Bino karkasi montajining ishlarini bajarish loyihasi asosiy qoidalarni
aniqlashdan boshlanadi
(ishlarning umumiy konsepsiyasi), u o‗z ichiga montaj usullari , kerakli montaj uskunalari va ishlarni
bajarish muddatini oladi.
Ishlarni bajarishning bu asosiy qoidalari loyihaning buyurtmachisi (qurilish yoki montaj
tashkiloti) bilan kelishiladi. Bu kelishuvlar tavsiya etilgan loyihadagi konstruksiyalarni ishchi
chizmalariga asoslangan bo‗lishi kerak, IBLda ularni o‗ziga xosligi va montaj qilish texnologiyasi
taklif etilishi lozim. Asosiy qoidalar montaj ishlarini har bir taklif etiladigan variantlariga ishlab
chiqiladi. Ishlarni bajarish usullarining variantlari nafaqat qo‗llaniladigan montaj mexanizmlari,
shuningdek, montaj ishlarining texnologiyasi bilan farqlanishi kerak. Ma‘qul variantni tanlash texnik-
iqtisodiy ko‗rsatkichlarni solishtirish bilan amalga oshiriladi: har biri uchun mexanizatsiyalashtirish
variantini o‗ziga xosligi va qiymati, mehnat sarfi va ishlarni bajarish muddati.
Asosiy qoidalar tarkibida tushuntirish xati ish hajmlari bilan, har bir variant uchun qurilish
bosh plani fragmenti (qismi), ishlarni bajarish sxemalari va yiriklashtirilgan grafik va texnik –
iqtisodiy ko‗rsatkichlar bo‗lishi kerak. Ishlarni bajarish loyihasini tayyorlashni boshlash uchun,
tavsiya etilgan montaj variantlardan birini pudratchi, montaj tashkilotining rahbari yoki bosh pudratchi
(qurilishni olib boruvchi qurilish tashkiloti) tasdiqlagandan so‗ng kirishiladi
Ishlarni bajarish loyihasida konstruksiyalar montajini ketma-ketligi, elementlarni aniq
o‗rnatilishi va konstruksiyalarni fazoviy o‗zgarmasligi, bino qismlarini barpo etish jarayonlarida
turg‗unligi, konstruksiyalarni yiriklashtirish darajasi va albatta ishlar bajarilishida xavfsizlikni
ta‘minlovchi tadbirlar o‗rnatiladi .
Murakkab qurilish jarayonlariga yoki oddiy qurilish ishlariga tuziladigan IBL tarkibidagi
asosiy hujjat texnologik xarita bo‗lib, u o‗z ichiga qo‗yidagi bo‗limlarni oladi:
1.
Qo‘llanilish sohasi
, qurilish jarayonining tarkibi va maqsadi;
2.
Moddiy-texnik resurslar va asosiy mexanizmlarni tanlash
–
loyihalanayotgan ishlar hajmiga material, yarimfabrikatlar va konstruksiyalarga, mexanizm, asbob,
uskunalarga bo‗lgan ehtiyoj ma‘lumotlari;
Foydalanadigan adabiyotlar ro‗yxati
1.
Bozorboev N. Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi. I-qism. O‗quv qo‗llanma
Toshkent, 2000.
2.
Bozorboev N., Sobirov M. Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi. II-qism. O‗quv
qo‗llanma Toshkent, 2000.
3.
Texnologiya vozvedeniya zdaniy i soorujeniy: Ucheb. dlya stroit, vuzov/V.I. Telichenko, O.M.
Terentev, A.A. Lapidus— 2-e izd., pererab. i dop.— M.: Vыssh. shk., 2004.— 446 s; il.
4.
Texnologiya stroitelnogo proizvodstva. Uchebnik, (S.S. Ataev, N.N.Danilov, B.V.Prыkin i
dr.) M., Stroyizdat, 1994.
5.
Texnologiya stroitelnogo proizvodstva (O.O.Litvinov i dr.) Kiev, Vыsshaya shkola. 1995.
6.
Xamzin S. K., Karasev A. K.
Do'stlaringiz bilan baham: