Berdaq atındag’ı Qaraqalpaq Ma’mleketlik universiteti



Download 0,86 Mb.
bet7/27
Sana29.04.2022
Hajmi0,86 Mb.
#591659
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   27
Bog'liq
Berdaq at ndag’ Qaraqalpaq Ma’mleketlik universiteti

3. Boshqa metodlar
Ko’pgina fanlarda bo’lganidek, geografiyada ham modellashtirish usuli keng ishlatiladi. Modellashtirishda hodisa yoki voqelik umumlashtirilib, malum bir ko’rinishda aks ettiriladi. Qurilish, arxitektura va loyiha-konstruktor modellaridan farq qilib geografik modellar voqelikning aynan o’zining qiyofasini kichraytirilgan ko’rinishda emas, balki uni shartli belgilari orqali ifoda etadi. Shu nuqtai nazardan qaraganda, turli masshtab va mazmundagi kartalar geografik modellarning eng mukammal shaklidir. Shuniigdek, matematik formulalar, grafik va jadvallarda ham fikr, hodisa yoki jarayon «miniatyura» ko’rinishida o’z aksini topadi.
İqtisodiy va sotsial geografiyada qo’llaniladigan grafiklarning turi ham har xil. Chunonchi, ular tik to’g’ri burchak (yoki ochiq shakldagi grafik), ustunsimon, voronkasimon, piramidasimon, konus, xalqa, aylana, uchburchak, to’rtburchak (kvadrat), kubik kabi ko’rinishlarda bo’lishi mumkin. Tadqiqotchshpshg vazifasi ana shu har xil bo’lgan grafiklardan to’gri va o’rinli foydalanishdan iboratdir. Odatda faqat bir ko’rinishdagi chizmalar bilan nshnn to’ldirish muallifning bu xususdagi bilimsizligini anglatadi.
Muammoning mohiyat-maqsadiga qarab turli xil grafiklarni tanlab olish va ularni o’qib bo’ladigan darajada ixcham, chiroyli chizish lozim (bu o’rinda teometriyadan olingan bilimlar ham kerak bo’ladi). Masalan, agar u yoki bu jarayon, aytaylik, aholi soni, uning migratsiyasi, tabiiy harakati-tug’ilish va o’lish hodisalari, xalq xo’jalik mahsulotlarini ishlab chiqarishning vaqt davomida o’zgarib borishini ochiq grafik usuli yoki ustunsimon ko’rinishda tasvirlash maqulroq. Bunday dinamik grafiklarda mutloq va nisbiy sonlardan foydalaniladi.
Agar biror hodisa yoki voqelikning tarkibiy xususpyatlarini ko’rsatish talab etilsa, u holda aylana va kvadrat shakllarni qo’llash maqsadga muvofiq (masalan, er fondining tuzilishi, aholiking milliy tarkibi va h. k.). Bu erda aylana sektorlarga, kvadrat yuz katakchadan iborat bo’lgan to’g’ri to’rtburchaklarga ajratiladi, aylanada G—3,6 foizga teng qilib olinadi va ular har bir sohaga mos ravishda turli rangda bo’yaladi.
Piramidasimon grafiklar ko’proq demografiya va aholi geografiyasida-aholining yosh tarkibini tasvirlashda ishlatilsada, ularni boshqa paytlarda ham qo’llash mumkin. Buning uchun ko’rilayotgan hodisa tabaqalanish, ierarxiyalik (bosqichli) xususiyatga ega bo’lsa kifoya. Chunonchi, shahar yoki qishloqlar soniii ularning katta-kichikligiga qarab pog’onasimon shaklda aks ettirilsa, u holda tadqiq etilayotgan hududda qaysi guruhdagi aholi punktlari ko’p yoki kam rivojlanganligi yaqqol namoyon bo’ladi.
Grafiklarning yuqoridagilardan tashqari yana juda ko’p oddiy va murakkab shakllari mavjud. Ulardan foydalanish ham katta ahamiyatga ega bo’lib, buning uchun avvalambor tegishli statistik materiallarni to’plash va ularni qo’yilgan maqsadga muvofiq qayta ishlash talab etiladi. Demak, bu o’rinda grafik usuli statistik metodning davomi, uning amaliyotda yanada aniqroq aks ettiruvchi vositasi bo’lib xizmat qiladi.
Bundan tashqari, boshqa fanlarda bo’lganidek, iqtisodpy va sotsial geografiyada ham klassifikatsiya va tipologiya usullarpdan keng foydalaniladi. Ular guruhlashtirishning rayonlashtirishga o’xshash ayrimayrim shakllaridir. Shu bilan birga klass (bosqich) va tiplar bir-biridan sezilarli darajada farq qiladi. Masalan, klassifikatsiyada (bu tushuncha dastavval biologiya fanida shved olimi K.Linney tomonidan qo’llanilgan, keyinchalik u boshqa fanlarda, jumladan, geologiya va geografiyada ham ishlatrshib kelnngan) eng avvalo tadqiq etilayotgan hodisa yoki voqelikning miqdor ko’rsatkichlari etiborga olinadi. Klassifikatsiya obektlarning pog’onasimonligi va ierarxiyaligini ko’rsatib beradi. Obektlarning alohida tiplariga ajratilishi esa asosan ularning mohiyati, bajaradigan vazifasi (funktsiyasi), ixtisoslashuvi va yo’nalishini anglatadi. Boshqacha qilib aytganda, tip — bu obektning tashqi ko’rinishi, «basharasi» va uning ijtimoiy hamda hududiy mehnat taqsimoti natijasida shakllangan yo’nalishini aks ettiradi.
Fikrimiz ravshanroq bo’lishi uchun yana misollarga murojaat qilamiz. Shahar va qishloqlar katta, o’rta va kichik klasslarga bo’linadi, maxsus tadqiqotlarda esa shaharlar to’ri 8 ta klass yoki bosqichga ajratiladi. Shaharlarning ixtisoslashuvi, bajaradigan vazifasi esa ularning funktsional tiplarini bildiradi: poytaxt shahar, viloyat markazi, tuman markazi va h. k. mamuriy siyosiy funktsiya; sanoat, transport, dam olish, fan markazlari va boshqalar shaharlarning ishlab chiqarish jarayonidagi funktsional tiplaridir.
Qolaversa, shahar va qishloqlar ham aholi punktlarining asosiy tiplaridir. Rayonlashtirishda sanoat, qishloq xo’jalik, rekreatsiya, tog’-kon sanoati kabi rayonlar tipi mavjud. Shunday qilkb aytish mumkinky, obektlarning daraja bo’yicha tabaqalanishi vertikal, ularning tiplari gorizontal xususiyatga ega, yani bu erda klassifikatsiya malum bir tizimdagi obektlarning pastdan yuqoriga yoki aksincha qator tartibda joylanishini anglatadi, tipologiya esa turli yiriklikdagi obektlarning umumiyo’xshashligiga qarab ajratilgan guruhlarni bildiradi.
O’rganilayotgan hodisa miqdor jihatdan ko’p bo’lsa (aytaylik, shahar yoki qishloqlar, sanoat tarmoqlari yoki korxonalar), ularni avvalambor ayrim guruhlarga bo’lish talab etiladi. Chunonchi, ularni katta-kichikligi va tashqi shakli, vazifasiga ko’ra ajratish lozim bo’ladi. Ana shu holda tahlil etiladi va so’ngra umumiy xulosalar chiqariladi. Bunday yondashuv esa mantiqan gnesologik qonuniyatlarga mos keladi.
Murakkab obektlarni — tarmoq yoki hududiy birliklarni tahlil va tashxis etishda ,ularni bashorat qilishda tizim-tarkib usuli samarali natija beradi. Bu usul barcha fan va dukyoqarashga tegishli bo’lib, u umumiylik bilan hususiylik, birlik bilan ko’plik o’rtasidagi munosabatni ifodalaydi. Eng muhimi shundaki, tadqiq etilayotgan obekt tizim va ayni paytda uning tarkibiy qismi shaklida namoyon bo’ladi. Bu esa uning «ochiq» eki «epiq» ekanligidan kelib chiqadi. Masalan, engil sanoat geografiyasi o’rganilganda uni tizim sifatida ham, tarkib shaklida ham tahlil etilsa bo’ladi. Agar ushbu sanoat tarmog’iga «yopiq» tizim ko’rinishida yondoshsak (aslida, bu erda uni aynan shunday qarash talab etiladi), u alohida tizim darajasiga ega bo’ladi. Ammo mazkur sagyuat tarmogini faqat shu darajada o’rganish qoniqarli natija bermaydi. Binobarin, uni alohida qismlardan (to’qimachilik, poyafzal, to’quv, trikotaj va h. k.) tashkil topganini va ularning o’z navbatida turli korxonalardan— fabrikalardan iborat ekanligini inobatga olish va tahlil etish lozim. Shu bilan birga engil sanoatni bir lahza bo’lsada «ochiq» tizim ko’rinishida ham tasavvur qilmoq kerak. Bu holda engil sanoat mamlakat sanoatining, qolaversa, milliy iqtisodiyotning tarkibiy qismi ekanligini guvohi bo’lamiz.
Malumki, har qanday tizim-tarkib, eng avvalo, ikki holda, yani tarmoq va hududiy ko’rinishda bo’ladi. Hududiy tizim-tarkibga misol: maqsad Fargona iqtisodiy rayonini o’rganish. Demak, u yopiq tizim, uning birinchi darajadagi tarkibiy qismlari Andijon, Farg’ona, Namangan viloyatlari, ikkinchi darajadagilari esa viloyat ichidagi mamuriy qishloq tumanlari va shaharlar, uchinchi darajadagi qismlari — tuman ichidagi xo’jaliklar va h. k. Biroq bu yo’sinda tadqiqot obektining faqat ichki tuzilishiga «kirib» boriladi. Vaholanki, u «Xitoy devori» bilan chegaralanmagan va binobarin, o’zidan kattaroq bo’lgan hududiy-iqtisodiy birlikning tarkibiy qismidir. Shu bois, yuqoriga nisbatan qarashni ham unutmaslik kerak. Tadqiqot obektiga yuqoridan qaralsa, u boshqa bir tizimning tarkibiy qismi, «pastdan» esa u yaxlit tizimdir. Ammo har qanday tadqiqot obekti unga dastavval, alohida tizim sifatida yondashuvni taqozo etadi, uning boshqa bir tizimning qismi ekanligi esa qo’yilgan maqsad nuqtai nazardan ikkinchi darajali masala hisoblanadi.
Tizimlar, tarkibiy qism yoki komponentlar (quyi darajadagi tizimchalar, podsistemalar)dan, ular o’z navbatida elementlardan tashkil topadi. Elementlar birlamchi bo’lib, ular tadqiqot maqsadidan kelib chiqqan holda boshqa bo’linmaydi, parchalanmaydi. Agar ular yanada qismchalarga taqsimlansa, u holda boshqa mazmundagi tizimga o’tib ketiladi.
Yuqoridagi misolimizning har ikkisida ham element sifatida sanoat yoki xo’jalik korxonalari xizmat qiladi. Albatta, ular ham ichki, tarkibiy tuzilishga ega (tsex, brigada va h. k.). Ammo bunday tarzda iqtisodiy geografik tizim ishlab chiqarishning tashkiliy-boshqaruv tizimiga aylanib qoladi.
Shunday qilib, tizim-tarkib usuli o’ta murakkab, lekin shunga muvofiq undan foydalanish juda samaralidir. Binabarin, tizim (sistema) kontseptsiyasini qatiylik va sobitqadamlik bilan o’rganish hamda uni ko’rqmay amaliyotda qo’llash kerak. Zero, dar qanday yaxshi, sermahsul yo’l hech vaqt oddiy va oson bo’lmaydi.
Shuningdek, tizimlarning ichki va tashqi, vertikal va gorizontal aloqalari birligini, ularning mustaqilligi va boshqaruvchanligi, barqarorlik va boshqa xususiyatlarini unutmaslik kerak. İqtisodiy va sotsial geografiyada ushbu metoddan (aslida u metodlar metodidir) foydalanishda turli darajada tarmoq tizim — tarkibidan hudud tizim—tarkibiga va, aksincha, hududiy tahlilni tarmoq tarkibi bilan mushtarak uyg’unlashtirilgan holda tatbiq etish nihoyatda muhimdir. Bu zsa tadqiqotchidan keng va qamrovli fikrlashni, turli miqyosda mushohada yuritishni va katta mahoratni talab qiladi.
Tizim-tarkib tahlili xo’jalik va uning tarmoqlarini hudu diy tashkil etilishi bilan chambarchas bog’liq. Shu bois u mamlakatning hududiy siyosatini ishlab chiqarishda ham zarur. Ammo tizim tushunchasi shunchaki oddiy so’z emas, uni hamma vaqt va istagan joyda ishlatish to’g’ri bo’lavermaydi, chunki uning, yuqorida takidlaganimizdek, o’ziga xos mezon va meyorlari bor.
Rayonni biz hududiy guruhlashtirishning tipik va murakkab shakli deb aytdik. Rayon hududiy tarkib va tizim shaklida geografiya fanining asl mohiyatini o’z ichiga oladi. Shu bilan birga har qanday guruh tizim bo’lavermaydi; bu o’rinda guruh, agar uni aholi misolida qaraydigan bo’lsak, u kishilarning hududiy birligi yoki sotsiumini (Alaev, 1983), turli yosh, jins, millat, kasb va etiqodga ega bo’lgan aholining bir joyda to’planganligi, mujassamlanganligini ifodalaydi. Kishilarning hududiy birligi jamoa deb ataladi. Biroq jamoa jamiyat emas. Jamiyat murakkab, uyushtirilgan tizim shaklida bo’lib, u o’zining bazis va ustqurmasiga, boshqaruv tashkilotlariga ega. Jamoa esa kishilarning bazan tasodifan, faqat malum maqsad bo’yicha bir joyda yig’ilganligidir. Masalan, bekatda yoki bozorda to’planganlarni ham jamoa deb atash mumkin. Ular, yani bir-birlariga notanish shaxslar, transport vositasini kutish, sotish yoki xarid qilish, namoz o’qish maqsadida to’planishgan, xolos.
Ayrim hollarda, sof demografik jarayonlarni. ham hududiy tizim sifatida talqin etiladiki, bu nazarimizda xatodir. Jumladan, tug’ilish yoki o’lishning hududiy tizimini ajratish, umuman, tizim tushunchasini chuqur anglamaslikka ishora hisoblanadi. Tug’ilishning hududiy birligi faqat tug’ruqxonada bo’lishi mumkin, vafot etganlarning hududiy umumiyligi zsa hammaga malum. Shuningdek, aholi migratsiyasini hududiy tizim shaklida ko’rsatish ham o’rinsizdir, chunki bu jarayonning o’zi bir joyda emas, balki hududlararo miqyosda sodir bo’ladi.
Tizim-tarkib usuliga maqsadga dasturli yondashuv eki dastur maqsad (programmno-tselevoy podxod) endashuv mohiyatan yaqin turadi. İlmiy tadqiqotlarda qo’yilgan bosh maqsad va uni turli daraja hamda murakkablikdagi vazifalarining tarkib tizimi ushbu usulga asoslanadi. Bunda eng past, quyi bosqichda o’rin olgan vazifani hal etish uchun katta mablag’, kuch va vaqt sarflanmaydi, ammo uni echmasdan turib navbatdagisiga o’tib bo’lmaydi («kichik kalit katta eshikni ochadi»). Shu bois vazifalar majmuini birii-ketin paydarpay hal etish talab etiladi, birinchisining echimi ikkinchisiga, ikkinchisiniki uchinchi darajadagi vazifani bajarishga yo’l beradi va h, k.
Vazifalar va ular mazmunining muhimligi, dolzarbligi turli darajada bo’lgan muammolarni aks ettiradi va ularning ustuvorligi har xil bo’ladi. Binobarin, mazkur usulni ayrim hollarda aqsadga muammoli yondashuv deb yuritiladi. Bu erda bosh maqsad — strategiya, faoliyat natijasi, vazifalar esa taktika, pirovard maqsadga erishish vositasi, jarayonidir. Shu bilan birga bosh maqsad ham turli pog’onadagi maqsad va maqsadchalarga bo’linadi va ularni shu tartibda daraxt shakliga, uning bo’yi, tanasi va shoxlariga o’xshatish mumkin.
Albatta, har qanday vazifani ijobiy hal etish va tub maqsadlarga erishish o’z-o’zicha bo’lmaydi. Buning uchun moddiy va moliyaviy imkoniyatlar va eng muhimi malum muddatdagi vaqt talab etiladi (vaqt katta va bebaho boylik, resursdir). Demak, qo’yilgan maqsad va vazifalarni echish ushbu masalani moliyaviy, ashyoviy, tashkiliy va boshqa tomondan uyushtirilishini taqozo etadi. Bu tadbirlar majmui esa dasturni tashkil qiladi. Shu bois mazkur usul maqsadga dasturli yondashuv deb nomlanadi.
Amaliyotda ilmiy asoslangan dasturlarni tuzish, ayniqsa, mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti, dolzarb muammoli masalalarni echish uchun juda muhimdkr. Chunonchi, O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini bosqichma-bosqich bozor munosabatlariga o’tkazish va moslashtirish, yoqilg’i-energetika, yo’l va don mustaqilligiga erishish, qishloq infrastrukturasini shakllantirish va bu joylarga sanoatni olib kirish, mehnat resurslaridan samarali foydalanish, Orol muammosi kabi juda ko’p va mushkul masalalarni hal qilishda oldindan ishlab chiqilgan dasturlar lozim bo’ladi.
Xuddi shunday, ilmiy tadqiqotlarni bajarish — kurs va diplom ishlarini, nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalarini yozish maqsadga dasturli yondashuv yordamida amalga oshiriladi. Buning uchun ishning maqsadi va vazifasi, mundarija — rejasi tuzilib, uning barcha bandlari ko’zda tutilayotgan mohiyati dastur shaklida keltirilishi kerak. Puxta tayyorlangan dastur-ilmiy ishning o’z vaqtida va qiyomida bajarilishining garovidir. Qolaversa, inson ham o’zining kundalik faoliyatini muayyan maqsad doirasida tashkil ztadi va uni malum tartibda olib borady, Demak, maqsad-dastur metodi nafaqat ilmda emas, balki oddiy hayotda ham qo’llaniladi.
Fanimizda, hususan, aholining yashash sharoiti va turmush tarzi, unga turli xil xizmat ko’rsatishning real holati, sotsial va ekologik muammolarni tadqiq etish hamda haqqoniy baholashda anketa usulining ahamiyati beqiyosdir. Buning uchun avval ishning maqsad va vazifalari aniq belgilanadi va so’ngra puxta o’ylan gan savol varaqasi yoki savolnoma tuziladi. Savollar turkumi o’ta qisqa yoki juda murakkab ham emasligi, ularga javob beruvchilar (respondentlar) uchun tushunarli bo’lmog’i kerak. Ayni paytda respondentlarning berilgan savollarga munosabati ham mumkin qadar lo’nda va aniq bo’lishi anketalarni qayta ishlashda muhimdir. Ayrim savollarga javob berishda o’ziga mos kelgan so’zlarning tagiga chizish qo’layroqdir. İqtisodiy va sotsial geografiyada, jumladan aholining demogeografik jihatdan tadqiq etishda tug’ilish, migratsiya kabi masalalar o’rganilishi talab etiladi. Bunda statistik malumotlarga ko’ra jonli so’rov, bevosita kishilarning o’zlari-bilan bo’lgan mulokot nihoyatda samarali va "to’g’ri natijalar beradi. Chunonchi, oilani «rejalashtirish» yoki oilada nechta farzand" bo’lishini, aholining migratsiya (ko’chib ketish, ko’chib kelish)ga layoqati, munosabatini aniqlashda anketa usuli tatbiq etiladn. Shuningdek, aholiga tibbiy, madaniy-maishiy savdo va boshqa turdagi xizmat ko’rsatish darajasini o’rganish va baholashda sotsial-demografik tadqiqotlar so’rov vositasi bilan olib boriladi. Hozirgi paytda yuzaga kelgan ekologik vaziyatni tahlil va tashhis qilish ham ko’proq ushbu usul orqali bajariladi.
Tabiiyki, qo’yilgai muammoni o’rganishda barchani (agar tadqiq etilayotgan obekt ko’pchilikni tashkil qilsa) so’rash va javob varaqasini to’ldirish imkoniyati yo’q. Binobarin, aholining malum qismi: ikkidan biri, uchdan biri, to’rtdan biri, beshdan biri, o’ndan biri va nihoyat yigirmatadan biri so’ralishi kifoya. Bunda anketa — so’rov usuli yuqoridagilarga mos ravishda 50, 33, 25 20,10 va 5 foizlik saralash darajalarida o’tkaziladi.
Ammo, so’ralganlarning miqdor ulushi, ularning javoblari tadqiq etilayotgan hodisaning umumiy va «o’rtacha» holatini to’g’ri baholashga muvofiq bo’lishi shart. Buni fanda so’rovning taalluqlilik darajasi (reprezentativligi) deb ataladi. Mazkur ko’rsatkichning meyorida bo’lishi uchun so’rovga har xil manzillarda yashovchi, turli yosh, millat, kasb egalari jalb etilmog’i maqsadga muvofiqdir (ularning familiyasi, ismi-sharifi buo’riida aslo shart emas)».
Anketa usulining yuqoridagi «jonli» shaklidan tashqari uning boshqa ko’rinishlari ham mavjud. Masalan, biror bir korxona yoki oliy o’quv yurtining sbts lografkk xo’susiyatlarini aniqlash, mehnat resurslari tarkibini tahlil etishda kadrlar bo’limidagi kartotekalar (malumotnomalar) o’rganiladi. Bu yerda ham kartotekalar tanlov usulida va «nomsiz» tahlil etiladi. Kartoteka-anketalarni o’rganish va tahlil etish natijasida ishchi yoki talabalarning yoshi, millati, qaerda turishi, tug’ilgan joyi, malumoti, qaerdan kelganligiga o’xshash savollarga javob olinadi. To’plangan malumotlar alohida jadval va diagrammalarda aks ettirilsa, tadqiqotning daliliyligi yanada oshadi.
Qo’yilgan savollarga respondentlarning javoblari, real vaziyatni xolisona baholashlari o’ziga xos ekspert usuliga yaqin turadi. Bu usul muammoga mutaxassis va mutasaddi kishilarning taqrizchi, ekspertlarning beg’araz munosabatlarini bildiradi. Shu nuqtai nazardan bajarilgan kurs va diplom ishlarining, dissertatsiyalarning muhokama etilishi va himoya qilinishida rasmiy va norasmiy taqrizchilar (opponentlar) ekspert sifatida qatnashadilar.
Muallifning o’zi ham bajargan ishlariga ekspert darajasida baho berishi mumkin. Aytaylik, shahar yoki tumanlarning istiqboldagi rivojlanish imkoniyatlarini aniqlash uchun ularning xom ashyo va mehnat resurslari, transport va ijtimoiy infrastruktura, iqtisodiy geografik o’rni, ekologik holati va boshqa shart-sharoitlari tadqiqotchi tomonidan baholanadi. Bunday baholash besh yoki o’n ballik tizimda bajariladi va olingan natija boshqa joyda saqlanadi. Malum vaqt o’tgandan so’ng, yani qo’yilgan baholar muallifning xotirasidan chiqqandan keyin yuqoridagi shart va sharoitlar, omillar qaytadan (oldingisiga aloqador bo’lmagan holda) baholanadi. Shundan keyin turli vaqtlarda amalga oshirilgan bir masalaning ikki vaqtdagi baholanish natijalari taqqoelab ko’riladi. Agar qaysi shahar yoki tumanga u yoki bu omilga berilgan baho bir-biriga aynan mos kelsa, u holda vaziyat qatiy va to’gri baholangan bo’ladi
Aslida ekspert usuli amaliyotda fan va texnika rivojlanishi, olamshumul va umumbashariy, muhim va dolzarb muammolarni o’rganishda keng qo’llaniladi. Jumladan, O’zbekiston Respublikasi milliy iqtisodiyotning bozor munosabatlariga qachon to’la o’tishi, Orol dengizi sathini saqlab qolish mumkin yoki mumkin emasligi, urbanizatsiya jarayonining istiqboldagi darajasi, ekologik muammolarni hal etish imkoniyat va yo’llarini aniqlashda ekspyrt baholash usulidan foydalanish qo’l qeladi. Buning uchun ko’rilayotgan masalaga daxldor, mutasaddi kishilar — olim va mutaxassislar jalb etiladi (ular bir-birini tanishlari shart emas) va ulardan tarqatilgan anketaga javob olinadi. Javob natijalari umumlashtiriladi va «o’rtacha» vaziyat aniqlanadi. Shunga qarab masalani yanada chuqurroq, ravshanroq o’rganish va yakuniy xulosalar chiqarish uchun ekspertlarga yangidan, aniqlik darajasi yanada yuqoriroq bo’lgan navbatdagi anketa (savolnoma) tarqatiladi. Xuddi shu tarzda ekspert so’rovlari toki yakuniy xulosa chiqarilganga qadar bir necha bosqichda o’tkazilishi mumkin.
Fan va texnika taraqqiyoti tajribasida ekspert usulining juda ko’p shakllari ishlatiladi. «Delfi» metodi ham shular jumlasidandir. Bunda ekspert belgilangan muammoga o’z fikrlash va vaziyatni real baholash qobiliyati (intuitsiyasi)dan kelib chiqqan holda shaxsiy munosabatini, o’zgalarning obro’ va mansabi, tazyiq va tasiridan mutlaqo holi, erkin sharoitda aniq ifodalab beradi. Masalan, shu yo’sinda AQSh-da oltmishinchi yillarda «Rend korporeyshn» uyushmasi tashkil etilgan bo’lib, u mamlakatdagi mavjud turli zahiralarning miqdori va qancha muddatga etishini baholab bergan. Ko’pchilikka malum bo’lgan «Rim klubi» ham global muammolarni o’rganish va baholashdagi faoliyatida ekspert usulidan qo’llashning eng yuqori namunasini ko’rsatgan.
Hodisa va voqeliklarni bashorat etishda nisbatan oson va oddiyroq bo’lgan ekstrapolyatsiya usuli ishlatiladi. Bu usulda kelajak (perspektiva) o’tmish (retrospektiva) va hozirgi vaziyatdan kelib chiqadi. Shu mazmunda, uni genetik, tarixiy usul deb ham yuritiladi. Ekstrapolyatsiya metodida kelajakda ham yaqin o’tmishdagi holat, jarayon saqlanib qolinishi faraz qilinadi. Bunda kelajak, yani bashorat (prognoz) muddatining o’tmish davriga imkoni boricha mos kelishi maqsadga muvofiqdir. Utmish va istiqbolning davriy ko’rsatkichlari esa tadqiq etilayotgan hodisaning mohiyatidan, uning qayta tiklanish tsiklidan kelib chiqadi. Chunonchi, demografik prognozlar ekstrapolyatsiya usulida 10—15 yil muddatga mo’ljallab bajarilsa, ularning realligi, haqiqiyligi ancha yuqori bo’ladi. Demak,buning uchun o’tmishdagi jarayon ham huddi shuncha (10—15 yil) muddatni qamrab olmog’i lozim; o’tmishni ko’p olib nisbatan qisqa davrga prognozlash mumkin, lekin, aksincha emasqisqa o’tmishga asoslanib uzoq muddatni bashorat qilish noto’g’ri va haqiqatdan yiroq bo’ladi. Chunki, bunday sharoitda baholangan hozirgi vaziyat turg’un, barqaror bo’lmasligi, «qonyuktura» holida bo’lishi tabiiydir.
Kurs va diplom ishlarini bajarishda, jumladan, aholi sonining o’sishi, qishloq xo’jaligi yoki sanoat tarmoqlarining rivojlanishi kabi masalalar ekstrapolyatsiya usuli yordamida amalga oshiriladi. Bunda o’tgan yillardagi o’sish yoki ko’payish surati (tempi) asos qilib olinadi va ana shu miqdor ko’rsatkichi bashorat yillari uchun «tarqatiladi». Bashorat yilmayil bajariladi, biridan ikkinchisiga ko’chirilib, surib boriladi (sababi — bu yildagi malum nisbiy ko’rsatgichning mutloq miqdori oldingi yildan farq qiladi).
Demografiyada aholi bashorati ko’proq ana shu usulning murakkab shaklida — «demografik surish metodi» vositasida amalga oshiriladi va bunday bashoratning natijasi, aniqlik darajasi ancha yuqori bo’ladi. Bu erda bashoratni nisbatan uzoqroq muddatga mo’ljallash (bir avlod umriga teng darajada) imkoniyati tug’iladi va shu yili tug’ilganlarning o’rtacha umr ko’rish davri ham ilmiy asosda aniqlanadi.
Biroq har qanday prognoz — bashorat ehtimollikdan xoli emas va u mutloq aniqlikka aslo davogarlik qilmaydi. Bashoratning asosiy vazifasi —tadqiq etilayotgai voqelik yoki hodisaning yaqin, o’rta va uzoq kelajakdagi taxminiy holatini aniqlashdan iboratdir. Shu o’rinda ekstrapolyatsiya usulining muhim bir kamchiligini qayd etish lozim. Bu ham bo’lsa, uning faqat obekt ichki imkoniyatlaridan kelib chiqishi va tashqi omillarni hisobga olmasligidir (shuning uchun uni ayrimlar «ko’r» usul deyishadi). Ammo, shunga qaramay, ekstrapolyatsiya metodining ahamiyati katta va uni qo’llash ancha qulay, oson. Qolaversa, bashorat qilishning boshqa usullarida ham ma’lum darajada ekstrapolyatsiya elementi mvjuddir.
Shu bilan birga faqat kelajak emas, balki o’tmish ham hozirgi kun nuqtai nazardan ekstrapolyatsiya qilinadi. Bunday retrospektivani o’rganish ayniqsa tarix, arxeologiya (qadimshunoslik) fanlarida ko’p qo’llaniladi.
Shunday qilib, iqtisodiy va sotsial geografik tadqikrtlarni bajarishda turli xil usul va vositalardan foydalaniladi. Tadqiqotchidan esa ana shu metodlarni, o’zining oldiga qo’ygan maqsad va vazifalarn doirasida to’g’ri va samarali qo’llash talab ztiladi. Faqat birgina usuldan foydalanish kifoya qilmaydi, binobarin, ular birgalikda katta samara beradi


Download 0,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish