Axborot kommunikatsion texnologiyalar



Download 1,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/132
Sana31.12.2021
Hajmi1,8 Mb.
#215814
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   132
Bog'liq
АХБОРОТ ХАВФСИЗЛИГИ Ўкув Кулланма

Huquqiy  himoya  -  bu  biz  himoya  qilmoqchi  bo‘lgan  har  qanday  tashkilot 
(davlat  idorasi,  korxona)  ning  huquqiy-normativ  bazalari  va  ularni  amalga 
oshirishning tashkiliy masalalarini huquqiy himoyasini hosil qilish. 


55 
Xavfsizlikning  tashkiliy  himoyasi  -  Ishlab  chiqarish  jarayoni  va  xodimlar 
o‘rtasida o‘zaro bog‘lanishni normativ-huquqiy asosda ta’minlash. 
Injener-texnik himoya - tashkilot (davlat idorasi, korxona)  faoliyatiga zarar 
keltirishni oldini oluvchi turli xildagi texnik vositalardan foydalanish. 
 
3.2§ Tashkilot ishchi kompyuterlarining axborot xavfsizligini ta’minlash 
 
Bugungi  kun  axborot  almashinish  vositalari  bo‘lmish  Internet,  mobil  aloqa, 
televideniya, radio va boshqalarning takomillashib, ommalashib borayotgan davrda 
davlat  va  xo‘jalik  boshqaruvi  organlari  hamda  tashkilotlarda  axborot  tizimlari  va 
resurslari axborot xavfsizligini ta’minlash dolzarb masalaga aylanib bormoqda. 
Bugungi kunda axborot xavfsizligini ta’minlash qay darajada amalga oshirilmoqda 
degan savolga javob izlagan mutaxassislar bu sohada davlat va xo‘jalik boshqaruvi 
organlari hamda tashkilotlarni 3 guruhga ajratishgan. 
1-guruh.  Tashkilotda  axborot  xavfsizligi  bilan  hech  kim  shug‘ullanmaydi. 
Axborot  xavfsizligini  ta’minlash  dasturiy  ta’minot  orqali  amalga  oshiriladi.  (Kod 
ya’ni  parol,  foydalanishlarni  chegaralash  va  h.k).  Barcha  savollar  tarmoq 
administratori doirasida hal etiladi. 
2-guruh.  Axborot  xavfsizligi  texnik  masala  sifatida  qaraladi.  Bu  guruhda 
axborot  xavfsizligini  ta’minlash  maqsadida  1-guruh  amallariga  qo‘shimcha 
ravishda nusxa ko‘chirish, antiviruslar, tarmoqlararo ekran (Firewall) ishlatiladi. 
3-guruh.  Axborot  xavfsizligi  tashkilot  rahbariyati  tomonidan  texnikaviy  va 
tashkiliy tadbir sifatida qaraladi. Axborot xavfsizligini ta’minlashga yo‘naltirilgan 
dastur  ishlab  chiqilgan  va  tasdiqlangan  bo‘lib,  yuqoridagi  guruhlardagi  amallar 
bilan bir qatorda pochta va Internet xabarlari, himoyalanish darajasi analizi, ichki 
va tashqi audit amalga oshiriladi. 
Tashkilot 
xodimining 
ishchi 
kompyuterlarida 
mavjud 
axborotlarni 
muhofazalash  bo‘yicha  axborot  xavfsizligi  siyosati,  axborot  xavfsizligini 
ta’minlash borasida ichki normativ hujjatlar (Reglament, chora-tadbir, yo‘riqnoma 
va boshqalar), konfidentsial ma’lumotni oshkor etmaslik  haqida kelishuv (mehnat 


56 
shartnomasiga  qo‘shimcha  band)  normativ  hujjatlarda  tegishli  bandlar  kiritilgan 
bo‘lishi bilan birga quyidagi choralarni ko‘rish tavsiya etiladi: 
­  axborot xavfsizligi bo‘yicha xodimlar malakasini oshirish; 
­  tarmoq kabellarini o‘tkazishda texnik me’yor talablariga rioya qilish
­  kompyuterlar tizim bloklarini muhrlash; 
­  tizimlarga kirish parollarini o‘rnatish; 
­  administratorlik huquqini cheklash; 
­  USB-port, DVD-RW vositalaridan foydalanishni tartibga solish; 
­  Wi-Fi,  3G  modem  qurilmalaridan  o‘zboshimchalik  bilan  foydalanishni 
ta’qiqlash; 
­  internet tarmog‘i trafigini nazorat qilish; 
­  litsenziyaga ega dasturli antivirus bilan ta’minlash va o‘z vaqtida antivirus 
bazalarini yangilab borish; 
­  tarmoqlararo ekran (Firewall) ni to‘g‘ri sozlash. 
Davlat  va  xo‘jalik  boshqaruvi  organlari  hamda  tashkilotlar  tomonidan 
yuqorida  sanab  o‘tilgan  tadbirlarni  amalga  oshirish  tashkilotning  axborotlarni 
muhofazalashga yordam beradi. 
 

Download 1,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish