Bolalar adabiyoti o‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


partada o‘tirgan Valining yoniga o‘zini tashladi. Asad Saidovich



Download 2,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/128
Sana01.07.2021
Hajmi2,56 Mb.
#106728
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   128
Bog'liq
Bolalar adabiyoti. Majmua (Mamasoli Jumaboyev)

partada o‘tirgan Valining yoniga o‘zini tashladi. Asad Saidovich
„attang“ deya bosh chayqay-chayqay sinfga kirishi bilan bolalar
baravar o‘rnilaridan turishdi.
A s a d   S a i d o v i c h  — Salom, bolalar!
B o l a l a r   —  Salom!
A s a d   S a i d o v i c h  — O‘tiringlar.
Bolalar o‘tirishdi. O‘qituvchi yo‘qlama qilishdan avval yana
Aliga qarab bosh chayqadi. Alining ko‘zlari bejo, partadan bosh
ko‘tarmay o‘tirardi. Butun alamini Validan olmoqchi bo‘lib bir
turtdi, Vali sakrab tushdi-yu, o‘qituvchiga bildirib qo‘yishdan
cho‘chib, tilini tishlagancha o‘rtog‘iga o‘girilib pichirladi.
V a l i   —  Ha?
A l i   — Yasha-e, laqillatib turganing shumi?
V a l i   —  E,  ko‘rmaysanmi, anovi xira qiz sudrab kirib ketdi.
Lekin xafa bo‘lma, hozir ko‘rasan, Dilbarni bopladim, rosa kulgi
bo‘ladi.
A s a d   S a i d o v i c h   —  (bolalarga bir-bir qarab). Navbatchi
kim?
www.ziyouz.com kutubxonasi


1 8 5
D i l b a r   —  Men, Asad Saidovich.
A s a d   S a i d o v i c h  — Hamma bormi?
D i l b a r   —  Ha, hamma bor.
A s a d   S a i d o v i c h   —  (Birdan doskaga ko‘zi tushib). Iye,
qizim, doskani artish esingdan chiqibdi-ku!
D i l b a r   —  (Hayron). Voy, tozalab qo‘ygan edim-ku, mana,
hozir, hozir birpasda artib qo‘yaman. Iye, qayoqqa ketdi, shu
yerda turgan edi-ku?
A s a d   S a i d o v i c h  — Nima qidiryapsan, qizim?
D i l b a r   —  Latta, Asad Saidovich, latta yo‘q!
V a l i   — (Piq-piq kulib). Dilbarxon!
D i l b a r   —  Nima?
V a l i   —  Anavi maktabda doskani qo‘l bilan o‘chirar ekan-
sizlar-da!
(Ali og‘zini katta ochdi, Vali unga qo‘shildi, sinfda endi kulgi
ko‘tarilay degan edi, Asad Saidovich bu nima qiliq degandek qarab
qo‘ydi. Ali shoshib qo‘llari bilan og‘zini yopdi.)
D i l b a r   — Asad Saidovich, ruxsat bering, olib kelay.
A s a d   S a i d o v i c h  — Bunaqa narsani tanaffusda tayyorlab
qo‘yish kerak, bor.
D i l b a r   —  Xo‘p, Asad Saidovich.
A s a d   S a i d o v i c h  — Xo‘sh, bolalar, uy vazifa tayyormi?
B o l a l a r   —  Òayyor!
A s a d   S a i d o v i c h  — Yaxshi, qani, kim chiqadi?
S o l i   —  Men!
O z o d a   —  Men!
(Asad Saidovich boshqa bolalarga bir-bir qaray boshladi.
Alining yuragi shuv etdi. Valining biqiniga turtib qo‘ydi.)
A l i   — (Pichirlab). Ko‘tar!
V a l i   —  Nima deysan, biqinimni teshib yubording!
A l i   — Qo‘lingni ko‘tar, bo‘lmasa mendan so‘rab rasvo qiladi.
V a l i   —  Iye... o‘zim partaning tagiga kirib ketay deb turibman-u.
Shu payt latta ko‘tarib, sinfga Dilbar kirdi. Shosha-pisha doskani
arta boshladi. Asad Saidovich hamon bolalarni ko‘zdan kechirish
bilan band... Ali Valining tirsagiga turtib yuboradi. Vali beixtiyor
qo‘l ko‘tarib, darrov pastga tushiradi.
A s a d   S a i d o v i c h  — Vali, qo‘l ko‘targanday bo‘ldingmi,
chiq, chiqa qol.
Dilbar kelib joyiga o‘tirdi. Vali bir lahza nima qilishini bilmay
dovdirab qoldi-yu, so‘ng, zo‘rg‘a kitob ko‘tarib doskaga chiqdi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


1 8 6
A s a d   S a i d o v i c h  — Masalani yoz. Ishlash yo‘llarini
tushuntir.
V a l i   —  (Dovdirab). A?! Xo‘p, xo‘p, hozir yozaman. (Vali
masalani yozdi, chiqarolmay xunob, dam doskaga chizadi, dam
qo‘li bilan o‘chiradi, ora-chora yer ostidan Asad Saidovichga
qaraydi. Asad Saidovich jim. Yo‘qlamaga nimanidir yozish bilan
band.)
A s a d   S a i d o v i c h  — Ha, bo‘ldingmi?
V a l i   —  Hozir, Asad Saidovich, hozir, bo‘layozdim.
A s a d   S a i d o v i c h   —  (Bosh ko‘tarib doskaga qaraydi).
Barakalla! Òayyor emasmisan, nega qo‘l ko‘tarding?
O z o d a   —  Qo‘l ko‘tarsam chiqarmaydilar deb o‘ylagan-da!
(Vali lavlagisi chiqib, ter bosdi. Cho‘ntagiga qo‘l solib, ro‘molcha
oldi va shosha-pisha yuz-ko‘zlarini arta boshladi. Dilbar birdan
sapchib o‘rnidan turib ketdi.)
D i l b a r   —  Hoy, Vali!
V a l i   — Nima deysan?
D i l b a r   —  Qo‘lingdagi nima?
(Vali birdan qo‘lidagi ro‘molcha emas, doska artadigan
lattaligini ko‘rib, nima qilishini bilmay qoladi.)
V a l i   —  Iye-iye, bu, iye-iye!
D i l b a r   —  Bekor aytibsan, qo‘lingdagi „iye-iye“ emas,
doska latta, men o‘qigan maktabda doskani qo‘l bilan o‘chirsak
ham, ammo hech kim dastro‘mol o‘rniga doska latta tutgan emas,
tavba, bu yangilik! (Vali qo‘lidagi lattani chetga uloqtiradi.)
V a l i   — (O‘ziga-o‘zi pichirlab). Men qayoqdan bilay. Ro‘-
molcha o‘lgur bu cho‘ntakda ekan.
A s a d   S a i d o v i c h  — Doskaga chiqqaning ham yaxshi
bo‘ldi, hech bo‘lmasa lattani kim olganini bildik. Barakalla, hali
darsdan so‘ng oldimga kir, o‘qituvchilar xonasida bo‘laman. Xo‘sh,
doskaga kim chiqadi, qani?
P a r d a
www.ziyouz.com kutubxonasi


1 8 7

Download 2,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish