Britaniya mustamlakasining vujudga kelishi


Yevropadagi mulklar (erta bosqich)



Download 97,93 Kb.
bet2/16
Sana20.06.2022
Hajmi97,93 Kb.
#684083
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
BRITANIYA MUSTAMLAKASINING VUJUDGA KELISHI

Yevropadagi mulklar (erta bosqich)


I.BOB BRITANIYA IMPERIYASI 

Orol-davlat hisoblanishiga qaramasdan oʻrta asrlarda Angliya qitʼadan kelgan koʻplab hujumlarga nishon boʻlgan, buning sababi esa unda XVI-asrgacha harbiy dengiz flotining yoʻqligi edi. Angllar va sakslar Britan orollariga Germaniyadan kelishgan. Ularning harbiy otryadlarini bu yerga Rim imperiyasidan mustaqillikka erishib, oʻz qirolliklarini tuzgan mahalliy britan hukmdorlari chaqirishgan. 1066-yilda fransuz normannlari tomonidan yana bir Angliyaning egallanishi amalga oshirildi, shundan soʻng normannlar yetakchisi gersog Vilgelm I Istilochi yangi sulolaga asos solib, angl-sakslarning yerlarini fransuz baronlariga boʻlib berdi. Angl-sakslar va brittlarning yerlari bilan cheklanmagan Vilgelmning davomchilari 1282-yilda oʻz qirolliklariga Uelsni qoʻshib olishdi, 1169-yilda esa Irlandiyani kolonizatsiyalashni boshlashdi3. XVIII-asrda Shotlandiya Angliyaga teng huquqli davlat sifatida qoʻshildi. Ingliz qirollari Yuz yillik urush davomida magʻlubiyatga uchrab Fransiyadagi hududlardan ayrilishlarigacha qitʼada Fransiyaning yarmiga egalik qilib, fransuz taxtiga davogar boʻlishgan. Fransiyaning kuchayishi ingliz zodagonlari orasidagi boʻlinish paytiga toʻgʻri keldi. Buning natijasida Angliyada Qizil va Oq atirgul urushi roʻy berdi va Tyudorlar sulolasi asoschisi Genrix VII tomonidan yangi istiloga uchradi.


„Birinchi britan imperiyasi“ (1583—1783) 


1.1 Amerikadagi birinchi koloniyalar



Jon Kabot Amerikaga qarab suzgan kemaning nusxasi
Kolumbning muvaffaqiyatli kashfiyotlaridan soʻng, 1496-yilda qirol Genrix VII Jon Kabotni Osiyoga yangi savdo yoʻllarini topishga joʻnatadi1. Xuddi Kolumbga oʻxshab, Kabot 1497-yilda Nyufaundlendga yetib uni Osiyo qirgʻogʻi deb oʻylaydi va bu habar bilan oʻz yurtiga qaytadi4. Ammo, bir yildan keyingi sayoxatdan uning kemasi qaytib kelmaydi1.
Shu bilan Yangi Dunyoga inglizlarning sayohatlari ancha paytga toʻxtaydi. XVI-asrda Angliyani reformatsiya zir titratadi, shu sababli ingliz-ispan munosabatlari keskinlashadi va bu oʻz navbatida Anglo-Ispan urushiga olib keladi. 1562-yilda britan hukumati janubiy dengizlarda qul sotish va qaroqchilik bilan omadli shugʻullanayotgan qaroqchilar Jon Hokins va Francis Drakega kaperlik patentini beradi. Natijada ularning dengizchilikdagi sanʼatlari britan harbiy dengiz flotini yaratishda xizmat qildi va ingliz tojiga xizmat qilgan koʻplab qaroqchilarga namuna boʻlib xizmat qildi1. 1578-yilda Elizabeth I Gilbert Hemfriga shunday kaperlik patentini taqdim qildi5. Oʻsha yiliyoq Gilbert Shimoliy Amerikada koloniyalarga asos solish va qaroqchilik bilan shugʻullanish maqsadida Vest-Indiyaga yoʻl oladi, ammo, u Atlantikani kesib oʻtmasidanoq sayohat tugaydi. 1583-yilda Gilbert ikkinchi marta urinib, Nyufaundlend oroliga yetib borib, rasmiy ravishda oʻsha orol buhtasini ingliz buhtasi deb eʼlon qiladi. Angliyaga qaytishda u vafot etadi va uning ishini oʻz patentini 1584-yilda olgan ukasi Volter Reli davom ettiradi. Bir yildan soʻng Reli hozirgi Shimoliy Karolina qirgʻogʻida joylashgan Roanok koloniyasini tuzadi, ammo tajribasizlik, ovqat yetishmovchiligi va ispanlar harakati tufayli koloniya inqirozga yuz tutadi6. Kelajakda inglizlar yana bir necha bor Shimoliy Amerikada koloniya tuzishga xarakat qilishadi. Ular hattoki Shimoliy Amerikaning Tinch okeani qirgʻogʻida (Francis Drakening yer shari boʻylab sayohati davomida) ham koloniya tuzishadi, lekin ularning barchasi halok boʻladi7. Qirolicha Elizabeth I
1588-yilda „Yengilmas armada“ning magʻlubiyati tufayli Ispan imperiyasining qudrati sindirildi va u kelajakda Britaniya Imperiyasining ertasiga katta xavf tugʻdirmadi.
1603-yilda ingliz taxtiga Jacob I oʻtirdi va kelasi yili Ispaniya bilan urush harakatlariga chek qoʻygan London kelishuvi (1604)ni imzoladi. Endi, asosiy raqib bilan tinchlik paytida inglizlarning asosiy eʼtiborlari dushman infratuzilmasiga hujum qilish oʻrniga, dengiz ortidagi oʻz koloniyalarini tuzishga qaratildi. Britaniya Imperiyasining tuzilishi nihoyat Shimoliy Amerika va Vest-Indiyada ingliz koloniyalari va Osiyo bilan savdo qilish uchun bir necha kompaniyalarining tuzilishidan (shu jumladan, 1600-yilda tuzilgan Ost Indiya kompaniyasi soʻng amalga oshdi. Shu paytdan to Amerikadagi mustaqillik urushida Oʻn uch koloniyaning yoʻqotilishiga qadar, yaʼni, XVIII-asr oxiriga qadar mavjud boʻlgan imperiyani „Birinchi Britaniya Imperiyasi“ deb atashadi8.

Download 97,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish