Bolalar adabiyoti o‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Download 2,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/128
Sana01.07.2021
Hajmi2,56 Mb.
#106728
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   128
Bog'liq
Bolalar adabiyoti. Majmua (Mamasoli Jumaboyev)

Uvin-to‘da bolalar — eski-tuski kiygan bolalar.
www.ziyouz.com kutubxonasi


6 9
— O‘zi arzon-u, to‘q tutadigan ovqat bo‘lsin, — dedi Omon.
— Bo‘lmasa tariq go‘ja ichamiz.
— Bo‘pti.
Bir paqirga ikkita qovoq solingan zog‘orani olib, ovqat bozorga
ketdik. Bu yerdagi ne’matlarni ko‘ring. Hay, hay, hay! Biroz hidi
bo‘lsa jigarkabob deysizmi, kartoshka somsa, oqshoq bo‘tqa,
umoch
1
, bug‘doy go‘ja deysizmi — hammasi ham chelak-chelak,
xo‘randaga muntazir. Xo‘randalar sotuvchining atrofini o‘rab, yerga
cho‘qqayib o‘tiribdilar. Oshpazlar cho‘michlab suzib berib turibdi.
Bir tovoq uvra oshdan bir nima chiqdi shekilli, xo‘randa:
— Buning nimasi? Pashshami? — deb so‘rab qolgan edi,
oshpaz:
— Oshda pashsha nima qiladi?! Piyozning kuygani, — deb
kosaga qo‘l tiqib „kuygan piyoz“ni og‘ziga solib yubordi.
Arzonginasi, halolginasi shu deb biz ham bir tovoqdan quy-
dirdik. Bir tovog‘i to‘qqiz pul — uch tiyin ekan. Biz savdolashib,
ikki tovog‘ini bir miri — besh tiyinga ko‘ndirdik. Bay-bay, maza
bo‘pti-da. Qirsillab turgan zog‘ora bilan sal achinqiragan uvra osh
og‘zimizga  qaymoqday tatib  ketdi. Òovoqni boshiga ko‘tarib, huzur
qilib xo‘rillatib ichayotgan Omon peshonasidagi marjon-marjon
terlarini chap qo‘lining barmog‘i bilan  dam-badam sidirar edi.
Ovqatdan so‘ng, maza qilib kerishib oldik. Òuxum, so‘k,
qurtlarni mening belbog‘imga tugib oldik. Omon:
— Oziqlik ot horimas, qolgan zog‘orani ham ro‘molga tugib
qo‘y, — dedi.
Qovun bilan tugunchani men, tarvuzni Omon ko‘tarib oldi.
„Semizlikni qo‘y ko‘tarar“ deganlaridek, Omonga badavlatlik
yoqmas edi. O‘rtadagi hamma pulimiz allaqachon uch so‘mdan
oshib ketgani uchun Omon yangi qiliq — boyvachcha qiliq chiqara
boshladi.
— Yur, — dedi u menga, — qo‘y bozorga boramiz.
— Nima qilamiz?
— Men o‘zimga tegishli aqchaga birorta to‘qli olib, shaharga
haydab ketaman.
— Nima-nima? — dedim men. — Darrov pul quturtirdimi?
O‘zing so‘qqa boshingni boqolmaysan-u, to‘qlini qanday qilib
boqasan? Yoki dadang Òursunboy akaning to‘qliga ko‘zi uchib
turibdimi?

Umoch — uvalangan xamir solinib pishirilgan suyuq osh.
www.ziyouz.com kutubxonasi


7 0
Baribir gap kor qilmadi. Meni sudrab mol bozorga olib kirdi.
Òugunni-ku, ishonmas edik. Bozor darvozasi oldida turgan
pattachining oldiga qovun bilan tarvuzni omonat qo‘yib
 
ichkariga
kirdik.
Mahshar
1
 deganning xuddi o‘zginasi shu yerda ekan. Bir
tomonda bir arqonga bog‘langan qo‘shoq-qo‘shoq qo‘ylar, bir
tomonda echki-yu uloqlar tinmay ma’rashib turibdi. Bir chekkada
qoramol bozori: sigirlar, buzoqlar, g‘unajinlar, buqalar, ho‘kizlar.
Narigi tomonda ot bozori. Jalloblar qirchang‘ilarni Zolariq suviga
solib, qamchilab, arg‘imchoqday dingillatib xaridorlarga ko‘z-ko‘z
qilib yuribdi. Sotuvchi ko‘p, undan oluvchi ko‘p, hammasidan
ham dallol ko‘p.
Kun — tig‘ida, jazirama, chang. Hamma yoqni tezak, ter,
jun hidi bosib ketgan. Bir meshkob
2
 orqasida bir mesh suv, qo‘lida
ikkita sopol tovoq.
— Obi xudoyi, obi xudoyi, — deb chanqaganlarga suv ulashib
yuribdi.
Bergan biror chaqani sopol tovoqqa tashlaydi, bermagan bilan
ishi yo‘q.
Bir chekkada yalang oyoq ikkita bola „muzdek ayron“, deb
qichqiradi. Chelakning ichida bir burda kir muz. Muzni qayerdan
oldi ekan?
Bozorning bir chekkasida — beshyog‘ochlik qo‘ychi boylardan
Soyibnazar qo‘ychi bilan Ilyos bo‘rdoqi. Kiyiz chakmonli, namat
qalpog‘ini bostirib kiygan qozoq qo‘ychilari qo‘l siltashib savdolash-
yapti. Dallollar: „Oling, oling“, „Soting, soting, boy ota“, — deb
javrab turibdi. Bularning savdosi oz deganda yuzlab qo‘yning
tepasida.
Biz hali biror tuyaning tishini ko‘rmasdan,  biror otning
yo‘rig‘ini bilmasdan, biror buqaga „bor, baraka top“ demasdan,
qo‘ybozorning kunchiqar tomonidan g‘ala-g‘ovur janjal ko‘tarilib
qoldi.
— Ur, peshangdi!..
— Kisabir, kisabir!


Download 2,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish