Boshqaruv hisobi- xo’jalik yurituvchi subekt axborot tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi. Ishlab chiqarish faoliyatini boshqarishning samaradorligi tarkibiy bo’linmalar, subekt xizmatlari bo’limlarining faoliyati haqidagi ma’lumot bilan ta’minlanadi. Bu ma’lumotni boshqaruv hisobi to’g’ri boshqaruv qarorlarni qabul qilish maqsadida subektning ichida faoliyat ko’rsatayotgan turli darajadagi boshqaruvchilar uchun shakllantiradi.
Boshqaruv hisobining mazmuni boshqaruv maqsadlari bilan aniqlanadi: u ichki bo’linmalarning boshqaruvchilari oldiga qo’yilgan qiziqish va maqsadlarga binoan ma’muriyat qarori bilan o’zgartirilishi mumkin.
Boshqaruv hisobining mazmunini o’rganishga uni subektning butun axborot-nazorat tizimi sifatida tavsiflovchi belgilar to’plamini ko’rib chiqishga yordam beradi: axborot bilan ta’minlanishining uzluksizligi, maqsadga yo’naltirilganligi, to’liqligi, jamoatning obektiv iqtisodiy qonunlaridan foydalanishda amaliy aks ettirilishi, o’zgaruvchan tashqi va ichki sharoitlarda boshqaruv obektlariga ta’sir ko’rsatish darajasi va hokazolar.
Boshqaruv hisobining mazmuni- tezkor boshqaruv qarorlari va subektning kelajakdagi rivojlanish muammolarining muvofiqlashtirish uchun ma’lumotni tizimlashtiruvchi xarajatlar va daromadlar, me’yorlashtirish, rejalashtirish, nazorat qilish va tahlil qilish hisobining integratsiyalashgan tizimidan iborat.
Тaklif etilgan tavsif shu bobda ko’rilgan obektlar, belgilar, masala va maqsadlardan kelib chiqqan holda berilgan. Boshqaruv hisobining mazmunini tavsiflab uning muhim xususiyatini belgilash lozim, chunki boshqaruv hisobi boshqaruv jarayonini hisob jarayoni bilan bog’laydi.
Boshqaruv predmeti bo’lib obektga ta’sir ko’rsatish jarayoni yoki ishlab chiqarishning maksimal samaradorligiga erishish uchun insonlar faoliyatini tashkil etish va muqobillashtirish maqsadidagi boshqaruv jarayoni hisoblanadi. Boshqaruv- boshqaruv predmetini rejalashtirish, tashkil etish, muvofiqlashtirish, stimullashtirish va nazorat qilish yordamida ta’sir ko’rsatadi. Boshqaruvning maqsadlari va masalalariga javob beruvchi o’z tizimini yaratib boshqaruv hisobi ayni shu funksiyalarni bajaradi.
Hozirgi vaqtda boshqaruv hisobining predmetini aniqlovchi aniq belgilar mavjud emas. Mualliflar hozirgacha buxgalteriya hisobining umumiy va boshqaruv hisobining qisman mazmunini tushuntirish bilan chegaralanganlar. Bu borada, subektning faoliyatini boshqarish tizimi va uslublari o’zgarmoqda, shuning bilan boshqaruv hisobining protsedura (muolaja)si va mazmuni ham o’zgarmoqda. Bu ayniqsa turli tashkiliy tizimli, o’zgaruvchan tashqi omillarning ta’sirchan (inflatsiya, sanoatning tizimli qayta qurilishi va hokazo)ligiga ta’lluqli. Shu yerdan boshqaruvning obektlari va subektlarining ro’yxati o’zgaradi.
Boshqaruv haqidagi fan boshqaruv hisobi predmeti haqidagi konsepsiyani ham shakllantiradi.
Boshqaruv hisobining predmeti bo’lib umumiy ko’rinishda ishlab chiqarishni boshqarish butun sikli jarayonidagi obektlarning jamlamasi hisoblanadi. Predmetning mazmunini uning ko’p obektlari ochadi va ularni ikki guruhga birlashtirish mumkin: subektning xo’jalik faoliyati jarayonida odamlarning mehnatini ma’lum maqsadga yo’naltirilganligini ta’minlovchi ishlab chiqarish resurslari; to’plamda subektning ishlab chiqarish faoliyatini tuzuvchi xo’jalik jarayonlari va ularning natijalari.
Ishlab chiqarish resurslarining tarkibiga quyidagilar kiradi: asosiy jamg’armalar- bu mehnat vositalari, ularning holati va foydalanilishi; nomoddiy aktivlar- uzoq muddatli investisiyalarning obektlari (yerdan foydalanish huquqi, standartlar, litsenziyalar, savdo belgilari va boshqalar), ularning holati va foydalanilishi; moddiy resurslar- mehnat vositasi yordamida ishlab chiqarish jarayonida qayta ishlov berish uchun mo’ljallangan mehnat buyumlari.
Boshqaruv hisobida bu resurslar ishlab chiqarish zaxiralari sifatida subektning omborlarida, sex omborlarida va bo’linmalarda, ishlab chiqarish bo’limining omborlarida va tayyor mahsulot omborigacha ishlab chiqarish bosqichining darajalari bo’yicha ularning harakati jarayonida ko’rsatilgan. Ular xom-ashyoni sanoatning qazib oluvchi tarmog’ining mahsuloti, qishloq xo’jaligi mahsuloti sifatida; shu va boshqa subektlarda oldindan ishlov berilgan materiallar sifatida (YaТM- tayyorlanmalar, pakovkalar, quyilmalar, detallar, uzellar va boshqalar); hozirgi davrda subektda mavjud mehnat resurslari, mehnat resurslaridan maqsadga muvofiq faoliyat jarayonida foydalanishi va mehnatning natijasi sifatida ko’radilar. Boshqaruv hisobi obektlarining ikkinchi guruhiga quyidagilar kiradi:
-
ta’minot-tayyorlov- ishlab chiqarish ta’minoti va ta’miri, shuningdek ta’minot jarayoni bilan bog’liq bo’lgan marketing faoliyati uchun mo’ljallangan sotib olish, saqlash, ishlab chiqarishni xom-ashyo resurslarini sotib olish bilan, yordamchi materiallar va ehtiyot qismlari bilan ishlab chiqarish uskunasi bilan ta’minlash;
-
ishlab chiqaruvchi- ishlab chiqarish texnologiyasi tomonidan shartlangan va asosiy va yordamchi muomalalardan tashkil topgan jarayonlar; ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni takomillshatirish va yangilarini ishlab chiqarish bo’yicha muomalalar;
-
moliyaviy-sotuv- mahsulotni sotish bozorini shakllantirish bo’yicha marketing tadqiqotlari va muomalalar; to’g’ridan-to’g’ri sotuv muomalalari, bularga qadoqlash, transportirovka qilish va boshqa turdagi ishlar kiradi; reklamadan boshlab to iste’molchilar bilan to’g’ri aloqalar o’rnatish bilan tugab sotish hajmining o’sishiga yordamlashuvchi muomalalar; ishlab chiqarilayotgan mahsulotning sifatini nazorat qilish;
-
tashkiliy- subektning tashkiliy tizimini tuzish, subektning tizimidan funksional bo’limlarni, xizmatlarni, sexlarni, bo’linmalarni ajratish; tizimli bo’linmalar, rejalashtirish, nazorat qilish, rejani bajarishni baholash, rag’batlantirish vazifalariga to’g’ri keladigan boshqaruvning turli darajalari o’rtasidagi ichki kommunikatsion aloqalarning talablariga javob beruvchi to’g’ri va qaytaruv aloqali axborot tizimini subektda tashkil etish; subektning asosiy maqsadini bajarishga qaratilgan ichki ijrochilarning harakatlarini muqobillashtirish muomalalari.
Boshqaruv hisobi obektlarining boshqacha guruhlashtirilishi tanlanishi mumkin, lekin har bir holatda u boshqaruvning asosiy maqsadlariga javob berishi kerak.
Boshqaruv hisobi tizimida uning obektlari ma’lum ixtisosli yo’nalishda aks ettirishga ega. Birinchi o’rinda ishlab chiqarish resurslarining holati, harakati, subektning xo’jalik faoliyati jarayonida maqsadli ishlatilishida aks ettiriladi.
Ularning yordamida subektning axborot tizimida boshqaruv hisobining obektlari akslanuvchi turli qo’llanma va usullarning jamlami boshqaruv hisobining uslubi deyiladi. U quyidagi elementlardan iborat: hujjatlashtirish, inventarizatsiya, nazorat schyotlarini baholash, guruhlashtirish va umumlashtirish, me’yorlashtirish, rejalashtirish va limitlash, nazorat va tahlillardan iborat.
Хulosa qilib shuni aytish mumkinki, uslubning hamma elementlari bir-biridan alohida emas, boshqaruv masalalarini yechishga qaratilgan ichki xo’jalik aloqalarini tashkil etish tizimida harakat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |