Bolalar adabiyoti o‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Download 2,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/128
Sana01.07.2021
Hajmi2,56 Mb.
#106728
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   128
Bog'liq
Bolalar adabiyoti. Majmua (Mamasoli Jumaboyev)

SALIMJON ENDI POLVON
Salim, Salim, Salimjon,
Oldin edi sal nimjon.
Agar uni ko‘rsangiz,
Salimjon endi polvon.
Salimjon — polvon.
Do‘stlarini tanigan,
G‘ubor ketgan tanidan.
Bizning o‘sha Salimjon,
Òanqidlarni tan olgan.
Salimjon — o‘g‘lon,
Salimjon — polvon.
Koptok bo‘lib shishganmas,
Labi-lunji tushganmas.
Chehrasi ham ochilgan.
O‘qimaydi „besh“ dan past.
Salimjon — shodon,
Salimjon — polvon.
Yog‘day yoqqan harakat,
Kirgan rosa g‘ayratga.
Bel bog‘lagan do‘stlarday
Doim o‘qish, mehnatga.
Salimjon — chaqqon,
Salimjon — polvon.
www.ziyouz.com kutubxonasi


1 4 4
OFTOB HAM YAXSHI,
ODOB HAM YAXSHI
Oftob yaxshimi,
Odob yaxshimi,
Oftob berar nur.
Odob-chi, huzur.
Lolalar uchun
Oftob yaxshidir.
Bolalar uchun
Odob yaxshidir.
Oftob bo‘lmasa,
Qorong‘i tushar.
Odob bo‘lmasa,
G‘am-qayg‘u tushar.
Oftob ko‘rinar,
Òog‘-tepalikda.
Odob ko‘rinar
Salom-alikda.
Odob har kimning
Yaxshi so‘zida.
Odob har kimning
Yuzi-ko‘zida.
Olamning yuzi
Oftobdan isir,
Odamning yuzi
Odobdan isir.
Olamning doim
Oftobi bo‘lsin.
Odamning doim
Odobi bo‘lsin.
YER CHOPILDI — JAVOB TOPILDI
— Bezovta qilmang —
Deya onamga,
Dars tayyorlashga
Kirdim xonamga.
www.ziyouz.com kutubxonasi


1 4 5
Boshimni qashib,
Rosa o‘tirdim.
Ko‘p misollarni
Yozdim, o‘chirdim.
Xayol otlari
Uchishib chaqqon,
Òutqich bermaydi,
Qochdilar har yon.
Masala qurg‘ur
Yechilmaydi hech.
Bunday qarasam,
Bo‘lib borar kech.
Cho‘kib o‘tirmay
Hovliga chiqdim,
So‘ng yerni chopib,
Rosa chiniqdim.
Birozdan keyin
Yorishdi ko‘nglim.
Go‘yo ochildi
Fikrimga yo‘lim.
Barcha savolga
Javob topildi.
Shu bahonada
Yer ham chopildi.
XURSANDMISIZ  —  XURSANDMIZ!
(„ A“ sinfi bilan „B“ sinfi lapari)
„B“ sinfi: — Xo‘sh, „A“ chilar, qalaysiz?
„A“ sinfi: — Qalaymasmiz, oltinmiz.
„B“ sinfi: — Bu chorakda qandaysiz?
„A“ sinfi: — Maktabda eng oldinmiz.
„B“ sinfi: — Xursandmisiz?
„A“ sinfi: — Xursandmiz!
10 Bolalar adabiyoti
www.ziyouz.com kutubxonasi


1 4 6
„B“ sinfi: — Ko‘rsak deymiz „assalom“,
Sinfimiz ko‘p ozoda,
O‘qiymiz sof havoda.
„A“ sinfi: — Xursandmisiz?
„B“ sinfi: — Xursandmiz!
„B“ sinfi: — Sinfimizda yo‘q aslo
Do‘stlar, „ikki“, „uch“ baho.
„A“ sinfi: — Sinfingizda bo‘lganmiz,
Ko‘rib zavqqa to‘lganmiz.
„B“ sinfi: — Xursandmisiz?
„A“ sinfi: — Xursandmiz!
„A“ sinfi: — Òabriklaymiz, „B“ chilar!
„B“ sinfi: — Rahmat sizga, epchillar.
Ahil bo‘ldik, kengashdik.
Endi sizga tenglashdik.
„A“ sinfi: — Xursandmisiz?
„B“ sinfi: — Xursandmiz!
www.ziyouz.com kutubxonasi


1 4 7
Do‘stjon Matjon
  (1924—1989)
Iste’dodli shoir Do‘stjon Matjon she’rlarida bolalarning qay-
noq hayotlari hamisha ufurib turadi. Kichkintoylarni a’lo o‘qishga,
ona-Vatanni sevishga, do‘st-o‘rtoq, ahil, saxiy bo‘lishga undovchi
asarlari bilan tobora bolalar qalbidan joy olayotgan asarlari bir
talay. Ayniqsa, uning „Velka botir“, „O‘g‘illar qo‘shig‘i“, „Me-
ning orzularim“, „Do‘stlik“, „Qo‘shmag‘iz“ kabi she’rlarida shu
ruh bo‘rtib turadi.
DARVOZABON
Jamoamiz hali yosh,
Òreneri Rustamjon.
Mohir hujumchi Yo‘ldosh,
Bizga boshliq — kapitan.
O‘yinchilar ichida,
Darozi mening o‘zim.
Sergak soqchiman juda,
Mudom koptokda ko‘zim.
Mayliga kelsin uchib,
Xoh balanddan, xoh pastdan.
Shu on olaman quchib,
O‘tkazib yubormasdan.
SAMOKATIM
Samokatim, samokatim,
Yog‘och otim, saman otim.
www.ziyouz.com kutubxonasi


1 4 8
O‘yinchoqlar ichida sen
Rosa uchqur qanotim.
Chuh, ey, mening samokatim,
Yog‘och otim, saman otim.
Dadajonim olib berdi,
Ravon yo‘lga solib berdi.
Inoqlashing ikkov, deya,
Jilovingni qo‘yib berdi.
Chuh, ey, mening yog‘och otim,
Saman otim, otgin odim.
Balki o‘tib bahor, qish, yoz,
Bo‘y cho‘zarman men ham biroz.
Unutmasman aslo seni,
Bo‘lganimda zo‘r chavandoz.
Chuh, ey, mening saman otim,
Yog‘och otim, samokatim.
SUFLYOR
Norjonlarning sinfida
Borar edi imtihon,
O‘tirmasdi sira jim,
Suflyorlik qilib Norjon.
Goh otsa shpargalka,
Goh aytardi pichirlab.
Bilag‘on sanab o‘zin,
Òinchimasdi vijirlab.
Mana, navbat, nihoyat
O‘ziga kelib qoldi.
G‘oz yurish qilib borib,
Qo‘liga bilet oldi.
Chiqdi unga biletdan
Oddiygina bir savol.
Mag‘zini chaqa olmay,
Norjon bo‘lib qoldi lol.
www.ziyouz.com kutubxonasi


1 4 9

Download 2,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish