B mengliyev, G. Tojiyeva



Download 2,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/301
Sana23.01.2022
Hajmi2,83 Mb.
#406177
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   301
Bog'liq
tilshunoslikka kirish b.mengliyev, g.tojiyeva

Piktografik (lat. pictus - chizmoq), rasmli yozuv dastlabki yozuv  turidir. Piktografik yozuv ibtidoiy tasviriy san’at namunasi bo`lib, 
toshlarga, suyaklarga, g`or devorlariga o`yib ishlangan. Piktografiyada hayotiy vaziyatlar (ov, sayohat), narsalar (qayiq, uy, oy, quyosh, 
yer),  mavjudotlar  (inson,  sigir,  qo`y)  kabilar  aks  ettirilgan  edi.  Yozuvning  rasm  bilan  aloqador  hodisa  ekanligini  turkiy  tillardagi  bitik 
(yozuv) so`zi tarkibidagi biti-xitoycha bi: mo`yqalam bilan aloqadorligi, shuningdek, slavyan tillaridagi писать (jivopis) fe’lining o`zagi lаt. 
“pingere”  –  rasm  solmoq  tushunchasi  bilan  bog`liqligi,  gotcha  melian  (yozmoq)  fe’lining  dastlabki  ma’nosi  ham  mo`yqalamda  rasm 
solmoq bo`lib, hozirgi nemis tilida “malen” – rasm chizmoq” ma’nosida qo`llanilishi tasdiqlab turibdi. 
B.N.Golovin piktografiya hodisasini shunday tushuntiradi: “Piktografik maktublar bilan muloqot qilmoqchi bo`lgan ikki hozirzamon 
do`stlarni tasavvur qilaylik. Ulardan biri qorong`u osmondagi yarimoy tasvirini, chiqayotgan quyosh, qayiqdagi odam, baliq va qarmoq 
rasmini chizdi. Keyingisi javob  tariqasida botayotgan quyosh, qorong`u osmondagi yarimoy, paravoz  va  uch vagon va ular oldida odam 
hamda Moskva Kremlning tasvirini bergan. Shuningdek, vagonni quyosh bilan bog`laydigan chiziq (liniya)ni ham ko`rsatgan. Demak, 
bulardan  birinchisining  mazmuni:  “Men  ertaga  baliq  oviga  boraman”.  Ikkinchisi  esa:  Bugun  kechqurun  (oqshomda)  men  poezdda 
Moskvaga ketaman”, -  degan  ma’nolarni  anglanadi.
1
     Darhaqiqat,  olim  juda  to`g`ri  tasavvur,  mulohaza  keltiradi.  Ibtidoiy  tafakkur va 
yozuvning tabiatini shu kabi ko`rinishlarda kuzatish mumkin. Shu boisdan ham, rasmli  (piktografik) yozuv dunyodagi mavjud barcha 
yozuvlarning kelib chiqishi uchun asos bo`lgan, degan fikrga kelish to`g`ridir. 
Rasmlar  yordamida  muayyan  fikr-axborotni  ifodalash,  yuborish  mumkin  ekanligini  odamlar  juda  qadimiy  davrlarda  anglab 
yetganlar.  Shuning  uchun  ham  rasmli  yozuvning  og`zaki  til  bilan  bog`liq  bo`lmaganligi  uning  turli  til  vakillari  tomonidan  ham 
tushunilaverishini  ta’min  etgan,  ammo  unda  ifodalangan  mazmunning  turlicha,  ixtiyoriy  talqin  etilishiga  yo`l    qo`ygan,  abstrakt 
tushunchani  bunday  yozuv  orqali  ifodalash  deyarli  mumkin  bo`lmagan.  Davlat  tuzumi  rivojlanib,  turli  yozishmalarga  va  bu 
yozishmalarning ayni bir xil talqin qilinishiga bo`lgan ehtiyoj kuchayib borgani sari piktografik yozuvning ojiz tomonlari ko`proq ko`zga 
tashlana boshlagan. Bu hol rasmli yozuvning taraqqiyotiga, ideografik va ieroglifik yozuvning shakllanishiga olib kelgan. 

Download 2,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   301




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish