Buhgalteriya hisobi va audit


O’zbekiston YAIMda tovarlar va xizmatlar ulushi



Download 2,76 Mb.
bet29/374
Sana07.01.2022
Hajmi2,76 Mb.
#328834
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   374
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi — копия

O’zbekiston YAIMda tovarlar va xizmatlar ulushi

(joriy narxlarda)

Ko’rsatkichlar

2000 yil

2008 yil

mlrd. so’m

%

mlrd. so’m

%

YAlpi ichki mahsulot

3194,5

100,0

36839,4

100,0

SHu jumladan:













Ishlab chiqarilgan tovarlar qiymati

1614,2

50,5

16725,1



45,4

Ko’rsatilgan xizmatlar qiymati

1173,9

36,8

16688,2

45,3

Sof soliqlar

406,4

12,7

3426,1

9,3

Manba: O’zbekiston Republikasi Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlari.
Jadvaldan ko’rinadiki, mamlakatimizda xizmat ko’rsatish sohasi sezilarli ravishda rivojlanib bormoqda. Respublika YAIMdagi xizmatlarning ulushi 2000 yilda 36,8 foizni tashkil qilib, uning 8,1 foizi transport va aloqaga, 9,5 foizi savdo va umumiy ovqatlanishga, 19,2 foizi boshqa xizmatlar ulushiga to’g’ri kelgan bo’lsa, 2008 yilda YAIMdagi xizmatlarning ulushi 45,3 foizga yetib, uning 12,7 foizi transport va aloqaga, 9,1 foizi savdo va umumiy ovqatlanishga, 21,5 foizi boshqa xizmatlar ulushiga to’g’ri kelgan. «2008 yili aloqa, axborotlashtirish, moliya, bank, transport xizmati ko’rsatish, maishiy texnika va avtomobillarni ta’mirlash sohalari ancha yuqori sur’atlar bilan rivojlandi. So’nggi to’rt yil mobaynida yiliga o’rtacha 50 foiz o’sishni ta’minlayotgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida xizmat ko’rsatish jadal rivojlanayotganini alohida ta’kidlash lozim»9. Bu esa mamlakatimizda keyingi yillarda aholining turmush sharoitini yaxshilash uchun olib borayotgan kompleks tadbirlar qatorida 2006-2010 yillarda xizmat ko’rsatish va servis sohasini rivojlantirishni jadallashtirish Davlat dasturining amalga oshirilishi natijasi hisoblanadi. Dasturning asosiy maqsadi aholiga xizmatlar ko’rsatish va servis sohasini jadal rivojlantirish uchun qulay sharoit yaratish, uning iqtisodiyotdagi ulushini oshirish, xizmat ko’rsatish sohasi tarmoqlarida band bo’lganlar sonini ko’paytirish va shu asosda aholi daromadlarini oshirishdan iborat bo’lib, unda quyidagi yo’nalishlardagi chora-tadbirlar ko’zda tutilgan:

  • xizmat ko’rsatish sohalarida tadbirkorlarning faolligini kuchaytirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;

  • xizmat ko’rsatish sohasining YAIMdagi ulushini 2010 yilga kelib 49%ga yetkazish;

  • xizmat ko’rsatish sohasida band bo’lganlar sonini 2010 yilga qadar ikki martaga oshirish;

  • qishloq aholisiga ko’rsatiladigan xizmat hajmi va turlarini ko’paytirish;

  • yangi istiqbolli xizmat turlarini jadal rivojlantirish;

  • xizmatlar eksporti hajmini oshirish;

  • xizmatlar va servis sohasi uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash.

Moddiy ishlab chiqarish sohasi o’z navbatida ikki bo’linmadan — birinchi va ikkinchi bo’linmalardan iborat bo’ladi. Birinchi bo’linmada ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish korxona va tashkilotlarining ishlab chiqarish iste’moli uchun zarur bo’lgan vositalar – stanok, mashina, asbob-uskuna, xomashyo va turli materiallar ishlab chiqariladi. Ikkinchi bo’linmada esa xalq iste’moli uchun zarur bo’lgan iste’mol tovarlari ishlab chiqariladi.

Birinchi bo’linmada ishlab chiqarishdan chiqqan tovarlar shu yilning o’zida ikkinchi bo’limda va xizmat ko’rsatish sohalarida ishlab chiqarish vositasi sifatida ishlatilishi mumkin, ikkinchi bo’linmada yaratilgan tovarlar va nomoddiy soha xizmatlari o’z navbatida birinchi bo’linma uchun zarurdir. SHuning uchun ular o’rtasida doimo iqtisodiy aloqalar va munosabatlar sodir bo’lib turadi.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida har qanday ishlab chiqarish, bir tomondan iste’mol qiymatni (naflilikni) yaratishdir, ikkinchi tomondan, moddiy vositalar va mehnatning sarflanishi, yangi qiymatning yaratilishi, boshqacha qilib aytganda, qiymatning o’sish jarayonidir.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish jarayonining ikki tomonini quyidagicha ifoda etishimiz mumkin (2-chizma).






Download 2,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   374




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish