39.Тўлов топшириқномалари билан ҳисоб-китоблар ҳисоби (тўловчи, маблағларни олувчи, 2-картотека, солиқ ва бошқ мажбурий тўловлар). To‘lov topshiriqnomasi mijozning unga xizmat ko‘rsatuvchi bankka o‘z hisobvarag‘idan topshiriqnomada belgilangan summani mablag‘larni oluvchining hisobvarag‘iga o‘tkazish to‘g‘risidagi topshirig‘i nazarda tutilgan to‘lov hujjatidir. To‘lov topshiriqnomalari bilan tovarlar (ishlar, xizmatlar), soliqlar va yig‘imlar hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa to‘lovlar bo‘yicha hisob-kitoblar amalga oshirilishi mumkin.Soliqlar hamda yig‘imlarni to‘lash uchun to‘lov topshiriqnomalari soliq to‘lovchilarning O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining rasmiy veb-saytidagi shaxsiy kabineti orqali taqdim etilishi mumkin.Bank hisobvarag‘i shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, to‘lov topshiriqnomasi bank tomonidan mijozning hisobvarag‘ida mablag‘lar mavjud bo‘lgandagina qabul qilinadi, bundan soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha taqdim etilgan to‘lov topshiriqnomalari mustasno.Mijozning hisobvarag‘ida mablag‘ bo‘lishi yoki bo‘lmasligidan qat’i nazar, mijozning soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha taqdim etgan to‘lov topshiriqnomalari bank tomonidan ijro uchun qabul qilinadi.Mijozning hisobvarag‘ida yetarli mablag‘ bo‘lmagan taqdirda, bank tomonidan mijozning soliqlar va yig‘imlar bilan bog‘liq to‘lov topshiriqnomalari 2-son kartotekada hisobga olinadi va mablag‘larning yetarli bo‘lgan qismi doirasida qisman to‘lov amalga oshiriladi, bunda to‘lov topshiriqnomasining orqa tomonida qisman to‘lov amalga oshirilgan sana, to‘langan summa va qoldiq ko‘rsatiladi hamda imzo qo‘yiladi. To‘lov topshiriqnomasidagi summaning qolgan qismi mablag‘larning kelib tushishiga qarab qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda to‘lanadi.Tizim orqali taqdim qilingan to‘lov topshiriqnomalari asosida amalga oshirilgan qisman to‘lovlar hisobi dasturiy ravishda yuritilishi mumkin.Mijozning hisobvarag‘ida mablag‘ bo‘lmagan taqdirda, soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha taqdim etilgan to‘lov topshiriqnomalari 2-son kartotekaga kirim qilinadi hamda mablag‘larning kelib tushishiga qarab qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda to‘lanadi.Mijoz tomonidan soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha taqdim etilgan to‘lov topshiriqnomalari tegishli soliq organining yozma yoki elektron shakldagi murojaati hamda sud qarori asosida 2-son kartotekadan chaqirib olinishi mumkin.To‘lov topshiriqnomasining “Hujjat sanasi” grafasidagi sana u bankka taqdim etilgan sana bilan bir xil bo‘lishi kerak, ular mos kelmagan taqdirda, to‘lov topshiriqnomasi bank tomonidan ijro uchun qabul qilinmaydi.Agar valyutalash sanasi dam olish kuniga to‘g‘ri keladigan bo‘lsa, benefitsiarning banki valyutalash sanasi deb belgilangan kundan keyingi birinchi ish kunida pul mablag‘larini benefitsiarning bank hisobvarag‘iga o‘tkazadi. Mijoz pensiyalar, alimentlar va boshqa to‘lovlarni to‘lash bo‘yicha mablag‘larni o‘tkazishga asos bo‘lgan to‘lov topshiriqnomalarini barcha zarur hujjatlar (ma’lumotnomalar, o‘tkazmalar ro‘yxati va boshqalar) bilan birga, ushbu to‘lovlarni amalga oshiruvchi tashkilot yoki bankka taqdim etadi.Ushbu hujjatlar bankka mijoz bilan tuzilgan shartnomada belgilangan shakllarda taqdim qilinishi mumkin. Xo‘jalik yurituvchi subyektning kechiktirib bo‘lmaydigan ehtiyojlari uchun o‘z hisobvarag‘idagi mablag‘lardan foydalanishi Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning bank hisobvaraqlaridan pul mablag‘larini hisobdan chiqarish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga (ro‘yxat raqami 2342, 2012-yil 15-mart) muvofiq to‘lov topshiriqnomalari asosida amalga oshiriladi. Bunda to‘lov topshiriqnomasining “To‘lov maqsadi” grafasiga “Kechiktirib bo‘lmaydigan ehtiyojlar summasi hisobidan” deb yozib qo‘yiladi. Qog‘oz shakldagi to‘lov topshiriqnomalari bankka ikki nusxada taqdim qilinadi. Bunda to‘lov amalga oshirilgandan so‘ng, to‘lov topshiriqnomasining:
1.birinchi nusxasi bankning buxgalteriya kunlik hujjatlar yig‘majildiga tikib qo‘yiladi;
2.ikkinchi nusxasi mablag‘larni to‘lovchining shaxsiy hisobvarag‘idan ko‘chirmaga ilova qilingan holda mablag‘larni to‘lovchiga taqdim qilinadi.
Tizimdan foydalanuvchilardan umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiya tarmoqlari orqali olingan elektron shakldagi to‘lov topshiriqnomasi dasturiy nazoratdan o‘tkaziladi va qayta ishlash uchun uzatiladi. Elektron shakldagi to‘lov topshiriqnomasi to‘lov amalga oshirilganidan so‘ng, ro‘yxat ko‘rinishida chop etiladi va bankning buxgalteriya kunlik hujjatlar yig‘majildiga tikib qo‘yiladi.Mablag‘larni to‘lovchining banki tomonidan ijro etilgan to‘lov topshiriqnomasining nusxasini mablag‘larni to‘lovchiga uning shaxsiy hisobvarag‘idan ko‘chirmaga ilova qilgan holda taqdim etish tartibi mijoz va bank o‘rtasida tuziladigan shartnomada belgilanadi.Mablag‘larni oluvchining bankiga to‘lov tizimi orqali kelib tushgan elektron shakldagi to‘lov topshiriqnomalari ro‘yxat ko‘rinishda chop etiladi va bankning buxgalteriya kunlik hujjatlar yig‘majildiga tikib qo‘yiladi.Mablag‘larni oluvchining bankiga to‘lov topshiriqnomasi kelib tushganligi haqida mablag‘larni oluvchiga xabar berish hamda to‘lov topshiriqnomasining nusxasini mablag‘larni oluvchiga uning shaxsiy hisobvarag‘idan ko‘chirmaga ilova qilgan holda taqdim etish tartibi mijoz va bank o‘rtasida tuziladigan shartnomada belgilanadi.