135
bo‘lakka bo‘linadi. DNK bo‘laklarini elektroforez moslamasida kuchli elektr
maydonida katta-kichikligiga qarab ajratiladi va hosil bo‘lgan bo‘laklar maxsus
bo‘yoq bilan bo‘yaladi. Elektroforez gelidan kerakli DNK bo‘lagini suvda eritib
ajratib olish mumkin. Boyer va Koen shu usullar bilan ajratib olingan yopishqoq
uchli xromosoma DNK bo‘lagini ochiq holatdagi yopishqoq uchli plazmid
DNKsi bilan probirkada aralashtirib ligaza (ulovchi) fermenti vositasida bu ikki
xil DNK bo‘laklari uchlarini bir-biriga kovalent bog‘lar yordamida uladilar.
Natijada plazmid tarkibiga xromosoma DNK bo‘lagi kiritildi. Shu usulda ilk bor
rekombinant plazmid hosil qilindi. Bu molekular qurilmada (konstruksiyada)
plazmid DNK vektor (yo‘naltiruvchi) funksiyasini bajaradi, chunki yuqorida
aytib o‘tganimizdek plazmidlar DNKsiga rekombinatsiyalana oladi. Bu vektor
konstruksiya o‘z tarkibida antibiotikka chidamlilik geni bo‘lganligi uchun
maxsus yaratilgan plazmidsiz, ya’ni antibiotikka chidamsiz shtamm hujayralariga
kiritildi. Rekombinant plazmid kiritilgan bakteriya hujayralari kloni antibiotikka
chidamli genga ega bo‘lib qolganligi sababli, plazmidsiz bakteriyadan farq
qilib, antibiotik ta’sirida nobud bo‘lmaydi. Shu sababli tajriba o‘tkazayotgan
probirkaga antibiotik qo‘shib rekombinant bakteriya kloni ajratib olinadi va
klonlanadi. Bu klonni tashkil etuvchi har bir bakteriyada yot (geterologik) DNK
bo‘lagi bor bo‘lib, bakteriya biomassasi qanchalik ko‘paytirilsa, yot DNK bo‘lagi
shunchalik ko‘payishi mumkin. Undan tashqari, rekombinant plazmid vektor
avtonom replikatsiyalanuvchi plazmid bo‘lsa, yot DNK bo‘lagini yana o‘nlab
barobar ko‘paytirish mumkin (70-rasm).
70-rasm. 1 – maqsadga muvofi q
genni
restriktaza yordamida kesib
olish; 2 – vektor-plazmida;
3 –
plazmidani restriktaza yor-
damida kesish; 4 – ajratib olingan
genni
ligaza fermenti ishtirokida
plazmidaga kiritib rekombinant
plazmida (vektor konstruksiya)
hosil qilish; 5 –
vektorni bakteriya
hujayrasiga kiritish; 6 – plazmida;
7 –
bakteriya DNKsi; 8 – bak-
teriyalarni klonlash orqali genni
ko‘paytirish.
Yot DNK bo‘lagini rekombinant vektor konstruksiyalar vositasida
ko‘paytirish
genlarni klonlash deb ataladi. DNK bo‘lagini klonlashda vektor
136
sifatida virus va fag DNK molekulasidan yoki ko‘chib yuruvchi genetik
elementlardan ham foydalanish mumkin.
Demak, gen muhandisligida quyidagilar amalga oshiriladi:
1. Kerakli genga ega donor organizmlardan zarur genlar ketma-ketligiga
ega bo‘lgan DNK molekulasi ajratib olinadi.
2. Donor DNKsining zarur geni fermentlar ta’sirida boshqa qismlardan
ajtatib olinadi.
3. Retsipiyent hujayra (qabul qiladigan hujayra)ga biror genni kiritish uchun
mazkur hujayraga kira oladigan uncha katta bo‘lmagan DNK molekulasidan
foydalaniladi. Bunday molekula vektor deyiladi.
4. DNK-vektorni donor genini kiritish mumkin bo‘lgan joyidan ferment
yordamida kesiladi.
5. Ajratib olingan gen vektor molekulaga «tikiladi». Rekombinant DNK
hosil qilinadi va klonlanadi. Kiritilgan gen saqlovchi yangi DNK molekulasi
xo‘jayin retsipiyent hujayrasiga kiritiladi.
6. Xo‘jayin hujayrada DNK replikatsiyalanadi va hujayraning bo‘linishi
orqali avlodlarga beriladi.
7. Rekombinant DNKni xo‘jayin hujayraga kiritish transformatsiya deyi-
ladi. Yot DNK bo‘lagiga ega bo‘lgan organizmlar transgen organizmlar hisob-
lanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: