Bolalar adabiyoti o‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Mahshar — diniy e’tiqodga ko‘ra, dunyo tamom bo‘lgandan keyin butun o‘lgan kishilar tirilib, so‘roqqa to‘planish kuni: qiyomat.  2   Meshkob



Download 2,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/128
Sana01.07.2021
Hajmi2,56 Mb.
#106728
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   128
Bog'liq
Bolalar adabiyoti. Majmua (Mamasoli Jumaboyev)

Mahshar — diniy e’tiqodga ko‘ra, dunyo tamom bo‘lgandan keyin
butun o‘lgan kishilar tirilib, so‘roqqa to‘planish kuni: qiyomat. 
2  
Meshkob
— suv sotuvchi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


7 1
— Bozorg‘a uri
1
 aralabdi!
„Chur-chur“ hushtakbozlik. Bir qo‘li bilan qilichini ko‘tarib,
ko‘k movut shimini eplay olmay, alpang-talpang bir qozoq va bir
o‘zbek mirshabi o‘sha tomonga qarab yugurdi. Hamma o‘sha yoqqa
qarab chopdi. Biz ham ularning ketidan yugurdik.
Ne ko‘zim bilan ko‘ray, mana ishonmasangiz, Omon ham
guvoq. O‘rdada bizga qo‘shni bo‘lgan Qo‘g‘urmoch mahallalik
mashhur Sulton o‘g‘ri turar edi. Bu gal kisavur sifatida emas,
balki pul o‘g‘irlatgan jabrdiyda bechora sifatida kosibsimon
yuvoshgina bir yigitning yoqasidan ushlagan holda ko‘ziga yosh
olib turar edi.
— Musulmonlar! — der edi u. — Pulimni oldirib qo‘ydim.
Yonimda mana shu yigit ilashib yurgan edi, gumonim shundan.
Yigit bechoraning rangi quv o‘chib ketgan, lablari pir-pir
uchadi.
— Ey xudo, quruq tuhmatingdan asra, qanday baloga
yo‘liqdim, o‘zing saqla! — deb javob berar edi u.
— Qancha aqchang bor edi? — deb so‘radi qozoq mirshab
Sulton kisavurdan.
— Sakkiz so‘m-u miri kam to‘rt tanga. Ola tik hamyonda edi.
Ichida „Yo Ali“ degan tamg‘alik kumush uzugim ham bor. O‘zim
kambag‘al kosib odamman, birorta oriq-tiriq qo‘y olib kuzgacha
semirtirib yuraman, deb kelgan edim.
Shu tobda Sultonning ko‘zi men bilan Omonga tushib  qoldi.
— Mana bu bolalar ham guvoh!
Hang-mang bo‘lib qolgan Omon: „Iye, iye!“ — deganicha
dadasiga to‘qli olib borishni ham esidan chiqarib orqasiga qarab
qochdi. Men bezrayib turaverdim.
— Seni qancha aqchang bor edi? — deb so‘radi mirshab
sho‘rlik yigitdan.
— Meniki ham olacha tik hamyon. Men ham qo‘y olgani kelgan
edim. Pulim sakkiz so‘m-u miri kam ikki tanga (miri kam ikki
tanga — o‘ttiz besh tiyin).
— Guvoh-puvohning hojati yo‘q. Qani ikkoving oqsoqolning
oldiga yur-chi, o‘sha  yerda yechamiz. Olomon tarqalsin, — dedi
o‘zbek mirshab.

Uri — o‘g‘ri.
www.ziyouz.com kutubxonasi


7 2
Ikkisini yetaklab bir tomonga olib ketdilar. Biz orqalaridan
bormadik.
Sulton o‘g‘ri guvohlikka tortgandan keyin qo‘rqib qochgan
Omonni kechgacha qidirib, bozor tarqalganda tuya saroyidan topib
oldim. Hali ham qo‘rqqanidan o‘ziga kelmagan edi.
— Oxiri nima bo‘ldi? — deb so‘radi Omon mendan.
— Kisavurga sen sherik ekansan, mirshablar qidirib yuribdi,
— dedim men.
— Rostingmi? Endi nima qilamiz?
— Nima qilar edik. Seni jat
1
ingga qovun bilan tarvuz
pattachining qo‘lida qolib ketdi.
— Endi qayerda yotamiz?
Bir-ikkita samovarga borib ko‘rdik. Hammasini savdogarlar,
lattafurush chayqovchilar egallab olibdi, yotar joy yo‘q.
— Endi qayoqqa boramiz? — dedi Omon.
— Qo‘rqma, bultur tog‘am bilan shu yaqin orada bir bo‘zagar
kampirning uyida yotib qolganmiz. Yaxshiqiz degan kampir meni
taniydi. O‘shaning o‘tovida tunab qolamiz.
It quvgan tulkiday olazarak Omon menga ergashdi Òugunni
ko‘tartirdim. Yaxshiqiz degan bo‘zagar kampirning o‘toviga qarab
ketdik.
Kampirning o‘tovi Zolariqning chap qirg‘og‘ida edi. Atrofi
ozodagina qilib supurilgan. Òuproqdan kattagina supacha ko‘tarilib,
ustiga bir kir sholcha tashlab qo‘yilgan. O‘tovning yonboshida loy
o‘choqqa o‘rtacha kattalikdagi bir qozon o‘rnatilgan. O‘choqdan
nariroqda  ikkita  ayriga ip arqon tortib, unga chambaraklarda
uch-to‘rtta sopol tovoq osib qo‘yilgan. Sut-qaymoq bo‘lsa kerak.
Ikkita qovoq idish osig‘liq turibdi. Ularda qatiq bo‘lsa kerak. Qozon
tuvoqsiz, uning yonida bir o‘g‘ir, bitta kuv turibdi. Bitta yechiq
buzoq shataloq otib  o‘ynoqlab yuribdi. Chala qurigan bir tolga
bog‘lab qo‘yilgan qari ola ko‘ppak juda hafsalasizlik bilan ko‘k-
sovlarning yo‘taliga o‘xshagan ovoz bilan hurib bizlarni kutib oldi.
Itning ovoziga o‘tov ichidan kampir — Yaxshiqiz chiqib keldi.
Oltmishlardan oshgan bir xotin, oq oralagan sochlari taralmagan
boshida dakana
2
, belida shol belbog‘. Ayolning orqa sochiga besh-
oltita bir so‘mlik, yarim so‘mlik so‘lkovoylardan saqina
3
 osilgan.
1 

Download 2,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish