ÒO‘RÒ AMAL
O‘qish borar o‘rmonda,
Qatnashmagan armonda.
Chinor osti g‘akkadir,
Muallimi Hakkadir.
Arifmetik to‘rt amal
O‘rgatilar galma-gal.
1. OLUV
Yong‘oqqa o‘ch Olmaxon
Hadeb boshin qashiydi.
Uchdan to‘qqiz olinmagach,
Uyga nima tashiydi?
Shpargalka Qarqunoq
Shpargalka qorasin.
Uch ortiga nol qo‘yib
Òopdi oxir chorasin.
2. QO‘SHUV
Doskadagi yozuvlarni,
Dumida artib,
O‘rganmoqda qo‘shuvni,
www.ziyouz.com kutubxonasi
2 0 5
Mushuk batartib.
Bu amalda sanoq son
Boradi ortib.
Òo‘g‘ri topsa o‘nta sichqon
O‘ziga tortiq.
3. KO‘PAYÒIRISH
Quyon bo‘lsa hisobdan
Eng oldingi marrada.
Vazifani ishlar zumda
Oddiy usul-karrada.
Òulki atay Quyondan
So‘radi shu payt qo‘qqis:
— Uch joyda uchta sabzi?
— Bo‘ladi rosa to‘qqiz.
— Olti karra olti-chi?
Do‘stim qancha bo‘ladi?
— O‘ttiz olti karamga,
Olaqopim to‘ladi.
4. BO‘LUV
Qizilishton nazdida,
Bo‘lish og‘ir ko‘rinar.
Biroq sakkiz ikkiga,
Oppa-oson bo‘linar.
Òumshug‘ida hisoblab,
Òer to‘kar ancha-muncha.
Noldan nolni ayirsa,
Qoladi teshik kulcha.
Besh ikkiga... mumkin emas.
Sizga ayon tushuncha,
Bu topshiriq uy vazifa,
Dars tugadi buguncha.
DOVONLAR
Pomir — jahon tomidir deb
Aytishmaskan bekorga.
Yo‘lim tushdi xizmat bilan
Bu yil ayni bahorda.
Pillapoya ekan unga
www.ziyouz.com kutubxonasi
2 0 6
Oloy, G‘ulcha tomonlar.
Qo‘qiybelim va Chig‘irchiq,
Òoldiq degan dovonlar.
Siz ham borib qolarsiz, ha,
Do‘stim kechmi, ertami?
Sayohatning gashti bordir,
Kelgan yaxshi el tanib.
Mashhur ipak yo‘lidir bu
O‘shlikning ko‘pi ko‘rgan.
Qolib ketdi ortimizda
Langar-u, So‘fiqo‘rg‘on.
Òongda bizga peshvoz chiqdi,
Sug‘urga kon Ketmontog‘,
Chap tarafi archa, qayin,
Undan nari ketgan tog‘.
Shu payt chiqdi bo‘z o‘tovdan
Bir oqsoqol yelvagay,
Qimiz, ayron ichmoq uchun
Bunga kimlar kelmagay.
Og‘aynilar, dedi birdan,
Shofyor tog‘am Mirqosim.
Òoldiq degan dovon shudir,
Bolalar sal dam olsin.
Sovisin deb ochib qo‘ydik
„„Po‘lat ot“ kapotini.
Mehmon qildi Sadir bobo,
Nosvoydan kap otinib.
Òishlaringni zirqiratar,
Gar ichsang qashqa buloq.
Yaxnalikda teng kelmaydi,
Unga hech boshqa buloq.
Qovun poliz egatini
Eslatar Òoldiq dovon.
Zabt etamiz endi seni,
Biroz dam oldik, dovon.
Asta do‘ngga tirmashamiz
Vaqtni o‘tkazmay jadal.
Piyoz hidlab borayapmiz,
Chunki havo kam mahal.
Qilt etmaymiz o‘rindan,
Qon otilar burundan.
www.ziyouz.com kutubxonasi
2 0 7
Besh ming metr tepalikda
Jamoat jam, but edik.
Pastda qolgan mashinalar
Xuddi gugurt qutidek.
Dovon orti — dasht daladir,
Daraxt unmas, bari tosh.
Kechga yaqin kirib bordik,
Qaydasan deb Saritosh.
Nimagadir qorin to‘ymas
Òomog‘imiz taqillab.
Sakson ikki darajada
Qumg‘on qaynar vaqillab,
Pomir bilan Katta Oloy,
Òutash atrof — tegara.
Qizil Ortdan, shunday o‘tsang
Òojikiston — chegara.
Òomchi suvning qadri o‘tar
Ba’zan tomog‘ing qurg‘ab.
Òuz solsangiz go‘sht pishmaydi,
Azaldan shunday Murg‘ab.
Yo‘llar qaltis, entikasiz
Òushsa daydi, qing‘ir tosh.
Yana qancha dovon turar
No‘livoy- u Ching‘irtosh.
Goh surilib ko‘chkidayin,
Oqib tushar talay qum.
Chunki dengiz yuzasidan
Òo‘rt ming metr Qalayqum.
Shunday qilib og‘aynilar
Adir, dovon, qir osha.
Ko‘rkam tog‘li Badaxshonni
Rosa qildik tomosha.
Chidang do‘stim, safar chog‘i
Òoliqsa gar tovonlar,
Zotan bizni yuksaklikka
Olib chiqar dovonlar...
www.ziyouz.com kutubxonasi
2 0 8
Do'stlaringiz bilan baham: |