B mengliyev, G. Tojiyeva



Download 2,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/301
Sana23.01.2022
Hajmi2,83 Mb.
#406177
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   301
Bog'liq
tilshunoslikka kirish b.mengliyev, g.tojiyeva

 9. Alban guruhi. 
     Alban tili – Albaniyada. 
10.Armyan guruhi. 
Armyan, 2 million, Armaniston, Eron va Turkiyada. 
11.
 
Xett guruhi. 
1). Xett-Kichik Osiyodagi Xett davlati (eramizgacha XIX-XII asr); 
2). Luviy;   
3). Palaet. 
    12. Toxar guruhi. 
1). Toxar a) (turfan, qarashor) - Xitoy Turkistonida; 
2). Toxar b) (kuchan) – o`sha yerda, VII asrda Kuchada. 
Hind – yevropa   tillari flektiv tillardir. 
So`zlarning  morfologik  shakllarining  fleksiya  orqali  yasalishi  bu  tillarning  asosiy 
morfologik xususiyatidir. Bu tillarda har bir mustaqil so`zning dastlabki shakli ham negiz va qo`shimchalarga bo`linadi, natijada, o`zak-
negiz mustaqil ma’ruza matniydi. Masalan, rus tilida  вижу, видишь, видят so`zlarining o`zak negizi  виж, вид  bo`lib, bular mustaqil 
ishlatilmaydi. Bundan tashqari, flektiv tillarda (agglyutinativ tillardan farqli o`laroq) bir qo`shimcha bir necha grammatik  ma’no ifodalashi 
mumkin.  Masalan,  rus  tilida  –  видел  so`zidagi    [-ел]  qo`simchasi  zamon  (o`tgan  zamon),  son  (birlik),  shaxs  (birinchi),  mayl,  rod 
ma’nolarini ifodalaydi. 
  Flektiv tillarga so`z yasovchi va so`z o`zgartiruvchi funksiyani bajaradigan ichki fleksiya xos. Bunda o`zak  - negizda tovush 
almashuvi bilan turli grammatik ma’nolar ifodalanadi. 
  Ichki  fleksiyada  undosh  tovushlar  ham,  unli  tovushlar  ham  o`zgarishi  mumkin.  Ingliz  va  nemis  tillarida  ko`proq  unli  tovush 
o`zgarsa,  rus  tilida  ko`proq  undosh  tovushlarning  o`zgarishi  kuzatiladi.  Masalan,  ingliz  va  nemis  tillarida  kuchli  fe’llarning  asosiy 
formalarini yasaydigan ablaut hodisasi quyidagicha: 
       nemis tilida – singen – sang – gesingen ; 
       ingliz tilida – sing  - sang-sung;  bring – brought – brought; see – saw – seen.  
  Son  kategoriyasining  ko`plik  shakli  nemis  va  ingliz  tillarida  ham agglyutinativ  (affiksatsiya) usulida  ham  ichki  fleksiya orqali 
yasalishi kuzatiladi: 
     ingliz tilida - 1) sister – sisters, book – books, eye – eyes, egg – eggs; 2) foot –feet, toose – teese, goose – geese, woman – 
women, child – children. 
Nemis tilida otlar quyidagicha qo`shimchalar orqali yasaladi: 
[-e] Der  Tisch (stol) – Die Tische (stollar); 
[-en] Der Student – Die Studenten ; 
[-n] Die Tafel – Die Tafelen (doskalar); 
[-er] Das Buch – Die Bucher (kitoblar). 
Xuddi shu ko`rinishlararo ichki fleksiya ham kuzatiladi. Chunonchi, 
  Buch-Bucher, Bruder – Bruder (aka-akalar). Nemis tilidagi Bruder – aka oti ko`pgina hind – yevropa tillarida ma’lum bir fonetik 
o`zgarishlar bilan ko`rinadi. 
Masalan, 
rus      polyak        ingliz          nemis        fransuz                 fors 
брат     brat           brother      bruder        frere                  birodar 
Mather (ona), father (ota), sister (opa) so`zlari ham fonetika differensiyalarni namoyon qiladi:            


 
25 
 
   rus         ingliz          nemis        fransuz               fors 
   мать      mother        mater         mer                   modar 
   папа      father         pater           per                    padar 
   сестра   sister          schwester    sceur                  - 
 
Flektivlik fors tilida ham ko`rinadi. 
Shudan (bo`lmoq) – shaved; kardan – kun (buyruq maylida) – bikun; shushtan (yuvmoq) – sho`y (bisho`y). 
  Fransuz tilida undosh tovushlarning almashishi sifatning rod formalarini ham o`zgartiradi:  
  rond – круглый (muj.r.), aylana ( [d] tovushi talaffuz etilmaydi). 
  ronde – круглая  (jеn.r.) ([d] aytiladi). 
  grand – katta – большой ([d] aytilmaydi). 
  grane – большая ([d] aytiladi). 
Hind - yevropa tillarida grammatik ma’no ifodalashning yana bir usuli  suppletivizmdir. Buni quyidagi misollarda kuzatamiz:  
                      hoz.z.                              o`tgan z.                        kel.z. 
ingliz t.         am-are                              was/were                      shall/will 
                     is-are 
    To  be    (bo`lmoq)  fe’lining  zamonlar  bo`yicha  tuslanishi  mana  shunday  suppletiv  yo`l  bilan  hosil  qilinadi.  Va,  nihoyat,  gap 
sohasida  hind – yevropa tillarining umumiy xususiyati shundaki, bunday tillarda ega va kesimning qat’iy ishtiroki va o`rni muhim ekanligi 
kuzatiladi. 
 
 

Download 2,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   301




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish