Банкларда молиявий ҳисоб


Тижорат банкининг филиаллари ўртасидаги ўзаро ҳисоб-китобларни амалга ошириш ва ҳисобга олиш тартиби (бош банк, тўлов маркази, тўловчи, 16103, электрон тўловлар)



Download 138,06 Kb.
bet23/56
Sana26.02.2022
Hajmi138,06 Kb.
#468026
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   56
Bog'liq
ЯН саволлари - Abdijabbar Nurmukhammedov

36.Тижорат банкининг филиаллари ўртасидаги ўзаро ҳисоб-китобларни амалга ошириш ва ҳисобга олиш тартиби (бош банк, тўлов маркази, тўловчи, 16103, электрон тўловлар).
Hozirgi kunda respublikamizda 31 ta tijorat banki faoliyat yuritib kelmoqda. Bu banklar o‘z faoliyati hamda mijozlarning operatsiyalari yuzasidan boshqa banklar bilan munosabatda bo‘ladilar. Agar bir tipdagi banklar o‘rtasida operatsiyalar yuzaga kelsa, bu holda Bosh bankning ichida operatsiyalar yakunlanadi. Masalan, DAT “Asakabank”ning ikkita filialining miijozlari bir-biriga pul o‘tkazishlari lozim bo‘lsa, bu operatsiyalar DAT “Asakabank”ning Bosh banki orqali o‘tkaziladi. Markaziy bankning Hisob-kitob markazi bu operatsiyalarda ishtirok etmaydi. Bir tipdagi bank filiallari o‘rtasidagi operatsiyalar debet huj-jatlari bo‘yicha alohida, kredit hujjatlari bo‘yicha alohida buxgalteriya provodkalari orqali bajariladi.Eng avvalo, to‘lovchi korxona bankida mijozning hisobvarag‘idan pulni kamaytirish bo‘yicha buxgalteriya yozuvlari bajariladi. (Bunday buxgalteriya yozuvlarini avvalgi mavzuda o‘rgangansiz. Ushbu provodkani eslab ko‘ring). Faraz qilamiz, DAT “Asakabank”ning Yunusobod filiali to‘lovchi korxonaga xizmat ko‘rsatadi, mahsulot sotgan korxonaga esa DAT“Asakabank”ning Andijon filiali xizmat ko‘rsatadi. DAT“Asakabank”ning Yunusobod filialidan elektron to‘lov Bosh bankka jo‘natiladi. Bosh bank elektron to‘lov haqidagi axborotni qabul qilib, Yunusobod filialining vakillik hisobvarag‘idan Andijon filialining vakillik hisobvarag‘iga mablag‘larni o‘tkazadi. Bu operatsiya quyidagi provodka orqali bajariladi:

Debet: 22204 DAT“Asakabank”ning Yunusobod filiali


Kredit: 22204 DAT“Asakabank”ning Andijon filiali
Shundan so‘ng, elektron to‘lov “Asakabank”ning Andijon filialiga o‘tkaziladi. Bu filialda to‘lovni qabul qilib, mahsulot sotuvchi kor-xona hisobvarag‘iga kelgan mablag‘larni o‘tkazish bo‘yicha buxgal-teriya provodkasi bajariladi.
37.Тижорат банкларида нақд пулсиз ҳисоб-китобларни ташкил этиш (нақд пулсиз ҳисоб-китоб шакллари, ҳисоб-китоб ҳужжатлари, электрон тўловлар, реквизитлар).
Tijorat banklarining muhim operastiyalaridan biri iqtisodiyotda faoliyat yuritayotgan xo’jalik sub’ektlarining o’zaro to’lovlarini o’tkazib berish hisoblanadi. Bunday tur operastiyalar bankning hozirgi kunda asosiy daromad keltiruvchi operastiyasi bo’lib hisoblanadi.Iqtisodiyotda amalga oshiriladigan pul aylanishining 80-90 foizi naqd pulsiz hisob-kitob shakllari asosida olib boriladi12. Naqd pulsiz hisob-kitoblar korxona va tashkilotlarning tovarlar sotish, xizmat ko’rsatish va tovarsiz operastiyalar bo’yicha majburiyatlarini pul mablag’larining hisobvaraqadan ikkinchi hisobvaraqaga o’tkazish orqali amalga oshirilishi bo’lib hisoblanadi. Naqd pulsiz pul aylanishi vlpi ijtimoiy mahsulotni ishlab chiqarish jarayonida sodir bo’ladigan munosabatlarini o’zida aks ettirishga ko’ra ikki qismga bo’linadi:
1.Tovar operastiyalari bo’yicha pul aylanishi.
2.Moliyaviy majburiyatlar bo’yicha pul aylanishi.
Birinchi guruxga tovarlarni sotish, xizmatlar ko’rsatish va ishlar bajarishdagi hisob-kitoblarni aks ettiruvchi pul aylanishi kiradi. Ikkinchi guruhga esa byudjetga to’lovlar, ya’ni foydadan to’lanadigan solik, qo’shilgan qiymat solig’i va boshqa majburiy to’lovlar hamda byudjetdan tashqari fondlar, bank ssudalarini qaytarilishi, kredit uchun foizlarning to’lanishi, sug’urta kompaniyalari bilan hisob-kitoblar kiradi
Naqd pulsiz hisob-kitoblarni tashkil etishda bir qator tamoyillarga asoslaniladi. Bu tamoyillar quyidagilar:
-har bir xo’jalik sub’ekti o’z pul mablag’larini banklarda ochilgan depozit hisobvaraqalarda saqlashlari lozim. Korxona va tashkilotlar o’zaro hisob-kitoblarni bevosita bankdagi hisobvaraqlar orqali amalga oshirishlari shart. qaysi bankda hisobvaraq ochishni mijozlarning o’zlari tanlaydilar.
-hisob-kitoblar to’lovchining roziligi bilan uning topshirig’iga asosan depozit hisobvaraqdagi mablag’i evaziga amalga oshiriladi. Korxona bank kreditidan foydalanish huquqiga ega bo’lsa, to’lovlar bank krediti hisobidan amalga oshiriliish mumkin.
To’lovlar belgilangan to’lovlar ketma-ketligi asosida bajariladi.
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar hisob-kitob shakllarini mustaqil tanlashlari va uni shartnoma orqali mustahkamlab qo’yishlari mumkii.Tovar etkazib beruvchi korxona hisobvarag’ida pul mablag’lari mazkur mablag’larning mol sotib oluvchi korxona hisobvarag’idan o’chirilgandan so’ng o’tkazib beriladi.To’lovni kafolatlash maqsadida etkazib berilishi lozim bo’lgan tovar yoki ko’rsatilishi lozim bo’lgan xizmat qiymatining 15 % oldindai to’langandan so’nggina tovarlar jo’natiladi yoki xizmatlar ko’rsatiladi.
Tijorat banklari naqd pulsiz hisob-kitoblarning quyidagi shakllarini tashkil qiladilar va amalga oshiradilar:
1) to’lov topshiriqnomalari bilan hisob-kitoblar;
2) akkreditiyalar bilan hisob-kitoblar;
3) inkasso bo’yicha hisob-kitoblar;
4) cheklar bilan hisob-kitoblar.
Yuqorida ko’rsatilgan shakllar bo’yicha naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirishda quyidagi pul-hisob-kitob xujjatlaridan foydalaniladi:
1) memorial order;
2) to’lov topshiriqnomasi ;
3) to’lov talabnomasi ;
4) inkasso topshiriqnomasi;
5) akkreditiyaga ariza ;
6) tijorat bankining hisob-kitob cheki.
Naqd pulsiz hisob-kitoblar, shuningdek plastik kartochkadan foydalanilgan holda amalga oshirilishi mumkin. Mablag’larni to’lovchi va oluvchi o’rtasida naqd pulsiz hisob-kitoblar va pul-hisob-kitob hujjatlarining aniq shakli tuzilgan shartnoma (bitim)ga muvofiq mustaqil ravishda belgilanadi.
To’lovchi va mablag’ oluvchi orasidagi hisob-kitoblarni amalga oshirish shakli shartnomada belgilanadi.

Download 138,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish