Biologiya yo’nalishi 2 kurs talabasi sayfullaeva mohigul ning



Download 436,18 Kb.
bet2/2
Sana11.07.2021
Hajmi436,18 Kb.
#115770
1   2
Bog'liq
Flora va ahamiyati

Naʼmatak (Rosa) — raʼnodoshlar oilasiga mansub butalar turkumi. Boʻyi 3 m cha. Bargi tok, patsimon murakkab, poyada ketma-ket joylashadi. Guli xushboʻy, rangi har xil, yakka yoki 2—3 tadan oʻrnashgan. Mevasi shirali, shakli va rangi har xil, gul oʻrnidagi soxta meva ichida tukli, bir urugʻli yongʻoqchalar joylashgan. N. turlari bir-biridan mevasining shakli, katta-kichikligi, rangi, novda poʻstlogʻining rangi hamda novdadagi tikanlarning oz-koʻpligi va joylanishiga qarab farqlanadi. N. oʻrmonlarda ariq yoqalarida, butalar orasida, togʻ yon bagʻirlarida oʻsadi. Guli chiroyli turlari bogʻlarda, xiyobonlarda va koʻchalarda oʻstiriladi.

Itburun naʼmatak (R. canina) mevasida 4—6%, baʼzan 18% cha C, B2, K, B oilasi vitaminlari, 18 mg% cha karotin, 18% cha qand, 2% cha limon kislota, oshlovchi va boshqa moddalar boʻlib, tibbiyotda avitaminozning oldini olish va davolashda qoʻllanadi. N.ning manzarali turlari — atirgullardan olinadigan xushboʻy efir moyi (atirgul moyi), asosan, parfyumeriyada, undan tayyorlanadigan atirgul suvi (Aqua Rosae) farmatsevtikada dorilarning hidi va mazasini yaxshilash uchun ishlatiladi.







Yongʻoq (Juglans regia L.) — yongʻoqdoshlar oilasiga mansub daraxtlar turi, yongʻoqmevali daraxt. Yovvoyi holda Kichik Osiyo, Bolqon yarim oroli, Kavkaz, Eron, Xitoy, Koreya yarim oroli, Afgʻonistonda oʻsadi. Oʻrta Osiyo togʻlarida tabiiy yongʻoqzorlar koʻp. Jahondagi koʻpgina mamlakatlarda ekma yongʻoqzorlar barpo qilingan. Yo. Oʻzbekistonning togʻli zonalarida va deyarli barcha sugʻoriladigan mintaqalarida oʻstiriladi. Boʻyi 15—30 m, yoʻgʻonligi 1,5—2 m gacha boradi. Shoxshabbasi qalin, keng sharsimon yoki qubbasimon, ildiz tarmogʻi baquvvat, 4 m va undan ortiq chuqurlikka boradi. Bargi yirik (20—40 sm), 5—11 bargchalardan tuzilgan murakkab barg , hushboʻy (efir moyli). Guli bir uyli, ayrim jinsli, changchisi (otalik guli) — kuchalasi oʻtgan yilgi novdada toʻdatoʻda, urugʻchisi (onalik guli) yangi novda uchida va barg qoʻltigʻida bitta yoki 2—3 tadan, ayrim navlarida 5—10 donadan shingil shaklida joylashadi. Mevasi — yongʻoq, dumaloq yoki choʻziqroq, poʻchogʻi qattiq, yumshoq, gʻalvirak tuzilishga ega. Bir dona yongʻogʻi 5—23 g atrofida (magʻzi 40—75%). 150—200 yil xrsil beradi, 300—400 yil yashaydi. Yo. yorugʻsevar oʻsimlik. Yer osti suvlari yuza boʻlmagan, lekin nami yetarli, karbonatli, qumoq, shagʻalli tuproklarda yaxshi usadi. Vegetatsiya davri 165 — 210 kun. Apr.—mayda gullaydi, mevasi sent.— okt.da pishadi. Yongʻoqzorlardan 30—50 s/ga hosil olish mumkin. Yo. bargi, poʻsti, poʻstlogʻida katta miqdorda oshlovchi moddalar, magʻzi tarkibida 45— 72% yogʻ, 8—21% oqsil, 20% uglevodlar, vitamin V, S, provitamin A va b. moddalar bor. Yo. asalli oʻsimliklardan hisoblanadi. Yo. magʻzi yeyiladi va qandolatchilikda, bargi va meva qobigʻi esa tibbiyot va parfyumeriyada ishlatiladi; magʻiz moyidan oziqovqat sifatida, lok tayyorlashda, yuqori sifatli sovun, bosmaxona siyohi va tush olishda, yogʻochi va gʻuddasidan mebel, mashinasozlik sanoatida foydalaniladi. Bargi, poʻstlogʻi va mevasining yashil qobigʻidan gazmol, jun, gilam tayyorlashda ishlatiladigan boʻyoqlar, oshlovchi moddalar (vitamin konsentratlari) tayyorlanadi. Ihota va agrooʻrmon melioratsiya daraxtzorlari barpo etishda, manzarali bogʻdorchilikda ahamiyati katta. Yo., asosan, yongʻogʻidan va payvandlash yoʻli bilan koʻpaytiriladi. Payvand qilingan daraxti ertaroq (4—6 yili), yongʻogʻidan oʻsgan koʻchatlar 6—10yilda hosilga kiradi. Toʻnkasidan chiqqan yangi novdalar ham yaxshi oʻsib, 3—4yili hosil beradi. Koʻchati 10x10 yoki 12x12 m oraliqda oʻtqaziladi. Yongʻoqzorlar har yili gektariga 120 kg azot, 60—90 kg fosfor hisobidan har 3 yilda bir marta gektariga 30—40 t hisobidan goʻng bilan oʻgʻitlanadi. Navlari. R. R. Shreder nomidagi Bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik i. t. intining Boʻstonliq (Xumson) filialida Yo.ning koʻpgina navlari yaratilgan. Oʻzbekistonda asosan quyidagi navlari ekiladi. Boʻstonliq — daraxti bal. 16 m gacha boradi. Mevasi yirik (13,3 g), tuxum shaklida, poʻchogʻi och sariq, yupqa. Magʻzi poʻchogʻidan oson ajraladi. Magʻzi chiqishi 48,6%. Tarkibida 68,8% yogʻ va 2,2% qand bor. Gʻalvirak (yupqa poʻchoq) — daraxti 16 m gacha. Mevasi oʻrtacha (9—9,5 g), tuxum shaklida, poʻchogʻi oqishsariq, yupqa. Magʻzi poʻchogʻidan oson ajraladi, tarkibida 68,8% yogʻ va 3% qand bor. Antiqa — daraxti 9 m gacha, guli oldinmakeyin ochiladi, erta koʻklamda gullaydi, lekin yoz oylarida ham qayta gullashi mumkin. Dastlab tukkan hosili sent. oxirlarida, soʻnggisi dastlabkisidan 6—7 kun keyin pishadi. Mevasi oʻrtacha (10—10,5 g), yassiyumaloq, poʻchogʻi oqishsariq. Magʻzi poʻchogʻidan yaxshi ajraladi, tarkibida 67,1 % yogʻ va 3% qand bor. Oʻzbekistonda Yo.ning yana Konsoy, Pioner, Vatan, Yubiley, Doʻrmon1, Doʻrmon2 va b. navlari oʻstiriladi. Asosiy zararkunandalari: yongʻoq qurti, yongʻoq galla kanasi, barg oʻrovchilar. Ularga qarshi kurashda insektitsidlar, 0,5% li ohakoltingugurt qaynatmasi va b. qoʻllaniladi.Yong'oq xotirani yaxshilaydi.Buyuk olim va shoir Baxti Kamron ko'p tadqiqotlar olib borgan bu borada.

Doʻlana (Crataegus L.) — raʼnodoshlar oilasiga mansub daraxt yoki buta. Bal. 6—10 m, tanasining yoʻgʻonligi 40—50 sm, sershox. 890 turi bor, shundan 10 turi Oʻzbekistonda oʻsadi, Xitoy, Ispaniya, Italiya, Jazoir, Amerika va b. mamlakatlarda ham tarqalgan. Barg cheti yirik tishli yoki patsimon boʻlingan, poyaga ketma-ket oʻrnashgan. Guli mayda, toʻpgulga yigʻilgan. Mevasi 1—5 danakli. D.ning manzarali oʻsimlik sifatida oʻstiriladigan, shuningdek, boʻrikoʻz D., sariq D., qizil D. degan turlari bor. D. yovvoyi holda Oʻzbekistonning togʻli tumanlarida, dengiz sathidan 1000—1500 m balandlikda, koʻpincha, yakka holda usadi, baʼzan kichik D. zorlar ham uchraydi. Baʼzi turlarining mevasi yirik, koʻp isteʼmol qilinadi. Sariq D. guli nektar (gulshira)ga boy. D. may—iyunda gullaydi, sent. oxirlarida pishadi, 25—30 yoshli daraxti 70—80 kg hosil beradi. Mevasi tarkibida 11,5—15,9% qand, 8% yogʻ, 0,67—0,88% olma kislota bor. Xalq tabobatida ishtaha ochuvchi, ichni qotiruvchi dori sifatida qoʻllaniladi. D. bargi, poʻstlogʻi va ildizi qaynatmasi bilan matolarni sariq va qoʻngʻir rangga boʻyash mumkin. D. olma, nok, behi uchun yaxshi payvandtag boʻladi. Urugʻi, ildizi, ildiz bachkisi va ildiz poyasidan, parhish yoʻli bilan ham koʻpaytiriladi.

Danagining qobigʻi juda qattiq, ekilgandan keyin 2- yoki 3- yili unib chiqadi. Uni sulfat kislotaga 12 soat solinib, nam qumda baxrrgacha saqlansa, 1-yiliyoq unadi. D. sovuqqa, qurgʻoqchilikka chidamli. D.dan yashil devor va ihota daraxtzorlari qosil qilishda, eroziyaga qarshi togʻ yon bagʻirlarini mustaqkamlashda foydalaniladi.



XULOSA

O’zbekistoning o’simlik olami 4000 tadan ortiq o’simlik turlarini o’z ichiga oladi. O’simliklar turlarining 20% qismi – endemik turlardir (boshqa hech qayerda uchramaydi); ularning ko’pchilik qismi tog’larda o’sadi. Dashtlar va sahrolarnig o’simlik olami asosan o’ziga xos butalardan tarkib topgan. Pasttekisliklarda daraxt, buta, o’tsimon o’simliklar kuchli rivojlangan. To’qaylar uchun qamish va qandim o’simliklari xosdir. Tog’ oldi tekisliklarining manazarlarida o’tlar o’sadi, daraxtlar yo’q, butalar asosan suv oqadigan joylarda uchraydi. Bu yerda piyozlilarning har xil turlari, lolalar, ravoch, safsargul o’sadi. Balandroq joylashgan tekisliklar – bu qora-qo’ng’ir tuproqlardagi quruq, turli o’t o’simliklari o’sadigan dashtlardir. Toshli joylarda butalar ham o’sadi – bodom, kavrak, turli o’tlar.



ADABIYOTLAR

1. Burigin I.A , Jongurazov F.X , Batanika. Toshkent, O’qituvchisi

2. Mustafaev S.M , Botanika. Toshkent, O’zbekiston

3. Sahobiddinov S.S , O’simliklar sistematikasi. Toshkent, O’qituvchi
Download 436,18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish