Baholash ishi va investitsiyalar” kafedrasi “loyihaviy moliyalashtirish” fanidan ma’ruza matni


Investitsiya loyihalarida risklarni sifat va miqdor jihatdan tahlil qilish va baholash



Download 6,3 Mb.
bet56/71
Sana11.12.2022
Hajmi6,3 Mb.
#883577
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   71
Bog'liq
Loyihaviy moliyalashtirish Ma\'ruza matni 2022-23

2. Investitsiya loyihalarida risklarni sifat va miqdor jihatdan tahlil qilish va baholash

Investitsiya loyihalarida risklarni sifat va miqdor jihatdan tahlil qilish va baholash odatda, bir-birini to‘ldiruvchi ikki turga, ya’ni:


- risk turlarini, uni vujudga keltiruvchi omillarni va risklarni pasaytirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlarni aniqlash maqsadini ko‘zlovchi sifat tahlili;
- loyiha risklarini sondagi ifodasini loyiha ko‘rsatkichlari orqali hisoblash imkonini beruvchi miqdoriy tahlilga bo‘linadi.
Risklarni tahlil qilish va baholashda loyihaga ta’sir etuvchi risk turlari aniqlanib, risk yuzaga kelgan sharoitda investitsiya loyihasi samaradorligi qanday o‘zgaradi, ya’ni loyihani amalga oshirishda loyiha xarajatlari o‘zgarmaydimi, undan kutilgan daromadlar yoki aksincha, zararlarning paydo bo‘lish ehtimoli qanday, degan savolga javob topishni nazarda tutadi.
Risklarni baholash deganda, risk darajasini sifat va miqdor jihatdan aniqlash tushuniladi. O‘z navbatida risklarni pasaytirish usullari turlicha bo‘lib, ular risk turiga va risk guruhiga qarab tanlanadi.
Umuman olganda, risklarni aniqlash sifat tahliliga, risklarni baholash miqdor tahliliga taaluqlidir.
Risklarni sifat jihatdan baholash – loyihada tasniflangan risklarning sifat tahlilini amalga oshirish va ulardan eng xatarlilarini ajratib olishdir. Risklarni sifatli baholash risklarning paydo bo‘lish shart-sharoitlarini baholashni va ularning standart yoki nostandart usullar va vositalar bilan loyihaga ta’siri aniqlanadi. Aksariyat hollarda tahlilning universal usullarini qo‘llash olinadigan natijalarning ko‘zlangan darajadagi ishonchliligini ta’minlashga imkon bermaydi.
Iqtisodiy adabiyotlarda risklarni miqdoriy baholash sifatida risklarning paydo bo‘lish ehtimolligini aniqlash va ularning loyihaga ijobiy yoki salbiy jihatdan miqdoriy ta’sirini hisoblash tushuniladi. Fikrimizcha, miqdoriy tahlil, aksariyat hollarda, risklarni boshqarishning mustaqil bosqichi hisoblansada, u risklarni sifatli baholash bosqichi bilan uzviy bog‘liqlikda qo‘llanilishi lozim.
Risklarni tahlil qilish va baholashning miqdoriy usullariga statistik usullar (o‘rtacha kvadratik chetlanish, dispersiya, varitsiya), sezgirlik tahlili usuli, “Zararsizlik nuqtasi”ni aniqlash usuli, ssenariylar usuli, loyiha barqarorligini tekshirish usuli, “Qarorlar daraxti”ni tuzish orqali riskni tahlil qilish usuli, Monte Karlo usuli, ekspert baholash usuli kabi bir qancha usullar kiradi.
Risk tahlilining ahamiyati investitsiya loyihasining salohiyatli ishtirokchisiga, investorlarga loyihani maqsadga muvofiq tarzda amalga oshirish haqidagi qarorlarini qabul qilishi uchun zaruriy ma’lumotlarni berishi bilan izohlanadi.
Risklarni sifat tahlili – bu loyiha bo‘yicha kutilishi mumkin bo‘lgan asosiy risklarni aniqlash, loyihani amalga oshirishda uning oqibatlarini o‘rganish va risklarni pasaytirish yo‘llarini (tadbirlarini) aniqlashdan iborat.
Loyihaviy risklarning sifat tahlilini o‘tkazish jarayonida eng avvalo, loyiha bo‘yicha barcha risk turlari aniqlanadi, ya’ni loyiha riski tarkibidagi texnik risklar, loyiha qatnashchilari riski, siyosiy risklar, huquqiy risklar, moliyaviy risklar, marketing risklar, ekologik risklar, harbiy risklar, qurilish-ekspluatatsion risklar va boshqalar. Ularning paydo bo‘lish sabablari o‘rganiladi, risklarni pasaytirish yuzasidan tavsiyalar va loyihani amalga oshirish oqibatlari tahlil qilinadi.
Sifat jihatdan risklarni tahlil qilish sodda va qulay, uning asosiy maqsadi risklarni sababini aniqlash, manbasini ko‘rsatish va pasaytirish yo‘llarini ishlab chiqishdan iborat. Sifat jihatdan tahlil keyinchalik boshqa izlanishlarga asos bo‘ladi. SHuning uchun biznes-reja tuzish bosqichida keng qo‘llaniladi. Sifat jihatidan tahlilni natijalari: risk sababini aniqlash, uning oqibatlarini tahlil qilish, ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararni o‘lchash va kamaytirish yo‘llarini izlash, risk ta’siriga beriluvchi omillarni chegara ko‘rsatkichlarini (minimum va maksimum) aniqlash xisoblanadi.
Risklarni sifat jihatidan tahlilni kamchiliklari aniq o‘lchovli ma’lumot bermasligi va uning sub’ektivligi, ya’ni tahlil natijalari to‘la tahlil qilayotgan shaxsga, uning bilim darajasiga bog‘liqligidadir.
Risklarning miqdoriy tahlili esa risklilik nuqtai nazaridan loyiha bo‘yicha bir qator omillarning o‘zgarishi natijasida loyiha samaradorligi mezonlarining o‘zgarishini o‘rganishdan iboratdir.
Loyihaviy risklarning miqdoriy tahlilini o‘tkazish loyihaning hisob-kitoblariga asoslaniladi. Miqdoriy tahlilning asosiy vazifasi loyiha samaradorligi mezonlariga asosan riskli omillarning o‘zgarishi ta’sirini miqdor jihatdan o‘lchashdan iborat bo‘lib, miqdoriy tahlil risklarni loyiha natijalariga son o‘lchovida ko‘rsatib beradi. Bunday tahlil turida matematik modellar, ehtimollar nazariyasi, statistik usullar qo‘llaniladi.
Miqdoriy tahlilning kamchiliklari: u katta hajmdagi ma’lumot, vaqt va aniq bilim talab qiladi, ammo bu tahlil turi aniq o‘lchovli ma’lumot beradi.
Odatda, risk tahlili quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:
- birinchi bosqichda muayyan turdagi riskning ko‘payishi yoki kamayishiga ta’sir etuvchi ichki va tashqi omillar aniqlanadi;
- ikkinchi bosqichda aniqlangan omillar tahlili o‘tkaziladi;
- uchinchi bosqichda quyidagi ikki usul (yondashuv) asosida moliyaviy nuqtai nazardan aniq ko‘rinishdagi risk tahlili olib boriladi:
a) loyihaning moliyaviy ahvoli (likvidligi)ni aniqlash;
b) investitsiya loyihasida ishtirok etishning iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligini (moliyaviy mablag‘lar qo‘yilmasining samaradorligini) aniqlash;
- to‘rtinchi bosqichda riskning tanlangan darajasi bo‘yicha alohida operatsiyalar tahlili o‘tkaziladi;
- beshinchi bosqichda risk oqibatida kutilishi mumkin bo‘lgan yo‘qotishlar hajmi aniqlanadi;
- oltinchi - so‘ngi bosqichda, ko‘rib chiqilayotgan loyihada qatnashish bo‘yicha ijobiy qaror qabul qilingan hollarda riskni yo‘qotish yoki pasaytirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqiladi. Odatda, bunday vaqtlarda turli xil yo‘qotishlarga tayyor turish uchun oldindan xavfsizlik zahirasi tashkil etilishini ham ko‘rib chiqish mumkin. Xavfsizlik zahirasi darajasini hisoblash uchun quyidagi formuladan foydalaniladi:





Bashorat qilingan sotish hajmi -

Zararsizlik nuq tasiga mos sotish hajmi







Havfsizlik zahirasi =







x 100%

(1)




Bashorat qilingan sotish hajmi darajasi






















Havfsizlik zahirasi miqdori qanchalik kichik bo‘lsa, firmaning zarar ko‘rish riski shunchalik yuqori bo‘ladi.
Xulosa o‘rnida shuni alohida qayd etish lozimki, investitsiya loyihalari risklarini boshqarishda ularning tahlil qilish natijalariga asoslanib, boshqarish usullari tanlanadi. Demak, investitsiya risklarini samarali boshqarish ko‘p jihatdan investitsiya loyihalari risklarini tahlil natijalarining sifatiga (aniqligi va to‘liqligiga) bog‘liq bo‘ladi.



Download 6,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish