3.3. Jismoniy madaniyat, ommaviy sport va uning turkumlanishi. Insoniyat
katta zafarli odimlar bilan XXI asr bo`sag’asidan o`tib, ijtimoiy soxada faqat
yutuqlar, g’alabalarga erishish bilan chegaralanmay ayrim qiyinchiliklar, qarama-
qarshiliklar, krizis xolatlari va ularni yengish yo`llarini axtarishdek muammolarni
hal qilishiga to`g’ri kelmoqda. Jamiyatimiz a`zolarining, ayniqsa, yoshlarning
jismoniy madaniyati va sport sohasi ham bundan istisno emas. Amalda barcha
mamlakatlarda aholi jismoniy madaniyati, sportni rivojlantirishning yangi
g’oyalari va usullarini intensiv axtarish hamda ularni amaliyotga tadbiq etish
chora-tadbirlari ko’rilmoqda va innovatsion loyihalar, yangi dastur, loyihalar va
boshqalarni ishlab chiqish ustida bosh qotirilmoqda.
Jahondagi qator ilg’or, boy mamlakatlar AQSH, Olmoniya, Xitoy, Yaponiya
va boshqalarning jismoniy madaniyati jihatdan ham imidji yuqori. Afsuski,
preziden-timiz, hukumatimiz tomonidan STT jismoniy madaniyati bo`yicha
amalga oshirilayotgan, qimmatiga ko`ra tariximiz sahifasiga zarhal harflar bilan
yozishga loyiq bo`lgan zafarli ishlari hozirgi kun uchun orzu, etishishimiz lozim
bo`lgan ulug’ niyat bo`lib qolmoqda.
- 50 -
Mamlakatimiz va xorijiy tadqiqotchilarni ko`rsatishicha, salomatlikni
yaxshilash va uning profilaktikasi, STT jismoniy madaniyati, ommaviy sport
turlari mashg’ulotlarining turli shakllarini aralashtirib, qo`shib, majmuasini yaratib,
ulardan moddiy jihatdan katta sarf harajat talab qilmaydiganlarini topib, samarali
uslubiyotlardan foydalanish bilan qo`yilgan maqsad va vazifalarni hal qilishda
muhim rol o`ynaydi.
Jismoniy madaniyat - jamiyat a`zolarini jismoniy barkamolikka erishishini
maqsadga muvofiq ravishda amalga oshirish uchun yaratilgan moddiy, ma`naviy
boyliklar va ulardan foydalanishning maxsus vositalari, uslubiyotlari va
sharoitlarini yaratish hamda ulardan ratsional foydalanish bo`yicha erishilgan
yutuqlarning majmuasidir. Jismoniy madaniyat muayyan tarixiy sharoit mahsuli,
xalq boyligi va mulki bo`lib, shaxsni har tomonlama barkamolligining mushtarak
majburiy sharti bo`lib qolaveradi.
Jismoniy madaniyat - umuminsoniy madaniyatning tarkibiy qismi
hisoblanib,
inson
salomatligini
mustahkamlash,
jismoniy
qobiliyatini
rivojlantirishga qaratilgan ijtimoiy faoliyat sohasidir. Mavjud jamiyatning jismoniy
madaniyati holatini asosiy ko`rsatkichlari: odamlarning sog’lomligi va jismoniy
chiniqganligi, jismoniy madaniyatning tarbiya va ta`lim sohasida, ishlab
chiqarishda, turmushda o`rni, unga amal qilinayotganligi, sportdagi yutuqlar va
hokazolardir.
Jamiyat a`zosining jismoniy madaniyatga egaligi, jismoniy - madaniyatlilik,
jismining sur`ati, siyrati bilan kundalik turmushiga jismoniy madaniyatni sing-
dirilganligi darajasi bilan jismoniy salomatligi, jismoniy yetukligi, barkamollikka
erishish uchun moddiy-texnik bazadan zaruriy darajada foydalanayotganligi,
jismining harakat - sifatlarini rivojlanganligi, unga biologik yoshi tomonidan
qo`yilgan talablarga javob bera olishi, STT odobi hamda uning udumlariga oid
hayotiy-zaruriy malaka va ko`nikmalarga egaligi, o`qishdagi, mehnatdagi o`zaro
muloqotlari, munosabatlari, axloqi, o`zini tutishida namoyon bo`ladi.
- 51 -
Jismoniy yetuklik - inson organizmining asta-sekinlik bilan tabiiy
shakllanishi, tashqi ko`rinishi va uning xizmatining o`zgarishi, jismning
imkoniyatlarini nisbatan yuqsori darajaga ko`tarishi, bartqarorlashishi va asta-
sekinlik bilan pasayishidek fazalar, jismoniy rivojlanganligiga oid nasldan-naslga
o`tadigan, avlodlaridan meros tabiiy-hayotiy kuchlarining darajasi tushuniladi va
ular tabiatning ob’ektiv qonuniyatlari asosida sodir bo`ladi. Jismoniy barkamollik -
jismoniy salomatlikni talab darajasidagi me`yori, inson jismining harakat fazi-
latlarini har tomonlama yuqori darajada rivojlanganligi va tayyorgarligi, mavjud
jamiyatda ularni shakllantirishni ob`ektiv imkoniyatlari hamda sharoitlarini yuzaga
kelmaganligi sababli real haqiqatga aylanmay abstrakt g’oyaligicha qolgan, yuqori
jismoniy yetuklik darajasi haqidagi tarixan shakllangan tasavvur tushuniladi.
Amaliy jismoniy madaniyat - bevosita kasb-hunar faoliyati sohasi hamda
undan kelib chiqadigan talablar, ijtimoiy mehnat sharoiti bilan bog’liq maxsus
jismoniy tayyorgarlik tizimi bo`lib, kasb-xunar egasining kasbiga oid harakat
malakalari va ko`nikmalari hamda STT madaniyatini o`z ichiga olgan amaliy
jarayon tushuniladi.
Jismoniy tarbiya - ko`p yillik pedagogik jarayon bo`lib, inson jismining formasi va
funksiyasini jismoniy mashqlar, sport, STT jismoniy madaniyati hamda tabiatni
sog’lomlashtiruvchi kuchlari, gigienik omillar orqali shakllantirshni o`z ichiga
oladi.
Jismoniy tarbiya tizimi - tarixan shakllangan ijtimoiy idora (boshqaruv) turi
bo`lib, aholining jismoniy kamolotini ta`minlash, uning xususiy xizmatiga kiradi.
Bu aholi jismoniy tarbiyasini amalga oshiruvchi va nazorat qiluvchi tashkilot va
muassasalarning shuningdek, g’oyaviy, ilmiy - uslubiy, dasturiy normalari asosini
o`zida mujassamlashtiradi.
Jismoniy sog’lomlik — jismoniy mashqlar va ommaviy sport bilan STT
jismoniy madaniyat mashg’ulotlari davomida tizimli shug’ullanish orqali yoki
jismoniy yetukligi darajasidagi harakat faolligiga egalik, organizmni tashqi
muhitning noqulay oqibatlari va kasalliklarga qarshi tura olishi, turmush, hayotiy
- 52 -
faoliyatlarning talablariga normal munosabatda bo`la olishini o`z ichiga oladi.
Sport - jismoniy madaniyatning tarkibiy qismi, STT jismoniy madaniyatining
vositasi, qadimgi yunonlarning so`zi bo`lib, «musobaqalashaman», «kuch
sinashaman» degan ma`noni beradi. Sport «o`quv predmeti», «ommaviy-
sog’lomlashtirish sporti», «katta sport» deb xillanadi hamda jamiyat manfaati
uchun xizmat qiladigan faoliyat bo`lib, inson jismi, unga bog’liq bo`lgan
qobiliyatlarni rivojlantirish va takomillashtirish vositasidir. Bolalar sporti - o`quv-
tarbiya jarayoni qonuniyatlariga bo`ysunadi, o`quv fani sifatida umumiy ta`lim
maktablari o`quv rejalari va dasturlariga qisman kiritilgan, bolani sinfdan va
maktabdan tashqari faoliyatini maqsadli yo`naltirib, optimal harakat faolligiga
erishish, jismi etukligi uchun zarur bo`lgan jismoniy tarbiya vositasidir.
Yoshlar sporti - uning mazmuni atalishi bilan ifodalangan, chegarasi yosh
gruppasi bilan belgilanadi, asosan katta maktab yoshi, kasb-xunar kollejlari,
bakalavriyatning talabalarini sport mahoratini oshirish va katga sportga zahira
tayyorlash vazifasini o`taydi.
Kattta sport - inson jismining madaniyatiga egalikning eng yuqori darajasi,
yuqori mahorat bilan namoyon qilinadigan faoliyati, boshqachasiga «oliy
maqomdagi harakat» akti hisoblanadi. Ishlab chiqarishsiz, moddiy ne`mat yaratish
bilan bog’lanmagan, o`quv tarbiya jarayoni qonuniyatlariga bo`ysundirilgan
organizmning «jismoniy fazilatlariga» katta talablar qo`yadigan ko`p yillik
pedagogik jarayon.
Ommaviy sport - STT jismoniy madaniyatining tarkibiy qismi, sog’lomlashtirish
mashg’ulotlarining yetakchi vositasi, yuqori sport natijalariga erishishni nazarda
tutmaydigan, bo`sh vaqtini aktiv dam olish, sportga bo`lgan qiziqishini qondirish
maqsadida, layoqati shu sport uchun yetarli yoki yetarli emasligini e`tiborga olmay
shug’ullanish imkoniyati bo`lgan sport mashg’ulotlari shakli.
Sport tayyorgarligi- jismoniy madaniyatga egalik, jismoniy yetuklik va
barkamollikka erishishning mutaxassislashtirilgan pedagogik yo`nalishi bo`lib,
tarbiya tizimining manfaatiga xizmat qiladi va sportchini nazariy, ruhiy,
- 53 -
umumjismoniy, maxsus jismoniy, sport turi texnikasi, taktikasi bo`yicha hamda
ma`naviy-ma`rifiy tayyorgarligini o`z ichiga oladi.
Razminka - razminka organizmni «ishga kirishish»ga tayyorlaydigan
maxsus tanlangan mashqlar kompleksi bo`lib, u har qanday aqliy, jismoniy mehnat
yoki sport mashqi va sport musobaqasini boshlashdan oldin o`tkaziladigan
maqsadli yo`naltirib tashkillangan mashg’ulot turi. Razminka mashqlari sportchi
organizmining funksional imkoniyatlarini oshiradi, uni bo`ladigan ishga
tayyorlaydi, maksimal ish qobiliyatining yuzaga kelishi uchun sharoit yaratadi.
Razminka mashqlari ta`sirida markaziy asab tizimining qo`zg’aluvchanligi optimal
holatga ko`tariladi; moddalar, gazlar almashinuvi asta-sekin kuchayadi;
oksidlanish va qaytarilish reaksiyalari tezlashadi; depolardan qon aylanishi
tizimiga qon chiqishi natijasida uning tarkibida qon tanachalarining soni ortadi;
gemoglobin miqdori ko`payadi; nafas tizimlarining funksional holati kuchayadi;
teri bezlarining ishi ortadi; asab tizimi va harakat reaksiyasining vaqti qisqaradi.
Har qanday jismoniy, aqliy mehnat yoki sportning tanlangan turi bilan
hamda turli xil kuch sinashuvlar, bellashuvlar va musobaqalar oldidan, organizmni
xizmat
faoliyatini
yuqori
yuklamadagi
ishlarga
tayyorlash
maqsadida
o`tkaziladigan maxsus, maqsadli, yo`naltirilgan jismoniy mashqlar bilan
shug’ullanish mashg’uloti.
STT jismoniy madaniyati tarkibida sport - Jismoniy tarbiya tizimi tarixan
shakllangan ijtimoiy birlashgan tipi bo`lib, xususiy xizmatiga aholining jismoniy
kamolotini ta`minlash kiradi. Bu g’oyaviy, ilmiy - uslubiy, dasturiy normalar
asosini shuningdek, aholi jismoniy tarbiyasini amalga oshiruvchi va nazorat
qiluvchi tashkilot va muassasalarnshg mujassamligidir.
Sportning ahamiyati - avvaliga sport so`zining ma’nosi o`yinni ifodalagan,
turli xildagi jismoniy mashqlar bilan shug’ullanish orqali musobaqa predmeti
sifatida ko`ngil ochish vositasi deb qaralgan. XIX asrning oxiri XX asrning
boshlariga kelib, yuqori natijalarga erishish maqsadida yoki musobaqalarda g’olib
bo`lish, shuningdek, dam olish va xalqning ko’ngil ochishi faoliyati sanalgan.
- 54 -
Shuning uchun ayrim hollarda unga hayotiy - amaliy ahamiyatga ega bo`lmagan,
bilim berish, tarbiyalash vazifalarini hal qilishga loyiq bo`lmagan narsa kabi
baholangan.
«Sportchi» so`zi talaffuz qilinganda faqat kuchli, chaqqon, chidamli va
qaddi-basti kelishgan, to`g’ri so`z, ruhan tetik, bag’ri keng, nolishni bilmaydigan,
o`zining yutuqlaridan mag’rurlanib ketmaydigan, og’ir holatda g’am o`zini
hotirjam tuta oladigan, o`ziga-o`zini bo`ysundira olgan, o`zidan ustun kelganga
ochiq ko`ngillik bilan «tan» bera oladigan, nohaqliklarni ko`rsa, unga ko`z yumib
keta olmaydigan, xushchaqchaq yigit yoki qizni ko`z oldimizga keltiramiz. Ular
boshqalarni hurmatini o`z o`rniga qo`ya oladigan, faqat chiroyli harakatlarini
bajarish malakasiga ega bo`lmay, hissiyotlarini ham boshqara oladiganlardir, -deb
yozadi A.A.Ter-Ovanesyan, 1967, o`zshshng «Sport» deb nomlangan
monografiyasida.
Sport mashg’ulotlarining vazifalari - sport trenirovkalari va musobaqalarda
hal qilinadi. Sport trenirovkasi jarayonida organizmning shakl-shamoili va xizmati
o`zgaradi, jismoniy rivojlanganligi va jismining tayyorgarligi yaxshilanadi.
Shug’ullanuvchilar sport mashqlarining texnikasi va taktikasini, boshqa kasbiy-
amaliy malaka va ko`nikmalarini hamda maxsus bilimlarini egallaydilar.
Sport mashg’ulotlari belgilangan ruxiy, emotsional eng asosiysi
intellektual tayyorgarligiga ta`sir ko`rsatadi. Sport mashg’ulotlarining yetakchi
vazifalari:
jismoniy rivojlanganligini yaxshilash va salomatligini mustahkamlash orqali
jismoniy tayyorgarligini ta`minlash;
sport va boshqa jismoniy mashqlar texnikasiga ega bo`lish orqali - texnik
tayyorgarligini ta`minlash;
sport taktikasini egallash orqali taktik-tayyorgarligini ta`minlash;
qator bilimlarga o`qitish bilan — nazariy, ruhiy tayyorgarligini ta`minlash;
intellektual, ruhiy, emotsional va boshqa belgi-langan xususiyatlarni rivojlantrish
orkali - ruhiy tay-yorgarligini ta`minlash (14-1 rasmga qaralsin) yo`lga
- 55 -
qo`yiladi.
Qayd qilingan sport turlari bilan shug’ullanish mashg’ulotlaridagi vazifalar
mazmun va moxiyatiga ko`ra asosan sport mahoratini oshirish maqsadidagi
mashg’ulotlarda,
ommaviy
sport
turlari
orqali
STT
jismoniy
madaniyatimashg’ulotlari va sog’lomlashtirish tadbirlarida xal qilinadi.
STT
jismoniy
madaniyati,
uning
yetakchi
atamasi
sanalgan
«sog’lomlashtirish trenirovkalari», «sog’lomlashtirish mashqlari»ning ilmiy
asoslangan ta`rifi bo`lmagan, hozirgacha ham yo`q. Lekin qator mualliflar bu
tushuncha yoki atamaga o`zlarining fikrlarini bildirmoqdalar. Masalan,
«aerobika»ning asoschisi K.Kuper turg’un, o`zgarmas oddiy holatdaligimizda
kislorod sarfi bilan bajariladigan (aerob) harakatlarni sog’lomlashtiruvchi
yuklamalari deb nomlash zarurligini uqtirmoqda. Sog’lomlashtirish maqsadidagi
yuklamalar trenirovkalar davomida yagona umumiy xususiyatga ega bo`lishi,
ularning hajmi va intensivligi bo`yicha me`yoridan kuchli zo`riqish talab qiladigan
darajada bo`lmasligi, bunday yuklamalarni organizmga mosligi, tanamiz
resurslari zahirasini tugatib qo`ymaydigan, organizmni rivojlantiradigan,
takomillashtiradigan nafi bo`lishi lozim.
Sog’lom turmush tarzi madaniyatiga egalarning organizmida odatga
aylangan mashg’ulotlar natijasida alohida biologik aktiv moddalarning yuzaga
kelayotganligini aniqlanishini ilmiy isbotlanishi oxirgi yo’llardagi tadqiqotlarning
yutug’i deb sanaladi. Ular organizmni turli xildagi kasalliklar, tashqi muhitning
zararli oqibatlariga qarshi tura olishini - himoya funksiyasini yaxshilanishi bilan
ham foydali ekanligi ko`rinib turibdi.
Ayniqsa, miyadagi ayrim o`zaro uzviy tuzilmalar, ya`ni alkogol va
narkotiklar singari ta`sir etuvchi og’riqqa monand hissiyotlarni beradigan
registorlar bilan o`zaro faoliyatga birlashib, tabiiy xursandchilik holati, xush
kayfiyat, bag’ri kenglik, fikrlashning tiniqlashgani yoki uning teskarisidek tabiiy
qo`zg’alishlarni yuzaga keltiradi. Bunga o`xshash holat tizimli sog’lomlashtirish
trenirovkalari bilan shug’ullanayotganlarda ham yuzaga keladi. Bu fiziologik
- 56 -
protsess
bo`lib,
jismoniy
mashqlarni
shug’ullanuvchi
organizmidagi
yaratuvchanligi bilan bog’liq. Qonda yuzaga kelgan endofrinlar alkogol va
narkotik orqali hosil bo`lgan patologik qo`zg’atuvchilarni bloklab asta - sekin siqib
chiqaradi. Jismoniy mashqlarni inson organizmidagi zararli holatlarga nisbatan
o`ziga xos roli ham shundan iborat.
Salomatlik trenirovkalari bilan shug’ullanuvchilar ayrim holatlarda
sportchilar uchun ham salbiy ta`sir etuvchi eng ko`p uchraydigan, ayrim holatlarda
yashirin kechadigan yuqumli kasalliklarni yuqishi haqida ham ma`lum bilimlarga
ega bo`lishni taqozo etadi.
Xronik angina, tishlar kariesi, furunkulez, o`t pufagidagi infektsiyalar va
boshqa kasalliklar o`zini sezdirmay rivojlanayotganini bilmay mashq qilishni
oqibati yomon bo`lishi mumkin. Jismoniy yuklama yoki harakat faolligi tabiiy
ravishda organizmda qon aylanishini tezlashtiradi, bu o`z navbatida yashirin
kechayotgan yuqumli kasallik mikroblarini joyidan yuvib, tez oqayotgan qon
tarkibida boshqa organlarga tarqatadi. Yangi kasallik o`choqlarini yuzaga keltirishi
mumkin. Qolaversa, organizm xronik kasalliklar paytida o`zining himoya
energiyasini kasallikka qarshi sarflayotgan paytida o`sha energiyasini muskul
ishiga (mashq bajarishga) sarflashga to`g’ri kelishi organizmni funktsiyasining
pasayishiga sabab bo`ladi. Natijada jismoniy mashqlar bilan shug’ullanish orqali
yuzaga keladigan sog’lomlashtirish effektini bermasligi mumgan. Salomatlikka
ziyon yetkazishi aniq. Ayrim holatlarda yurak, buyrak, o`t pufagi va boshqa
organlarda hosil bo`lgan yoki yashirin kechgan kasalliklarni jismoniy mashq bilan
shug’ullanish orqali sodir bo`lgan kasalliklar deb qabul qilinib, mashqlarni
to`xtatilishi ham sodir bo`ladi.
Har bir STT jismoniy madaniyatining sohibi, ongli ravishda, ixtiyor qilib,
salomatligini
jismonyy
mashkdar
bilan
shug’ullanish,
sog’lomlashtirish
trenirovkalari orqali amalga oshirishni maqsad qilib qo`yibdiki, o`zidagi mavjud
xronik kasalliklarini davolamay, bunday mashg’ulotlarni boshlashni oqibati haqida
puxtaroq o`ylashi maqsadga muvofiq.
- 57 -
Ko`p uchraydigan, yo`l qo`yiladigan xatolardan biri davolanib ulgurmay,
jismoniy mashqlar bilan shug’ullanishni boshlab yuborishdir, natijada gripp,
angina, o`tkir respirator kasalliklari vujudingizni tark etmaydi. Subektiv salomatlik
- «klinik» deb nomlanadi, tuzalgandeksiz, lekin har doim ham «anatomik»
sog’lomlik (tuzaldi)ga muvofiq kelmaydi. Ayrim holatlarda shoshilib mashg’ulot-
larga kirishish hali kasallikka qarshi kurashib o`zining quvvati zahirasini tiklab
ulgurmagan jismimizni zo`rlash demakdir. Kasallikdan so`ng ayrim to`qima va
hujayralar o`z funktsiyasini tiklab ulgurmaydi.
«Universiada» g’olibi anginani o`tkazib ulgurmay shoshilib trenirovka
mashg’ulotlarini boshlab yuboradi. Shoshilish natijasida yurak mushaklari
shikastlanib, turg’un aritmiyaga yo`liqadi. So`ng ikki oylik kuchli davolash kursini
o`tishga majbur bo`ladi. Sportda yuqori natijalar ko`rsatish davri - «sportdagi
karyera» sini endi 2 yilga orqaga surishga majbur. O`tkir yukumli kasalliklardan
so`ng ma`lum muddat sog’lomlashtirish trenirovkalari to`xtatiladi. Klinik
davolashdan so`ng kasallik alomatlari (yo`tal, tana haroratini ortishi, og’riqlar)
to`la yo`qolgandan so`nggina mashqlanishni boshlash mumkin. Bu muddat,
masalan, anginadan 4-10 kundan so`ng, bronxit, virusli infektsiya, oshqozon,
ichakdagi buzilishlardan so`ng 6-8 kun o`tkazib, o`pkaning shamollashi,
dizenteriyadan so`ng kamida 18 kundan , miyani chayqalishi, o`tkir revmatizmdan
so`ng 30 kun o`tkazib, shug’ullanishga ruxsat berish mumkin.
Albatta kasalliklar har kimda turlicha kechadi. Qayd qilingan kunlar taxminiy,
faqat vrach ruxsatidan so`nggina shug’ullanishni boshlashi mumkin.
Xulosa qilsak, «Sog’lomlashtirish trenirovkalari» paytidagi jismoniy
yuklamalar yashirin kechayotgan kasalliklarni o`tishini kechiktirishi, ularni og’ir
kechishiga sabab bo`lshni mumkinligi haqidagi bilimlarimiz boyidi. Shu bilan
birga vrach nazorati zaruriyatdir.
Trenirovka mashg’ulotlarining sog’lomlashtirish effektini muhim faktori,
chegara hisoblanmagan yuklamalar shartiga rioya qilish. Shuning uchun birinchi
darajaga yuklamani hajmi va intensivligini qat`iy dozalash muammosi chiqadi. Bu
- 58 -
muammoni hal qilish odam organizmidagi energetik jarayonning miqdorini va
uning sifatini nazariy taxlil qila olish bilimini talab qiladi. Shuning uchun muskul
bioquvvatini o`rganish muammosi mavjud bo`lib, uni hal qilish ustida tadqiqotlar
yo`lga qo`yilgan.
Sog’lomlashtirish trenirovkalaridagi jismoniy mashqlarning ijobiy ta`siri
faqat inson organizmining eng muhim organlari va tuzilmalarining funksiyalarini
yaxshilashidagina emas, balki mashqdan so`ng bardamlik, kayfi chog’lik, xush
hollikni qo`shishidadir. Bu o`z navbatida aktivlik (tonus) energiyasini qo`zg’atish,
organizmning tashqi muhitning turli noqulay omillarining ta`sirlariga, jumladan,
yuqumli kasalliklarga chalinishini oldini olish, kasallikni yengish, chidamlilikni
oshirish va boshqalarda o`zining samarasini namoyon qilmoqda.
Hozirgi kundagi ilmiy tadqiqotlar, maxsus adabiyotlar, qarshi va uni oldini
olish muammosini o`rganish natijasida «ko`pchilik bevaqt, belgilangan muddatdan
oldin o`lib ketayotganligi» haqidagi asosli dalillar, ma`lumotlarni keltirmoqdalar
va uning sabablari haqidagi xulosalarni bermoqdalar.
Eng avvalo, tabiiy fiziologik va patologik qarilik, ya`ni organizmning
keksayishidan kelib chiquvchi, uning barcha organlari va tuzilmalari faoliyati,
birinchi nav-batda, markaziy asab tizimi faoliyatining funktsiyasini sustlashshpi
natijasida vujudga keladigan bevaqt, muddatidan oldin qarish mavjudligi aniqlandi.
M.M.Mirraximov,T.S.Meymanalievlar boshchiligidagi bir guruh olimlar 1985-
1990 yillardagi olib borgan tadqiqotlari orqali hozirgi 20-59 yoshdagilar
organizmining ko`pchiligi salomatligi, jismoniy rivojlanganlIgi, jismoniy yetukligi
haqidaga bilimlari zahirasi o`ta past bo`lib (-3-7% atrofida), jismoniy mashqlar
bilan shug’ullanish, me`yorli harakat faolligidan foydalanib yashash, uzoq va
sog’lom yashash vositasi ekanligidaligini bilmasligidan, degan xulosaga keldilar.
Mashxur xirurg professor Razumovskiy Qozon universitetida o`zi ishlab
salomatligini nazorat qilib turgan 15 ta professorni bevaqt o`lib ketganligini
yozib, unga sabab qilib, aqliy mehnat ahli asosan o`tirib ishlashi oqibatida turmush
tarzi lozim darajadagi harakat faolligi orqali kechmaganligida deb ko`rsatdi.
- 59 -
Hozir bir necha asr avval ham harakat, jismoniy mehnat uzoq umr ko`rishda,
kasalliklarning, ayniqsa, katta yoshdagi kishilarga xos bo`lgan gipertoniya
kasalligining , stenokardiyani, atterosklerozning oldini olishdagi ijobiy ta`siri
isbotlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |