2 0 4
„SH“ BILAN „CH“
„Arra“, „Karra“ so‘zlarini
Burro aytar ukam Botir.
„Sh“ bilan „Ch“ harflariga
Biroz tili kelmayotir.
— „Pishloq yedim qishloqda,
Shermat yurar „Chayka“da.
— „Pisloq yedim qisloqda,
Sermat yurar „Sayka“da.
— Chinoraning chinnisi bor,
Chinnisida shinnisi bor.
— Sinoraning sinnisi bor,
Sinnisida sinnisi bor.
Ana shunday jumlalarni
Sal qiynalib aytar Botir.
Lekin, juda mashqi baland
Olmang undan xavotir.
Do'stlaringiz bilan baham: