“БАНКЛАРДА МОЛИЯВИЙ ҲИСОБ” ФАНИДАН ЯКУНИЙ НАЗОРАТ САВОЛЛАРИ
1.Тижорат банкларида бухгалтерия ҳисобини ташкил этишнинг ўзига хос хусусиятлари (ҳисобварақлар режаси, тезкор, кунлик баланс, қонунлар, электрон тўлов тизими).
Banklarda buxgalteriya hisobining predmeti boʻlib, bank aktivlarini shakllantirish va ularni joylashtirish jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarni buxgalteriya hisobi hisobvaraqlarda aks ettirish natijasida moliyaviy hisobotlarini tuzish hamda taqdim etish hisoblanadi. Aktivlar, majburiyatlar, xususiy kapital, zaxiralar, daromadlar, xarajatlar, foyda, zararlar va ularning harakati bilan bogʻliq xoʻjalik operatsiyalari buxgalteriya hisobining obyektlaridir. Banklarda buxgalteriya hisobining subyektlari boʻlib, taʼsischilari, mijozlari, investorlar, kreditorlar, budjet tashkilotlari va boshqa manfaatdor shaxslardir. Banklarda buxgalteriya hisobini yuritishning asosiy maqsadi - bank aktivlari va passivlaridan samarali foydalanish, ularni joylashtirish va koʻrsatilgan bank xizmatlari yuzasidan daromad (foizli)larni hamda bank operatsiyalarini amalga oshirish boʻyicha xarajatlar (foizli) ni, shuningdek, budjet va budjetdan tashqari toʻlovlarni oʻz vaqtida hisoblab, yakuniy moliyaviy natijalarni toʻgʻri aniqlashdan iboratdir. Tijorat banklarida buxgalteriya hisobini yuritishni oʻziga xos xususiyatlaridan biri bank operatsiyalarining operativligidir. Chunki ularda soat 16-00 gacha operatsion kun boʻlib, shu davr mobaynida amalga oshiriladigan operatsiyalar oʻsha kuniyoq mijozlarning analitik hisobidagi shaxsiy hisobvaraqlarda aks ettiriladi va kundalik balans orqali umumlashtirish usuli bilan nazorat qilib boriladi. Bu pul mablagʻlarining saqlanishi, kundalik pul aylanmasi va hisob-kitob kredit munosabatlarining holati, kassa rejasining bajarilishini nazorat qilish imkoniyatini berish bilan birgalikda, pul muomalasi hamda kredit resurslarining aylanishini tartibga solishni taʼminlaydi. Buxgalteriya hisobining obyektlarini buxgalteriya hisobida aks ettirish va bank faoliyatining asosiy koʻrsatkichlarini hisoblash hamda ular boʻyicha toʻliq maʼlumotlarga ega boʻlish uchun oʻlchov birliklari (natura, mehnat va pul) dan foydalaniladi. Shu boisdan tijorat banklarida buxgalteriya hisobini toʻgʻri yuritishda quyidagi asosiy vazifalarni bajarish talab qilinadi: – hisob-kitoblardagi mablagʻlar aylanishini tezlashtirish, mijozlarga tez va puxta xizmat koʻrsatish, hisob-kitob, kassa, valuta, kredit hamda boshqa bank operatsiyalarini toʻgʻri bajarish; – bankdan pul mablagʻlari, moddiy boyliklar, shuningdek, qatʼiy hisobda turadigan blankalardan foydalanishning qonuniyligini taʼminlash; – operatsion kun davomida bajarilgan va koʻrsatilgan xizmatlar boʻyicha rasmiylashtirilgan hujjatlarning qonuniyligini hamda toʻgʻriligini nazorat qilish; – tijorat banklarida bajarilgan va koʻrsatilgan xizmatlar boʻyicha moliyaviy natijalarni shakllantirish va ularni toʻgʻri aniqlash; – kundalik balansni tuzish uchun dastlabki hujjat maʼlumotlarini qayta ishlash va ularning har bir hisobvaraqlari boʻyicha taqsimlashni samarali tashkil etish; – oylik, choraklik va yillik buxgalteriya hisobi va hisobotlarini tuzish hamda tegishli nazorat organlariga oʻz vaqtida taqdim etib borishdan iboratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |