Malakali kadrlar bozori (MKB) — xustisan, ijtimoiy mehnatda ish bilan band bo'lgan va band bo‘imagan malakali kadrlarni talab va taklifga asosan mehnat muassasalari ishtiroki va nazorati ostida muntazam ravishda taqsimlaydigan va qayta taqsimlaydigan tizimdir. U malakali ishchi kuchiga tajab hamda uning taklifi hajmi, tuzilishi va nisbatini shakllantiradi. Ushbu bozor malakali ishchi kuchiga talab va uning taklifini tartibga soiishda bevbsita ishtirok etadi va aholining malakaviy ish bilan bandligi shakllanishiga hamda ishsizlikning kamayishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.
MKBi asosan ikki asosiy tizimda tashkil topadi. Bular:
=> yuqori malakali mehnat bozori; => past malakali mehnat bozori.
Yuqori malakali mehnat bozoridagi asosiy ish joylarining bandligi oliy va o‘rta maxsus ta’limga ega bo‘lgap ma’muriy boshqarish xodimlari, yuqori malakali ishchi va dehqonlardan tashkil topgan ishlovchilar tomonidan ta’minlangan bo‘ladi. Bular yuqori ish haqi to'lanadigan, bandligi barqaror va kafolatlangan guruhdir. Ikkilamchi ish joylarida tashkil topgan past malakali mehnat bozori maxsus tayyorgarlik va yuqori malaka talab etmaydi. Unga ish haqi yuqori darajada bo'lmagan malakasiz ishchilar, dehqonlar, xizmat ko‘rsatish xodimlari va past toifali xizmatchilar kiradi. Ularning bandligi deyarli kafolatlanmagan.
Aholining malakaviy bandligi muammolarini hal etish milliy iqtisodiyot rivojini ta’minlovchi muhim omillardan biridir. Mutaxassis qachonki kasbi va malakasi bo‘yicha o‘z o‘rnini topib, faoliyat ko‘rsatsa, o‘sha joyda uning ishi sifatli va unumdorligi yuqori bo‘ladi. Chunki, kishi kasb o‘rganar ekan, u albatta, o‘zi sevgan yo‘nalishga ixtisoslashadi, keyin bu sohada qiziqish va mehr bilan ishlaydi.
Milliy iqtisodiyot tarmoqlarini kadrlar bilan ta’miniash va boshqarishdagi ma’muriy-buyruqbozlik usullaridan voz kechish bozor munosabatlariga mos keladigan kadrlar salohiyatiga ta’sir etishning yanada samarali vosita va shakllariga
o'tishni zaruriyat qilib qo‘yadi.
Hozirgi kunda iqtisodiyotni boshqarishning barcha bo‘g’inlarida «Hammasini
106
kadrlar hal etadi» kabi tushuncha asoslangan tezisga qaytish sodir bo‘lmoqda. Bunda kadrlarning malakaviy tayyorgarligi, omilkorligi, ishlab chiqarish madaniyati ko‘zda tutilmoqda. Ammo, shu o‘rinda ta’kidlash kerakki, milliy iqtisodiyotda band bo'lgan ko‘pchilik xodimlar bozor iqtisodiyoti sharoitida faoliyat ko‘rsatishga tayyor emaslar. Xodimlaming sifat tarkibi katta tashvish tug’dirayapti,
chunki, ularning texnik, texnologik, iqtisodiy, huquqiy va tabiatni muhofaza qilish sohasidagi bilimlari nafaqat kelajak, balki hozirgi sharoit talablariga ham to'la javob bermaydi. Bozor va ko‘p ukladli iqtisodiyot universal qobiliyatli xodimlami talab etar ekan, kadrlar tayyorlashdagi uzoq davom etgan texnokratik siyosat natijasida hozirgi vaqtda ko‘pchilik xo'jaliklarda asosan tor ixtisosli malakaga ega bo'lgan, bozor munosabatlari sharoitiga ko'nikishga qiynalayotgan kadrlar faoliyat ko'rsatishmoqda.
Kadrlar bozorini o‘rganuvchi mutaxassislarning flkricha, qachonki hozirgi zamon sharoitida ishlashni istaydiganlar jami kadrlar salohiyatining 20-30% ini tashkil etsagina, kadrlar tarkibida qayta qurishning samarasi bo‘ladi. Mamlakatimiz qishloq xo'jaligi tarm oqlarida faoliyat ko‘rsatayotgan ishlovchilarning umumiy soni oliy va o‘rta ma’lumotli mutaxassislar hamda kasb—ta’lim kollejlarini bitirganlardan iborat. (75)
Rivojlangan bozor munosabatlariga o'tishning jahon tajribalarining shundan guvohlik berishica, kadrlar muammosini e’tibordan chetda qoldirish yoki unga yetarlicha baho bermaslik shunday holatlarga olib keladiki, yetarlicha kapital qo‘yilmalari hamda moddiy vositalar sarflangan taqdirda ham muayyan bozor iqtisodiyoti mexanizmlari to‘laqonli ravishda ishlamaydi yoki umumaii ishlamaydi. Ayniqsa, qishloq xo'jaligi kabi murakkab tarmoqda bu holat yanada yaqqol seziladi. Ishlab chiqarish faoliyati davomida muntazam sarflanadigan turli xil resurslar orasida ayniqsa, shaxs, inson omili har qanday yangilik va o‘zgarishlarga harakatsizlik yoki o‘ta ehtiyotkorlik bilan munosabatda boiadi. Uning ongi Va dunyoqarashini o'zgartirish hamda qaytadan ishlash, awalo, vaqt va qolaversa, anchagina investitsiya
talab etadi. Masalan, tajribali agrar-ekspertlaming xulosasiga ko‘ra, sobiq GDR hududidagi davlat qishloq xo‘jaligi korxonalarini isloh qilish ishlovchi va mutaxassislarda xususiy xo‘jaliklarda ishlash tajribasining yo'qligi tufayli to'xtab qolmoqda, ya’ni fond, ilg’or qishloq xo'jaligi texnikasi yoki investitsiya mablag’lari emas, balki kadrlar omili Olmoniya kabi rivojlangan mamlakatda bozor islohotlarining to‘sig’i bo‘lib turibdi. Holbuki, sobiq GDR agrar sohasi
xodimlarining malakasi sifati juda yuqori deb hisoblanardi.
Bizning respublikamizda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi va boshqarishining barcha tabaqalarida hamma oziq-ovqat majmui, qayta ishlash sanoati, tayyorlov, savdo-sotiq faoliyatlari va boshqalarni qamrab olgan holda kadrlar takror ishlab chiqarish tizimini tubdan chuqur isloh qilish zarur. Bozor munosabatlari sharoitida kadrlar bilan ta’minlashni boshqaruvchi yoki kadrlar marketingi muammolarini biroz mufassal holda ko‘rib chiqishga harakat qilamiz. Kadrlar xizmati va ishlab chiqarishni boshqarishni ba’zi xodimlaming kadrlarni qayta
Do'stlaringiz bilan baham: |