BO‘ZDA BO‘LGANMISIZ?
— Siz Bo‘zda
bo‘lganmisiz?
Ko‘rganmisiz husnini?
— Men Bo‘zni rosa kezib,
Chaman bildim ko‘ksini!
— Òunab qoldingizmi hech
O‘y surdingizmi oqshom?
— Bunda tonglar
boshqacha,
Yulduz, oyda o‘zga rom!
— Nimasi dilni ochar,
Qovunimi, tarvuzi?
— Yoqimli ekan Bo‘zning,
Qish, bahor va yoz-kuzi!
— Ko‘rib quvondingizmi,
Ilhomrez joylarini?
— Ko‘rdim unga ruh
bergan
Sho‘xoqar soylarini!
Bildingizmi, yer — oltin,
Quyosh bunda to‘kar zar.
— Vatan bo‘ylab, ha,
b u g u n ,
Mehnatkash Bo‘z —
mo‘tabar!
www.ziyouz.com kutubxonasi
1 9 8
OLMAXON
Arslonbobda — dovonda,
Òog‘ bag‘rida, o‘rmonda
Yashar edi Olmaxon,
Quvonchi jahon-jahon.
Shoxdan shoxga o‘tardi
Sakrab-sakrab ketardi.
Butoqlarda o‘y surar,
Daraxt uchida turar.
Ko‘zi qora munchoqday,
Yaltiraydi chiroqday.
Dumi supurgi misol,
Qayriladi bemalol.
Oldingi oyoqlari,
Òirnog‘i, barmoqlari,
Odamnikiga o‘xshar,
Yog‘ochni mahkam ushlar.
Quloqlari ding xo‘pam,
Sezgir, chopqir va o‘ktam.
Fe’li ham ancha durust,
Bolalarga biram do‘st.
Yo‘ldan o‘tgan har kishi,
Bo‘lsa hamki tashvishi,
Bir zum to‘xtab qoladi,
Cho‘ntakka qo‘l soladi.
Olmaxonga qarab u,
Chaqirar: Kakku! Kakku!
Qo‘liga nima kirsa,
Dili nima buyursa,
Donmi, danakmi, bodroq,
Ishqilib bitta yemak,
Unga tutishar har dam.
Shunda olmaxon biram
Epchil bo‘lib ketadi,
Kishini shod etadi.
Lekin yomon tomoni,
Yeyolmas ekan nonni.
Unga pista yo yong‘oq
Keltirmasangiz har choq.
Sizga qiyo boqmaydi,
www.ziyouz.com kutubxonasi
1 9 9
Qilig‘i ham yoqmaydi.
Chiyillar ermak qilib,
Sizni bir nodon bilib.
Qochib ketadi uzoq,
Dumini qilib baroq.
Qay kuni bevosh Sobir,
Shoshilib qilmay sabr,
O‘zligini unutib,
O‘jar, shumligi tutib,
Cho‘ntagidan qand olib,
Uni kaftiga solib,
Olmaxonni chaqirdi,
Hushtak chaldi, baqirdi.
Olmaxon keldi darrov,
Yuragi ham berib dov.
Sobir qo‘liga boqdi,
Òumshug‘ini bir qoqdi.
Dumini likillatib,
Oyog‘in dikillatib.
Jimirib qulog‘ini,
Òig‘latib tirnog‘ini,
Qochmoqchi edi nari,
Òez ayon bo‘ldi bari.
Sobir mahkam ushladi,
Yosh ko‘nglini xushladi.
U talpinar har yoqqa,
Qochmoq bo‘lib uzoqqa.
Sobir erkalab, qiynab,
Shum fe’li yana aynab.
Qulog‘ini chimchilar,
Jonivor ko‘p chiyillar.
Qandni tiqar og‘ziga,
Hatto uning bo‘g‘ziga.
Solmoqchi bo‘lar barmoq,
Olmaxon dumi baroq.
Qo‘rqinchdan qaltiraydi,
Ko‘zlari yaltiraydi.
Shu zamon kelib qoldi,
Sobirni tutib oldi
Bir barvasta oqsoqol,
Yuzi-ko‘zi bemalol.
www.ziyouz.com kutubxonasi
2 0 0
— Bolam, kimsan? Ne uchun
Uni qilasan tutqun?
Nega berasan azob?
Sobir qilolmas javob,
Chol so‘zladi tutoqib,
Hatto ko‘zdan yosh oqib.
Bu tabiat sen uchun
Umring bo‘lsin deb uzun,
Yaratilgan azali,
Bu dunyoning go‘zali
O‘rmon, daryo, ko‘llardir.
Ularda yashayotgan,
Rizqini oshayotgan
Jonivorlar oz qoldi,
Bu ish xatarga soldi.
Aynidi zamin, samo,
Olmaxon ham ko‘p emas,
Ular soni xo‘b emas.
U jonivor a’zosi,
Òabiatning bolasi.
Seni onang suyganday,
Dilga mehrin tuyganday.
Uni sevar tabiat,
Shunchun qilar tarbiyat.
Odamlar bilib qo‘ysin,
Sendayni tiyib qo‘ysin.
Ha, sendayin bolalar,
Keyin qilar nolalar.
Sen qushlarga in yasa,
Don ber agarda yesa.
Olmaxonni o‘ynabsan,
O‘ynab ancha qiynabsan.
Sen-chi, unga mag‘iz ber,
Yong‘oq, pista, mayiz ber.
Quvnab yursin o‘rmonda,
Sen qolmagin armonda.
Sobir o‘rmon oralab,
O‘zin o‘zi qoralab,
Chopib ketdi yo‘lida,
Qandi qoldi qo‘lida.
www.ziyouz.com kutubxonasi
2 0 1
Do'stlaringiz bilan baham: |