O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
“BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT” FAKULTETI
“AUDIT VA IQTISODIY TAHLIL” KAFEDRASI
SEVINDIKOV ABDUXOLIQ SADULLAYEVICH
“MOLIYAVIY TAHLILNI O’TKAZISH BOSQICHLARI”
KURS ISHI
“HIMOYAGA RUXSAT ETILDI”
“Audit va iqtisodiy tahlil” kafedrasi mudiri:
Dots. M.Raximov
“_____”_____________2020 yil
Ilmiy rahbar: PhD. N. Qalandarova
“_____”_____________2020 yil
TOSHKENT 2020
Moliyaviy tahlilni o’tkazish bosqichlari
Reja:
Kirish
Asosiy qism:
1. Moliyaviy tahlilning nazariy-uslubiy asoslari
2. Moliyaviy tahlilni o’tkazish bosqichlari
3. Moliyaviy tahlilni o’tkazishning xorij tajribasi
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Kirish
Iqtisodiyotni modernizasiyalash sharoitida xo’jalik faoliyati tahlili ning roli keskin oshadi, chunki boshqarishda oldingi ma’muriy-buyrukbozlik tizimidan voz kechilib yangi, erkin iqtisodiy mexanizmlar orqali boshqarish tizimi shakllanadi. Oldingi tahlil asosan, reja ko’rsatkichlarini asoslashga, uning bajarilishini ta’minlashga qaratilgan edi. Bugungi kunda esa, har bir xo’jalik sub’ekti o’z faoliyatini mustaqil ravishda boshqaradi. Bu o’z navbatida tahlilning rolini oshiradi. Xo’jalik faoliyati tahlili orqali har bir sub’ektda mavjud bo’lgan ichki va tashqi imkoniyatlar aniqlanadi, ularni amaliyotga safarbar qilish chora-tadbirlari ishlab chiqiladi.
Xo’jalik faoliyati tahlili orqali ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligi hamda mamlakatning iqtisodiy salohiyati aniqlanadi. Bunda, tahlil uchun manba bo’lib, yig’ma statistik ma’lumot asos bo’la oladi. Xo’jalik faoliyatini tahlil qilishdan maqsad korxona va birlashmalarning ish faoliyatiga ob’ektiv baho berish va xo’jalik yuritishning samaradorligini yanada oshirishdan iboratdir. Bunday tahlil natijalari korxonaning xo’jalik faoliyatini doimo nazorat qilib turishni, unga rahbarlik qilishda xatoga yo’l qo’ymaslikning oldini olishga xizmat qiladi.
Shuningdek mamlakatimizda ko’zda tutilayotgan o’zgarishlar va raqamli iqtisodiyotga o’tish bosqichida ekanligimiz iqtisodiyot subyektlari faoliyatini chuqur tahlil etishni osonlashtiradi. Biroq bunig uchun avvalo moliyaviy tahlilni o’tkazishni to’g’ri tashkillashtirish va uning bosqichlarini bexato belgilash zarur. Xususan yangi kompyuter va dasturiy ta’minot imkoniyatlaridan optimal foydalanish tahlil jarayonini osonlashtirish bilan bir qatorda olingan natijalarning ishonchli va aniq bo’lishida juda muhimdir.
Taraqqiyotga erishish uchun raqamli bilimlar va zamonaviy axborot texnologiyalarini egallashimiz zarur va shart. Bu bizga yuksalishning eng qisqa yo‘lidan borish imkoniyatini beradi. Zero, bugun dunyoda barcha sohalarga axborot texnologiyalari chuqur kirib bormoqda.
Yurtimiz “Xalqaro axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish indeksi” bo‘yicha 2019-yilda 8 pog‘onaga ko‘tarilgan bo‘lsa-da, hali juda ham orqadamiz. Aksariyat vazirlik va idoralar, korxonalar raqamli texnologiyalardan mutlaqo yiroq, desak, bu ham haqiqat.
Albatta, raqamli iqtisodiyotni shakllantirish kerakli infratuzilma, ko‘p mablag‘ va mehnat resurslarini talab etishini juda yaxshi bilamiz. Biroq, qanchalik qiyin bo‘lmasin, bu ishga bugun kirishmasak, qachon kirishamiz?! Ertaga juda kech bo‘ladi. Shu bois, raqamli iqtisodiyotga faol o‘tish – kelgusi 5 yildagi eng ustuvor vazifalarimizdan biri bo‘ladi.
Raqamli texnologiyalar nafaqat mahsulot va xizmatlar sifatini oshiradi, ortiqcha xarajatlarni kamaytiradi. Shu bilan birga, meni juda qattiq tashvishga soladigan va bezovta qiladigan eng og‘ir illat – korrupsiya balosini yo‘qotishda ham ular samarali vositadir. Buni barchamiz teran anglab olishimiz darkor.
Davlat va jamiyat boshqaruvi, ijtimoiy sohada ham raqamli texnologiyalarni keng joriy etib, natijadorlikni oshirish, bir so‘z bilan aytganda, odamlar turmushini keskin yaxshilash mumkin.1
Xalqaro kapital va kredit bozorining shakllanishi, xorijiy investitsiyalarning ko‘payishi, eksport-import operatsiyalarining jadallashuvi, transmilliy korxonalar rolining ortib borishi bilan moliyaviy hisobotlarni tuzishning xalqaro standartlarini belgilash, hisob ma’lumotlarini qiyosiyligini ta’minlash zaruriyati tobora ortib bormoqda. Axborotlarni olish va taqdim etishning eng muhim vositasi bu moliyaviy hisobotlardir.2
Bunday axborotlar xo‘jalik subyekti yoki tadbirkorlik subyektining moliyaviy ahvoli, uning hisobot davridagi faoliyatining moliyaviy natijasi va pul mablag‘larining aylanishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni retrospektiv tahlil etishni va prognozlashni, moliyaviy natijalarni shakllantirgan asosiy omillar va ta’sirlar, subyekt faoliyat ko‘rsatadigan muhitdagi o‘zgarishlarga javoban qo‘llaydigan choralari, subyektning moliyaviy natijalarni saqlab qolish va ko‘paytirishga qaratilgan investitsion siyosati, dividend siyosati; uning faoliyatni moliyalashtirish manbalari va majburiyatlari holatini qamrab olgan kompleks moliyaviy tahlilini amalga oshirishni talab etadi.
Moliyaviy tahlil investitsiyalar va kreditlarga doir qarorlarni qabul qilishga; subyektning bo‘lg‘usi pul oqimlariga; ularga ishonib topshirilgan resurslarga, majburiyatlarga; rahbar organlarning ishiga baho berishda biznes samaradorligi va boshqaruvning sifat menejmentiga erishishda muhim dastak vazifasini bajaradi.
Hozirgi sharoitda moliyaviy tahlil korxona faoliyatining butun jabhalarini o‘zida qamrab oladi, mehnat, moddiy va moliyaviy resurslarni samarali boshqarishga, xo‘jalik faoliyatida foydalanilmayotgan ichki rezervlarni aniqlashga imkon beradi.
Raqobatdosh iqtisodiyot sharoitida har bir korxona o‘zining iqtisodiy xatti-harakatlarini tahlil qilishi va tashqi bozor subyektlari, xaridorlar, mol yetkazib beruvchilar, soliq organlari va boshqalarning xatti-harakat modelidan kelib chiqqan holda o‘z iqtisodiy strategiyasi va taktikasini shakllantirishi lozim.
Har bir korxona moliyaviy tahlil asosida nafaqat raqobat sharoitida yashab qolish, balki foydali biznesni tashkil qilishga imkon beruvchi xo‘jalik faoliyati boshqaruvini tashkil qiladi yoki ertami-kechmi uning raqobatchilari bozorni egallab oladi va korxona o‘z faoliyatini to‘xtatishga majbur bo‘ladi.
Bozor tamoyillari asosida ishlab chiqilgan moliyaviy tahlil tizimi bankrotlik haqida ogohlantirish va uni bartaraf etishning kuchli vositasi hisoblanadi.
Iqtisodiy munosabatlarning globallashuvi sharoitida korxonalar boshqaruvida moliyaviy tahlilning o‘rni hamda ahamiyati tobora ortib bormoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |