Bajardi: D. Esonboyeva qabul qildi: I. Ubaydullayev


-SINF O`QISH DARSLARIDA MUAMMOLI O`QITISH



Download 0,7 Mb.
bet9/10
Sana20.03.2022
Hajmi0,7 Mb.
#504192
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
ESONBOYEVA D KURS ISHI

2-SINF O`QISH DARSLARIDA MUAMMOLI O`QITISH.
Birinchi sinf o‘quvchilari o‘qishning bir necha turlarini, ya’ni, ravon, tcz cVqishni, ayni paytda, turli janrdagi matnlarni o‘qib, o‘rganib olgan bo‘ladilar. Ikkinchi sinf olquvchilari bilan ana shu malakalami takomillashtirishga qaratilgan ish tizimi olib boriladi. Bolalarning o‘qish tezligini oshirish, ifodali o‘qish malakalarini egallash, badiiy matn ustida ishlash, she’r va kichik matnlarni yod olish, tushunganlarini gapirib berish kabi ish turlarini ko‘proq o‘tkazish ko‘zda tutiladi. Obqish kitobida („Bilim bog‘i“), „Ona yurtim — oltin beshigim“, „Maktabim — kitobim — oftobim“, „Oltin kuz — hosiling yuz“, „Mehnat — baxt keltirar“, „Otalar so‘zi — aqlning ko‘zi“, „Kumush qish — misoli oqqush“, „Qushlar va hayvonlar — bizning do‘stimiz“, „Ertaklar— yaxshilikka yetaklar“, „Yoz — o‘tadi soz“ kabi boMimlar mavjud. Har bir bo‘lim bolalarga ta’lim berish bilan birga, bi- lim, malaka hosil qilish, ularda voqea, hodisalarga qiziqish uyg‘otish, rasmlarni kuzatish, xulosalar chiqarishga o‘r- gatadi. Kitobdagi rasmlar bolalarning his va tuyg‘ulanni, nutq- larini o‘stirishga hamda ulami ijodiy tahlil qilishga mo‘l- jallangan. Olquvchilar rasmlarni tomosha qilib, tasvirlangan narsa, voqea-hodisalarga o‘z munosabatlarini bildiradilar, ulardan zavq oladilar, o‘zlari ham ijodiy ravishda asar mazmuniga mos rasmlar ishlashga, o‘z taassurotlarini ifodalashga o‘rganadilar.O`quvchilarning o‘quv dasturi talablarini o‘zlash- tirishlari uchun sharoit yaratish, ularni darsda faol qatna- shishga undash, o‘zlashtirish sur’atlari va imkoniyatlariga qarab qo‘shimcha vazifalar berish, darsning qiziqarli va samarali bo‘lishi uchun mos vazifalardan unumli foy- dalanish, dars jarayonida bolalar jamoasi e’tiborini jalb qilgan holda muammoli vaziyatni yuzaga keltirish va uning yechimini topish, o'quvchilarning bilim, malakasini ba- holash, uyga beriladigan vazifalarni me’yorlash, ularning zo‘riqishlarini oldini olish lozim. O`qish darslariga quyidagi talablar qo‘yiladi: — ta’lim va tarbiya maqsadining birligi; — ta’lim va tarbiya vazifalarining birligi; — ta’lim va tarbiya manbalarining uzviy bogMiqligi; — ta’lim va tarbiya metodlarining birligi. Har bir dars pedagogik, psixologik, metodik tomondan to‘g‘ri tashkil etilishi, didaktik talablarga amal qilgan holda o‘tkazilishi kerak. O‘qituvchi darsda vaqtni to‘g‘ri taqsimlashi, undan unumli foydalanishi zarur. O‘qish darsi o‘zining mazmuni va mundarijasi jihatidan boshqa darslardan farq qilishi va ta’limda yetakchi ahamiyat kasb etishi kerak.O`qish darslariga qo‘yilgan talablar bir-biriga bog‘liq holda amalga oshiriladi. Bolalar ongli o‘qishga o‘rgan- masalar ifodali o‘qish unsurlarini yaxshi o‘zlashtira ol- maydilar. Yoki ravon, tushunarli o‘qimasalar o‘qish tezligini oshirish mumkin emas. Demak, o‘qish turlari o‘zaro bir-biri bilan uzviy bog‘liqligini o‘qituvchi e’tiborga olishi, dars jarayonida ulardan navbat bilan foydalanishi, o‘quv- chilami hamma turdagi o‘qishga o‘rgatishi, o‘rtacha ovozda o‘qishga odatlantirishi lozim. Shunday qilinganda bolalar sekin-asta hamma o‘qish turlarini o‘zlashtirishga muvaffaq bo‘ladilar.

2-sinf o’qish darslarida muammoli ta ’limning muvaffaqiyati quyidagi omillarga bog'liq:


— muayyan mavzuga oid o'quv materialini muammolashtirish;
— muammoli vaziyatlarni vujudga keltirish orqali o'quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish;
— ta ’lim jarayonini o'yin, mehnat faoliyati bilan uyg'unlashtirish;
— o'qituvchi tomonidan muammoli metodlardan o'z o'rnida va samaraii foydalanish ko'nikmasiga ega bo'lish;
— uammoli vaziyatni hal etish yuzasidan muammoli savollar zanjirini tuzish va mantiqiy ketma-ketlikda o'quvchilarga bayon etish.
Muammoli vaziyatlardan o'quv jarayonining barcha bosqichlarida: yangi mavzu bayoni, mustahkamlash va bilimlarni nazorat qilishda muvaffaqiyatli foydalanish mumkin. Muammoli vaziyatlar tizimi muvaffaqiyatli yaratilgan hollarda mazkur mavzuni muammoli dars shaklida o'tish tavsiya etiladi.
O'qitish jarayoniga muammoli darslami qo'llash uchun o'qituvchi quyidagi masalalami hal qilishi:
— o'quv dasturi bo'yicha qaysi mavzulami muammoli dars shaklida o'tish mumkinligini belgilashi;
— mavzu matnidagi masalalar bo'yicha muammoli vaziyatni keltirib chiqaradigan savollar, topshiriqlami aniqlashi, bunda didaktikaning ilmiylik, sistemalilik, mantiqiy ketma-ketlik, izchillik tamoyillariga amal qilishi;
— o'quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish va boshqarishni
ta ’minlaydigan vosita va usullami aniqlashi, ulardan o 'z o'rnida va samarali foydalanish yo'llarini belgilashi zarur.
O`quvchilarda o‘qish malakasi qancha erta shakllantirilsa, shuncha foydalidir. Chunki bu o‘qish turi insonning hayot faoliyati uchun bir umr zarur bo‘lib, hamma joyda o‘qish uchun qulaydir. Ichda o‘qish matn yuzasidan olib boriladigan ko‘pgina mustaqil ish usullariga, ayniqsa, tanlab o‘qishga asos bo‘lib xizmat qiladi. Ikkinchi sinfda bolalar bir necha o‘qish turlarini egallab olgan boMadilar. Tanlab o‘qish uchun turli janrdagi asararni tavsiya etish mumkin.


XULOSA
Xulosa qilib aytganda, ta’lim maqsad va vazifalariga ko’ra muammoli va an’anaviy bo’lishi mumkin.Agar ta’lim muassasasi o’z oldiga o’quvchi(talaba)larning fikrlash qobiliyatlari, ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirishni bosh maqsad qilib olsa, unda pedagogic jamoaning muammoli ta’lim asosida faoliyat yuritish malakalarini shakllantirish zarur. O’quv-tarbiyaviy ishlarni takomillashtirish, ta’lim jarayoniga va o’quv biluv jarayoniga "muammoli o’qitish" didaktikasini joriy etib borish asosiy ish jarayoniga aylanmog’i kerak.Muammoli ta’lim ta’lim-tarbiya jarayonini faollashtirish, o’quvchilarning o’quv-biluv jarayoniga extiyoji qiziqishi, xoxishini orttirishga sabab bo’ladi.Agaro’qituvchi muammoli ta’limning mazmun — moxiyatini yaxshi o’zlashtirib olsa, o’quv jarayonining shakli va metodlarini, texnik jixatdan jixozlanishni amalda qo’llay olsa u o’z-o’zidan muvaffaqiyat keltiradi.
Qisqa qilib aytganda muammoli darslarni joriy etish quyidagilardan iborat bo’ladi:
O’qituvchi muammoni to’liq yoritishi va uni yechimini topib berishi, qarshi savollar yordamida o’quvchilarni fikrlashga ixtiyoriy majbur etishi kerak.O’qituvchi muammoni qo’yib, uning mazmunini ifodalaydi. Keyin o’quvchilarni muammo yechimini mustaqil izoxlashga yo’naltiradi.O’qituvchi muammoni bayon etmaydi, balki muammoli vaziyat yaratadi. O’quvchilar mustaqil fikr yuritib, muammoli vaziyatdan chikish yullarini izlab topadilar.Bunda o`quvchi izlanish soxasini belgilaydi xolos, muammoga yakinlashib boradi, lekin uning mazmuni va echimini kursatmaydi. O’quvchini mustaqil faoliyatga yunaltiriladi.
Yuqoridagilardan shunday xulosa chikarish mumkinki, ta’lim sifati va
samaradorligini oshirishda muammoli o’qitish metodlari juda zarur va kerak.
O’qituvchining didaktik jihatdan yaxshi tayyorgarligi juda muximdir. Chunki
muammoli ta’limning nazariy va amaliy jixatlarini atroflicha o’rganish - o’quv
jarayonini san’at darajasiga olib chikish demakdir, u o’z navbatida o’quvchining
ta’lim mazmunini to’la o’zlashtirib olishiga kafolatdir.Ilmiy izlanish tajriba-sinovlar, pedagogik amaliyotlar shuni kursatadiki, muammoli vaziyatlarni xamma o’quv faoliyatlariga nisbatan qo’yidagi tiplarga bo’lish mumkin.Agar o’quvchilar oldiga vazifalar qo’yilib, qo’yilgan masalalarga hayotdan o’quv materiali asosida javob talab qilinsa, muammoli vaziyat kelib chiqadi.
Ta’lim muassasalari oldida turgan bosh maqsad o’quvchilarni xar tomonlama
garmonik rivojlanishini ta’minlashdan iborat. O’quvchi shaxsini xar tomonlama
va garmonik rivojlanishini ko’rsatuvchi asosiy faktor uning yuqori darajada
mustaqil fikrlay olishida namoyon bo’ladi.Agar o’quv jarayoni o’quvchini
mustaqil fikr yurita olishga urgatsa, unday ta’limni rivojlantirishga asoslangan
o’quv-biluv jarayoni deb qabul qilish mumkin.
O’quvchini fikrlashga yunaltirilgan maxsus vositalarni ko’llab, uni fanga
qiziqtirish, erkin fikrlashga o’rgatish, rivojlantirish tizimi yaratib borilsa, buni
muammoli ta’lim deyish mumkin.O’quvchini faollashtirishda samarali metod,
usullarni an’anaviy ta’limni amalga oshirishda didaktik yondashuv asosida olib
borilishi deb tushuntiradilar.
O’quvchilarning aqliy fikrlashlarini tayyor mavjud bo’lgan yo’llar bilan ustirish
maqsadga erishishning oddiy usuli bo’lib, u ijodkorlikka, izlanuvchanlikka olib
kelmaydi.
Muammoli ta’lim jarayonida o’quvchi taxlillar asosida ko’llash, sintez qilish,
umumlashtirish, faktik materialni aniklashtirish, o’zi mustaqil yangi axborotni
oladi. Boshkacha aytganda, bu bilimni kengaytirish, chuqurlashtirishni ilgarigi
olgan, o’zlashtirgan bilimlari asosida o’zlashtirish, qo’llay bilishdan iborat.
Olgan bilimlarini yangicha qo’llashda o’qituvchi qo’llanma, darslikdan tayyor
xolda bermaydi, u o’quvchi tomonidan izlab topiladi. Mana shu xolat
izlanuvchanlik, sinchkovlik metodida ishlash ko’nikmalarini shakllantiradi.
Aqliy izlanish - juda murakkab jarayon, u asosan muammoli vaziyat vujudga
keltirilganda, aniq muammolar kuchaygandagina vujudga keladi. Agar
o’qituvchi topshirik berib; uni qanday bajarish yo’lini aytib. uni bajarishga
undasa, bu muammoni yechishga kirmaydi. Bu o’quvchini tanho yechimga
o’rgatadi xolos.O’quvchini xaqiqiy faolashtirish, uni muammoni mustaqil fikrlash, nazariy, amaliy tomonlarini xisobga olish, taxlil orqali muammo yechimini o’zi
o’ylagandek yakun toptirishga olib kelish kerak.



Download 0,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish