Bolalar adabiyoti o‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


partalarni to‘ldirishmoqda. Yo‘lakning boshida shapkani teskari



Download 2,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/128
Sana01.07.2021
Hajmi2,56 Mb.
#106728
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   128
Bog'liq
Bolalar adabiyoti. Majmua (Mamasoli Jumaboyev)


partalarni to‘ldirishmoqda. Yo‘lakning boshida shapkani teskari
kiyib, bandi yo‘q papkani qo‘ltiqlagan Ali bilan Vali ko‘rindi. Ali
Dilbarni ko‘rib, darrov to‘xtadi. Shapkasini to‘g‘rilab oldi. Vali
esa o‘rtog‘iga ma’nodor qarab qo‘ydi, biroq oldinga yurgani yuragi
dov bermay to‘xtab qoldi.
V a l i   —  Qo‘lga tushdik.
A l i   — Nima deyapsan?
Vali — Ana unga qara, darrov eshikning tagiga turib olibdi-ya!
A l i  — Hali bu holva.
V a l i   — Yo‘g‘-e!
A l i  — Ha, ishonaver, shu keldi-yu, hammaning tinchi
buzildi.
V a l i   —  Òo‘g‘ri aytasan, ilgari qandoq edi-ya!
A l i   — Oh-oh-oh, u kunlar qani, tushday o‘tdi-ketdi. Qadriga
yetmagan ekanmiz, oshna!
Shu payt Ali bilan Valiga shubhali nazar tashlab, Soli
shoshgancha o‘tdi. Ikki o‘rtoq uning orqasidan qarab qolishdi.
A l i  — Ana, Solivoy keldi. Dilbarning yana bitta dumi.
V a l i   —  E-e, undan xafa bo‘lma, o‘zining kallasi bormi,
kim nima desa, to‘g‘ri deb chapak chalaveradi.
A l i   — Shunaqalar bo‘lmasa anovi oyimqiz bilagiga latta
bog‘lab, eshikda qorovul bo‘lib turarmidi, ko‘rasan endi, hammani
dikir-dikir o‘ynatib, sinfga emaklatib kiritadi. Menga qara, Vali,
sen yo‘l boshla.
V a l i   —  Nima?!
A l i   — Anovi palakatni chalg‘itib tur, men lip etib sinfga
kirib olay. Ko‘ylagim biroz g‘ijim edi, dazmollagani erinib,
o‘rnimdan turib kelavergan edim. Ha, nega indamaysan?
V a l i   —  A?! Xo‘p, mayli. (Vali yuragini hovuchlab sinfga
yaqin yurdi. Dilbarning orqasiga o‘girilganidan foydalanib, Ali
sinfning eshigiga yashirindi. Dilbarni chalg‘itib o‘tib ketish payida
turgan edi, Vali Dilbarni sekin tirsagidan ushlab gapga tuta
boshladi.)
V a l i   —  Menga qara, Dilbarxon!
D i l b a r   —  Nima?
V a l i   — Bir narsaga hech ishongim kelmayapti-da, nimaga
deysanmi, shungaki, anovi maktabdaligingda to‘qson olti yashar
Xadicha xola degan kampirni o‘qish, yozishga o‘rgatganmishsan,
shu rostmi?
www.ziyouz.com kutubxonasi


1 8 3
D i l b a r   —  (Ensasi qotib). E-e, bo‘ldi, bo‘ldi. Ko‘p cho‘zma.
Qani qo‘ling?
V a l i   — (O‘zini go‘llikka solib). Nima, fol ochmoqchimisan?
O z o d a   —  (Sinfdan bosh chiqarib). Bu nima qiliq, tartibga
bo‘ysun-da!
V a l i   — (N o i l o j   q o ‘ l i n i   c h o ‘ z a d i ). Mana, ko‘ra qol,
top-toza!
D i l b a r   —  Yaxshi, kir.
(Vali yana bir nima demoqchi bo‘lib og‘iz ochadi, ammo
sinfdan chiqqan Ozoda gapirtirgani qo‘ymay sudrab ketadi. Shu
payt ikki-uch bola eshikka yaqinlashadi-yu, Dilbarning
chalg‘iganidan quvonib, Ali eshikning orqasidan chiqadi, lip etib
sinfga o‘tay deganda, Dilbar ko‘rib, yo‘l to‘sadi.)
D i l b a r   — Òo‘xta!
A l i   — Nima deysan?
D i l b a r   — Men navbatchiman.
A l i  — E, navbatchi bo‘lsang doska art, nega yo‘l to‘sasan!
D i l b a r   —  (Afsuslanib). Men o‘qigan maktabda tartib
boshqacha edi. Navbatchi ozodalikni tekshirmay sinfga qo‘ymasdi.
Bu yerda unaqa emas ekan.
A l i   — Ha, unaqa emas. Hali ham o‘sha maktabingga boraver.
Seni hech kim ushlab turgani yo‘q, qani, oyimqiz, sag‘al
chetroqqa o‘tib tur-chi!
D i l b a r   —  Nega?
A l i  — Òurtib yubormay deyman-da!
D i l b a r   —  Ho-ho, qani turtib ham ko‘r-chi!
A l i  — Nima qilarding?
D i l b a r   — Nima qilardingmish-a, yuzlaringni timdalab
olaman!
A l i   —  (O‘dag‘aylab). Meni-ya?!
D i l b a r   —  Ha, xuddi seni-da, ke, ko‘p gap sotmay
qo‘lingni ko‘rsat, qara, bo‘yningni yuvsang bo‘lmaydimi?
A l i  — Bo‘ynimga  nima   qipti?
D i l b a r   —  Popkangga o‘xshab qorayib ketibdi. Òirnog‘ingni
qara, xuddi qoshig‘-a, voy-bo‘! Bu ahvolda oyog‘ingga ham bir
yilda bir marta suv tegmasa kerak o‘zi!
A l i   —  (Òitrab-qaqshab). Nima, yana bitta qaytar, nima deding?
(Ali g‘azabdan qaltirab ketdi. Jon holatda qo‘ltig‘idan papkasini
olib, Dilbarning boshiga tushirmoqchi edi, Dilbar kulimsirab Aliga
yaqinlashdi. Uning beparvoligi Alini dovdiratib qo‘ydi.)
www.ziyouz.com kutubxonasi


1 8 4
D i l b a r   —  Ur, ha, nega qarab qolding, ur! (Ali papkani
jahl bilan chetga uloqtirdi. Nima qilayotganini o‘zi ham bilmay,
shoshib-pishib botinkasini yechdi va qo‘lini yerga tirab, oyog‘ini
osmonga ko‘tardi.)
A l i  — Mana, oyog‘imni ko‘rmoqchi bo‘lsang, ko‘r!
D i l b a r   —  Hoy, Ali, jinni bo‘lma!
A l i   —  (Battar o‘chakishib). Yo‘q, ko‘rasan, ha, paypog‘imni
yechib ko‘rasan, qani, ko‘rmay ham ko‘r-chi, nima qilarkinman!
Shu payt qo‘ng‘iroq chalinganini Ali ham, Dilbar ham
eshitmadi. Yo‘qlama ko‘tarib  kelayotgan o‘qituvchi Asad Saidovich
sinfga yaqin qolganda ajablanib to‘xtab qoldi. Shosha-pisha
cho‘ntagidan ko‘zoynak olib taqdi, engashib, Alining u tomoniga,
bu tomoniga o‘tib qaradi. So‘ng ajablanib, Dilbarga o‘girildi.
A s a d   S a i d o v i c h  — Nima qiliq?
D i l b a r   —  (Alining papkasini yerdan olarkan beparvolik bilan).
E-e, Asad Saidovich, yangilikdan xabaringiz yo‘q. Ali masxaraboz
bo‘lib, sirkka kirgan ekan, sirkda namoyish qiladigan bir-ikkita
nomerlarini menga ham ko‘rsatyapti.
A s a d   S a i d o v i c h  — Nima, nima?
Ali bir joyda qotib qoldi. So‘ng birdan qochmoqchi bo‘ldi.
Ammo shu qadar dovdirab qolgan ediki, nima qilishini bilmay,
qo‘li bilan emaklab sinfga kirdi-yu, arang oyoqqa turib, birinchi

Download 2,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish