Diplomatik huquq — «tashqi aloqalar huquqi» deb nomlash lozim bo‘lgan xalqaro huquq institutining bir qismidir, chunki xalqaro huquq normalari bilan tartibga solinadigan xalqaro munosabatlarda nafaqat davlatlar, balki boshqa subyektlar, xususan, xalqaro tashkilotlar — universal, regional (BMT Ustavi mazmunida) va maxalliy, xalqaro organlar va o‘z tashqi aloqalarini ular nomidan qatnashuvchi tuzilmalar orqali ifoda etuvchi boshqa xalqaro institutlar ishtirok etadi.
Tashqi aloqalar huquqi — xalqaro-huquqiy normalarning shunday tizimiki, u xalqaro munosabatlarda xalqaro huquq subyektlari vakilligini tartibga soladi. Bu asosan odat normalari sanaladi. Biroq, universal xarakterdagi konvensiyalar (masalan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti imtiyoz va immunitetlari to‘g‘risidagi 1946 yil konvensiyasi va Ixtisoslashgan muassasalar imtiyoz va immunitetlari to‘g‘risidagi 1947 yil konvensiyasi) ham mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |