9.2. Malakali kadrlar tayyorlashning o‘ziga xos xususiyatlari
Hozirgi kunda malakali kadrlar tayyorlashning o‘ziga xos xususiyati uning uzluksizligidan iboratdir.
Mustaqillik sharoitida 0 ‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy-iqtisodiy tuzum va urf-odatlarining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda o‘z rivojlanish modelini tanlab oldi. Islohotlardan oldingi kadrlar tayyorlash va ta’lim tizimi respublikada amalga oshirilayotgan demokratik va bozor o‘zgarish!ari talabiga
javob bermay qo‘ydi.
Mamlakat rivojlanishining asosiy shart-sharoitlaridan biri takomillashgan kadrlar tayyorlash va ta’lim tizimi faoliyat ko‘rsatishidan iborat. Ushbu tizim yuqori darajada rivojlangan jamiyatda umumiy va kasbiy madaniyatli, ijtimoiy va shaxsiy faol bo‘lgan, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil qarorlar qabul qila
108
oladigan odamlarning yangi avlodini shakllantirishi lozim.
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islorn Karimov boshchiligida ishlab chiqilgan davlatni rivojlantirish milliy modeli kadrlar tayyorlash b o ‘y i c h a Milliy dastuming asosi, yadrosi hisoblanadi. Dastur islohotlar uchun me’yoriy, ilmiy
poydevor boiib, 1997yildan boshlab qadam-baqadam joriy qilinib kelinmoqda. Ushbu hujjat to‘qqiz yiJlik umum o‘rta ta’limni, umuman, yangi, mustaqil turdagi — o‘rta maxsus, kasbiy ta’limni, ikkita darajali oliy ta’limni o‘z ichiga oluvchi ta’lim tizimi shakli va mazmunini tubdan o'zgartirish imkonini beradi. Kadrlar tayyorlash milliy modelining mazmuni va o‘ziga xos xususiyati tizimning butunligi, unga asosiy tashkil etuvchilar sifatida quyidagi komponentlami: shaxs, davlat va
jamiyat, uzluksiz ta’limni, fan va ishlab chiqarishni kiritishdan iborat.(133)
Kadrlar tayyorlash va ta’lim tizimini isloh qilish o‘z ichiga uzoq davr — islohotlarning strategik yo'nalishlarini aniqlashdan to ularni tugallashgacha
bo‘lgan davrni oladi va u bir qator qonuniyatlarning namoyon bo‘lishi bilan sodir boiadiki, ularni bilish bu jarayonni boshqarish imkonini beradi.
Hozirgi vaqtda mehnat faolligi krizisi kuzatilmoqda va bu krizis asosida mehnatdan uzoqlashish, ko‘pchilik ishchilarda mehnat mazmunini tashkil etuvchilik vazifasi haqidagi tasawur yo'qolishi yotadi. Shu sababli turli shakllardagi tadbirkorlik faqatgina tirikchilik vositasi sifatida emas, balki odamlami o‘z-o‘zini namoyon qilish, soliasi sifatida ham katta o'rin egallamoqda. Natijada ijtimoiy himoyaning alohida turi shaklianadiki, bunda odam krizisni yengib o‘tishi, yangi kasbni egallash orqali o‘zini shaxs sifatida namoyon qilishi hayotda o'zining yangi o'rnini egallashi va shu bilan bir qatorda yangi faoliyat sohasiga kirganligi tufayli yangi ijtimoiy maqomga ega bo‘ladi.
Tadbirkorlik bandlik muammosini ijtimoiy-iqtisodiy nuqtai nazardan hisobga olgan holda kompleks hal qilish imkonini beradi. Bunda odam faqatgina aniq ish
joyi bilan ta’minlanmay, balki uning mehnatga bo‘lgan munosabati o'zgaradi, passivlik — boqimandalik o'rnini faol ijodiy mehnat egallaydi. Aynan tadbirkorlik inson tashabbuskorligini oshirish imkonini beradi, uni shaxs sifatida takomillashtiradi.
Mamlakatdagi iqtisodiy vaziyatni odamlarning mehnatga munosabatini o‘zgartiimasdan turib, turli qarorlaryoki buyruqlar orqali tubdan o'zgartirib bo‘lmaydi.
Bu uzoq evolyutsion jarayondir, Shuning uchun shaxsni rivojlantirish zaruriyatidan kelib chiqib, ishlovchilarga ularning qiziqishlari, shaxsiy tavsiflarini hisobga olgan holda har tomonlama yondashish kerak (25).
Do'stlaringiz bilan baham: |