3.7-§. Davlat geodezik tarmog‘ini asosiy qoidalarga
binoan barpo etish
1954–1961-yillardagi Asosiy qoidalarga muvofiq barpo etila digan 1-klass astronomo-geodezik tarmoqni barpo etish asosida, F.N. Krasovskiyning birmuncha aniqlik va o‘zgartish kiritilgan das turi yotadi. Meridianlar va parallellar yo‘nalishi bo‘ylab joylashgan, har birining uzunligi 200 kilometrdan katta bo‘lmagan triangu lyatsiya yoki poligonometriya zvenolaridan tashkil topgan, peri metri 800 kilometrga yaqin poligonlar ko‘rinishida astronomo-geo dezik to‘r barpo etiladi (3.11-rasm). 1-klass triangulyatsiya zvenosi teng tomonlikka yaqin bo‘lgan, o‘z navbatida burchaklari 40° dan kichik bo‘lmagan uchburchaklardan tashkil topadi. Joyning relyefi murakkabligi tufayli burchaklari 40° dan katta uchburchaklarni bar
po etishning imkoni bo‘lmaydi, bunday joylarda burchaklari 30° dan kichik bo‘lmagan geodezik to‘rtburchaklar va markaziy sis temalarni barpo etishga ruxsat etiladi. Uchburchaklar tomon larining uzunligi o‘rtacha 20– 25 km ga teng.
Har zvenoning boshi va oxi rida yuqori aniqlikdagi sveto-radiodalnomerlar yordamida bazis tomonlari o‘lchanadi. Har bazis tomonlarning ikki uchida (poligon uchlarida) astronomik
3.11-rasm. 1954–1961-yillardagi
Asosiy qoidalarga binoan astronomo-geodezik to‘rni barpo etish sxemasi: 1 – 1-klass poligonometriya tomoni; 2 – 1-klass triangulyatsiya tomoni.
kenglik, uzoqlik va azimutlar, ya’ni Laplas punktlari aniqlanadi. 1-klass poligonometriya zvenosi cho‘ziq yo‘llar ko‘rinishida o‘tkaziladi; yo‘l tomonlari 10 dan ko‘p bo‘lmasligi uzunligi esa 20 kilometr atrofida bo‘lishi kerak. Har bir 1-klass triangulyat siya va poligonometriya zvenosida, Laplas punktlaridan tashqari oraliq astronomik punktlar o‘rnatiladi va astronomik kenglik va uzoqliklar aniqlanadi. Oraliq astronomik punktlari Laplas punkt lari oralig‘ida har 65–120 kilometrda joylashtiriladi. Astropunkt lar orasidagi masafalar 1-klass qatorlari bo‘ylab bajariladigan gravimetrik syomkaning zichligiga bog‘liq: bu syomkaning zich ligi qancha yuqori bo‘lsa, oraliq astropunktlar shunchalik kam aniqlanadi. Barcha (Laplas va oraliq) astropunktlar atrofida max sus dastur bo‘yicha zichlashtiruvchi gravimetrik syomka olib bo
riladi.
Mamlakatning ayrim rayonlarida 1-klass triangulyatsiya yoki poligonometriya zvenolaridan tashkil topgan poligonlar o‘rniga, uchburchak burchaklari 30° dan kichik va tomonlar uzunligi 20 kilometrdan kichik bo‘lmagan yaxlit 1-klass triangulyatsiya tar moqlari quriladi. Masofalar fizik-geografik sharoitlarga va punkt larning o‘rnatilgan zichligiga bog‘liq holda belgilanadi. 1-klass yaxlit tarmoqlarda bazis tomonlar va Laplas punktlari har 10 ta tomondan keyin joylashtiriladi.
Astronomo-geodezik tarmoqlarni barpo etishda geodezik, ast ronomik va gravimetrik kompleks o‘lchashlar bajariladi, shu bilan
birga ko‘p o‘lchashlar yuqori aniqlikda yangi zamonaviy o‘lchash texnikalarini qo‘llash orqali amalga oshiriladi.
Triangulyatsiya va poligonometriya punktlarida gorizontal bur chaklar (uchburchaklar yoki yopiq poligonlar bog‘lanmasliklari bo‘yicha) 0.7'' dan katta bo‘lmagan xatolikda o‘lchanadi. Bazis tomonlar o‘rta kvadratik nisbiy xatoligi 1⁄300 000 dan, poligo nometriya tomon uzunliklari 1⁄400 000 dan katta bo‘lmagan xato lik bilan o‘lchanadi. Sistematik xato ta’siri priyomlardagi o‘lchash natijalari bo‘yicha hisoblanadigan, astronomik aniqlashlar o‘rta kvatratik xatolari kengliklarda 0.3'' gacha, uzoqlikda 0.45'' gacha va azimutlarda 0.5'' gacha ruxsat etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |