagi dori vositalari va tibbiyot buyumlari ijtimoiy dorixonalar tomonidan ularning sotib olish qiymati yoki ulgurji narxiga 10 foiz cheklangan savdo ustamasi qo‘llanilgan holda amalga oshirilishi belgilab qo‘yildi.

Shuni aytish joizki, yuqorida tilga olingan kompleks chora-tadbirlar samarasi o‘laroq, joriy yilning 8 oyida inflyatsiya darajasi 6,2 foizni tashkil qildi. (Inflyatsiya darajasi 2017-yilning mos davrida - 9,0 foizni tashkil etgan edi.) O‘rtacha narxlar esa, masalan, kartoshka bo‘yicha joriy yilning boshidagi 3 580 so‘mdan avgust oyida 1 400 so‘mgacha, tuxum - 660 so‘mdan 485 so‘mgacha, piyoz - 1 950 so‘mdan 980 so‘mgacha pasaydi.

Tabiiyki, narxlarning pasayish holati barcha mahsulotlarga birdek ta'sir ko‘rsatgani yo‘q. Ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxining o‘sish holatlari ham kuzatilmoqda. Jumladan, joriy yilning 8 oyi davomida mol go‘shtining narxi 20,9 foizga, qo‘y go‘shtining narxi 20,5 foizga hamda guruchning narxi 43,7 foizga o‘sishi kuzatildi.

Ushbu tovarlar narxlarining barqarorligini ta'minlash maqsadida, tegishli vazirlik va idoralar tomonidan chorvachilik sohasini yanada rivojlantirish, chorvachilik mahsulotlarini yetishtirishga ixtisoslashgan fermer va dehqon xo‘jaliklarini zaruriy miqdordagi ozuqa-yem mahsulotlari bilan ta'minlash, sohada seleksiya ishlarini rivojlantirish, go‘sht yetkazib berish tizimini yanada takomillashtirish, eng zamonaviy va ilg‘or tajribalarni joriy qilish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Hukumatimizning tegishli qaroriga asosan, chorvachilik va baliqchilik yo‘nalishidagi tadbirkorlik sub'yektlariga davlat resurslaridan bug‘doy ajratilishi belgilandi.

 2


Download 52,18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish