5-mavzu bo’yicha tarqatma material
Germaniya iqtisodiyoti 0,8 foizga o'sdi
|
|
Joriy yilning I choragida Germaniya iqtisodiyoti o'tgan chorakka nisbatan 0,8 foizga o’sdi. Bu haqida ushbu davlatning Federal statistika agentiligi xabar bermoqda.
Mamlakat yalpi ichki mahsuloti yillik hisobda o'tgan yilning mos davriga nisbatan 2,3 foizga o'sdi.
Ko'rsatkichlar dastlabki manbalar hamda Bloomberg agentligi tomonidan s o'roq qilingan tahlilchilarning prognozlari bilan mos keldi.
Yevro hudud iqtisodiyotini tiklashda Germaniya muhim ahamiyatga ega bo'lgan davlatdir. Biroq, u hozirda ishsizlik rekordi hamda past inflyatsiya sharoitiga yaqin holatda turibdi. Bundesbankning baholashicha, iqtisodiyot rivoji joriy chorakda biroz sekinlashadi.
Mamlakatda qurilish hajmi 2016 yilning IV choragiga nisbatan yanvar-mart oylarida 3,6 foizga o'sdi. Kapital investitsiya hajmi - 3,2 foizga, uy xo'jalik xarajatlari - 0,7 foizga o'sdi.
Eksport hajmi hisobot davrida 0,2 foizga, import esa 2,2 foizga ko'paydi.
Qayd qilinishicha, Germaniya iqtisodiyoti 2015 yilda 1,7 foizga va 2016 yilda 2 foizga o'sadi. Yevropa Markaziy Banki Yevro hudud yalpi ichki mahsuloti joriy yil 1,2 foizga, kelgusi yil esa 1,5 foizga o'sishini kutmoqda.
|
6-mavzu bo’yicha tarqatma material
|
Fransiya iqtisodiyoti yangi ish o'rinlarini yaratish uchun zaifligicha qolmoqda
|
|
Joriy yilning uchinchi choragida Fransiya YaIM o'tgan chorakka nisbatan 0,3 foizlik o'sish tendensiyasiga ega bo'ldi. Bu haqida mamlakatning milliy satistika boshqarmasi Insee xabar bergan.
Bu o'sish 2015 yilning aprel- iyun oylaridan beri kuzatilgan eng baland ko'rsatkichdir. Bloomberg agentligi so'rovlarida ishtirok etgan iqtisodchilar o'sish 0,1 foizni tashkil etishini prognoz q ilishgan edi. Yillik hisobda iqtisodiyot kutilganidek 0,4 foizga oshgan.
Avvalgi chorakalar natijalarini ko'radigan bo'lsak, ikkinchi chorakda iqisodiy o'sish natijalari avvalgisiga nisbatan 0,1 foizga tushib ketgan edi.
- Uchinchi chorakda hukumat prognozlari o'zini oqladi, - deyiladi mamlakat Moliya vaziri Mishel Sapen bayonotida. - O'sish sekin-asta tiklanayotgan bo'lsada, Fransiya yangi ish o'rinlarini yaratish uchun zaifligicha qolmoqda.
Uchinchi chorakda Fransiyada davlat xarajatlari 0,8 foizga, yillik hisobda esa 2,3 foizga o'sdi. Uy xo'jaliklari xarajatlari ham 0,2 foizdan 0,5 foizga ko'tarilgan.
Import hajmi aprel-iyun oyiga nisbatan 1,1 foizga, 2015 yilning uchinchi choragi bilan qiyoslaganda esa 2,6 foizga ko'tarilgan. Eksport miqdoridagi o'sish mos ravishda 0,5 foiz va 2 foizni tashkil qildi.
Yevrokomissiyaning noyabr oyi uchun bergan prognozlariga qaraganda, Fransiya YaIM bu yil 0,3 foizga oshadi.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |