Ketma-ket usulda
alohida binoni barpo etishda ishchilar brigadasi har bir keyingi ishni
oldingi ish to‗gagandan so‗ng boshlaydi. Demak, bino qurilishining umumiy davomiyligi alohida
ishlar bajarilish davomiyliklarining yig‗indisidan iborat, ya‘ni bu holatda ob‘ektdagi ishlarni bajarish
uchun kam miqdordagi ishchilar etarlidir. Bir tipdagi binolar ketma-ket qurilganda, ya‘ni har bir
keyingi bino oldingisi qurilgandan so‗ng boshlansa, binolarni qurayotgan yagona brigada ketma-ket
qurilgan binodan yangi qurilishi boshlangan binoga o‗tadi. Bu usulda, binolar kompleksi
(majmuasi)ning umumiy qurilish davomiyligi bir bino qurilishi davomiyligini binolar sonini
ko‗paytmasiga teng bo‗ladi, ammo bu holatda, bir bino qurilishidagidek o‗zoq vaqt bir erda harakatda
bo‗lganiga nisbatan kam ishchilar soni kerak bo‗ladi .
Parallel usulda
bir paytning o‗zida alohida binoda turli ishlar bajariladi yoki bir tipli binolar
bir paytda barpo etiladi. Har bir ko‗rilayotgan ob‘ektda mustaqil ish yuritadigan brigada ishlaydi. Ideal
holatda brigadalar bir paytda ishni boshlab va bir paytda binolarni barpo etishni to‗gatadilar. Parallel
usulda, alohida binoni barpo etish muddati jami ishlarni bajarish muddatiga teng, ammo bu usulda bir
paytda ishlaydigan ishchilarga bo‗lgan talab
m
martaga (shu turdagi ishlar va ishchilar brigadasi soni)
oshadi. Bir xil tipdagi binolar kompleksini parallel usulda barpo etganda, inson resurslarini jalb etish
va qurilish muddati yuqorida keltirilgan sxemaga o‗xshash bo‗ladi.
Qurilishning
oqim usuli
o‗zida ketma-ket va parallel usullarining yutuqlarini aks ettirib
ularning kamchiliklarini bartaraf etadi. Bu usulda qurilishni umumiy davomiyligi ketma-ket
usuldagidan ancha kam, shuningdek, ishchilardan foydalanish intensivligi parallel usuldagidan
kamroq.
Ko‗rsatilgan qurilish usullarni beshta bir xil binolar qurilishi misolida kerakli hisoblar va
diagrammalar yordamida namoyish etamiz. Bir binoga sarf bo‗ladigan mehnat xarajati
q
= 300 odam-
kun, brigada n = 10 odam sonidan iborat, binoni qurilish davomiyligi (bir qamrovdagi ishlar)
t
= 30 ish
kuni,
N
— ishchilar soniga bo‗lgan kundalik maksimal talab.
2.1-rasmda binolarni ketma-ketlik usulida barpo etishni kalendar grafigi berilgan. Ishlarni
bajarish davomiyligi
T= mt
= 5 • 30 = 150 kun. Inson resurslari (ishchilarga bo‗lgan talab)
p = N
(har
kuni 10 odam). Umumiy mehnat sarfi
Q = Tp
= 150 • 10 = 1500 odam-kun. Binolarni parallel usulda
barpo etish 2.2-rasmda keltirilgan. Ishlarni umumiy bajarish davomiyligi
T = t
=30 kun. Ishchilarga
bo‗lgan talab
N = mn
= 5 • 10 = 50 odam (ishchi ) bir kunda. Umumiy mehnat sarfi o‗zgarmaydi
Q =
NT
= 50 • 30 = 1500 odam-kun.
Ishlarni oqim usulida bajarishning o‗ziga xos tomoni qurilish ishlari va ularning kompleks
(majmua)larini bosqichlarga yanada kichikroq tashkil etuvchilarga bo‗lishdir.
Qamrovla
r
Ishlarning davomiyligi (vaqt), kunlarda
1
10
2
20
3
30
4
40
5
50
6
60
7
70
8
80
9
90
1
100
1
110
1
120
1
130
1
140
1
150
1
2
3
4
5
2.1-rasm. Binolarni ketma-ket usulda barpo etishning kalendar grafigi
Qamrovlar
Ishlarning
davomiyligi
(vaqt),
kunlarda
1
10
2
20
3
30
1
2
3
4
5
2.2-rasm. Binolarni qamrovlarda parallel usulda barpo etishning kalendar grafigi
Qamrovlar
Ishlarning davomiyligi (vaqt),
kunlarda
9
9
1
18
2
27
3
36
4
45
5
54
6
63
1
2
3
4
5
2.3-rasm. Binolarni qamrovlarda oqim usulida barpo etishning kalendar grafigi
Bino qurilishini boshlagan hamma brigada a‘zolarini kerakli qurilish kasblarini mukammal
o‗zlashtirgan , er ishlaridan boshlab binoni pardozlash ishlariga qadar barcha ishlarni sifatli bajaradi
deb tasavvur qilish qiyin. SHu boisdan, qurilish ishlarini ketma-ket bajariladigan uch siklga bo‗lish
ma‘quldir: binoni er osti qismini barpo etish − er ishlari, poydevorlarni va erto‗lani qurish,
gidroizolyasiya va boshqa ishlarni bajarish; er usti qismini barpo etish – ichki devorlar bilan
birgalikda binoni karkasi, pardevorlar, deraza va eshiklarni o‗rnatishdagi bo‗shliqlarini to‗ldirish
hamda maxsus ishlarni bajarish va oxirgi sikl − binoning ichkari va tashqarisini pardozlash. SHartli
ravishda qabul qilgan holda, har bir sikldagi ishlarni bajarishda mustaqil, ixtisoslashtirilgan, yuqori
malakali 10 odamdan iborat bo‗lgan brigada ishlaydi va ular har bir binoda o‗zining ishini 9 kunda
bajaradi. Ishlarni oqim usulida olib borishning o‗ziga xos xususiyati shundan iboratki,
ixtisoslashtirilgan brigada bir binoda o‗z siklini to‗gatib ikkinchi binoga o‗tadi va o‗z o‗rnini keyingi
sikl ishlarini bajaruvchi brigadaga bo‗shatib beradi (2.3-rasm). SHuningdek, ketma-ket ravishda
ikkinchi brigada birinchi ob‘ektdan ikkinchi ob‘ektga ( bir qamrovdan ikkinchi qamrovga) ko‗chadi.
SHunga o‗xshash uchinchi brigada ishlaydi, agar sikllar soni ko‗p bo‗lsa , u holatda to‗rtinchi va
hokazo. Bu erda ixtisoslashgan va tajribaga ega har bir brigada o‗zining ishini 10 kunda emas 9 kunda
bajaradi.
Ishchilar
soni,
odam
Ishlarning davomiyligi (vaqt), kunlarda
9
9
1
18
2
27
3
36
4
45
5
54
6
63
7
72
8
81
30
20
10
2.4-rasm. Ishlarni oqim usulida ishchi kuchi harakati grafigi
Har bir vaqt intervalida ishlaydigan ishchilar soni 2.4-rasmda keltirilgan.
Ishlarni umumiy davomiyligi
T
= 63 kun. Umumiy mehnat sarfi
Q
= 10*9*2 + 20*9*2 + 30*9*3 = 1350 odam-kun.
Ishlarning sikli
Ishlarning davomiyligi (vaqt), kunlarda
9
9
1
18
2
27
3
36
4
45
5
54
6
63
Yer osti qismi
Yer usti qismi
Binoni
pardozlash
2.5-rasm. Ishlarni oqim usulida bajariladigan ish turlari bo‗yicha kalendar grafigi
Ishlarni oqim usulida bajariladigan ish turlari bo‗yicha kalendar grafigi 2.5- rasmda
ko‗rsatilgan.
Ishlarni bajarish usullarini solishtirish 2.1-jadvalda keltirilgan
Brigadalarni
ixtisoslashtirilishi
oqim
usulida
maksimal
darajada
mehnatni
mexanizatsiyalashtirishga, tashkil etishni yaxshi ta‘minlashga, yuqori mehnat unumdorligiga
erishishga imkon beradi. Muddatlarni qisqartirish bir turli ishlarni ketma-ket va har turli ishlarni
parallel bajarish hisobiga erishiladi.
Ishlarni bajarishning turli usullarini solishtirish. 2.1-jadval.
Usullar
Ishlarning
davomiyligi,
kunlar
Ishchilarning
minimal soni
Kompleks
brigadalar soni
Umumiy mehnat
sarfi, odam-kun
Ketma-ket
150
10
1
1500
Parallel
30
50
5
1500
Oqim
63
30
3
(ixtisoslashtirilgan)
1350
Bino va inshootlar qurilishida oqim usuli asosiy usul bo‗lib, chunki uni qo‗llaganda qurilish –
montaj ishlarining uzluksizligi va bir maromda bajarilishi ta‘minlanadi.
Foydalanadigan adabiyotlar ro‗yxati
1.
Bozorboev N. Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi. I-qism. O‗quv qo‗llanma
Toshkent, 2000.
2.
Bozorboev N., Sobirov M. Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi. II-qism. O‗quv
qo‗llanma Toshkent, 2000.
3.
Texnologiya vozvedeniya zdaniy i soorujeniy: Ucheb. dlya stroit, vuzov/V.I. Telichenko,
O.M. Terentev, A.A. Lapidus— 2-e izd., pererab. i dop.— M.: Vыssh. shk., 2004.— 446 s;
il.
4.
Texnologiya stroitelnogo proizvodstva. Uchebnik, (S.S. Ataev, N.N.Danilov,
B.V.Prыkin i dr.) M., Stroyizdat, 1994.
5.
Texnologiya stroitelnogo proizvodstva (O.O.Litvinov i dr.) Kiev, Vыsshaya shkola. 1995.
6.
Xamzin S. K., Karasev A. K.
Do'stlaringiz bilan baham: |