Parda hosil qiluvchilarning aralashmalari asosidagi lok-bo‘ yoq materiallari. Moyli va emalli bo‘yoqlarning tarkibida faqat bitta parda hosil qiluvchi bo‘yoqlar bo‘lsa, bo‘yoq xususiyatlari bo‘yicha kamchilikka ega bo‘ladi. Shuning uchun lok-bo‘yoq ma-teriallari ishlab chiqarishda parda hosil qiluvchilarning aralash-malaridan (modifikatorlardan) foydalaniladi. Yuqorida keltirilgan alkidli smolalar juda keng tarqalgan modifikator hisoblanadi. Ma salan, qoplamaning adgezion xususiyatini, elastikligi va yaltiroq ligini oshirish uchun emallarga gliftalli smolalar qo‘shiladi. Bun-day modifikator asosida qurish tezligi bo‘yicha toza nitroemalga xos, qoplamaning xususiyatlari bo‘yicha esa gliftalga xos bo‘lgan nitrogliftalli emal olinadi.
Parda hosil qiluvchilarning aralashmalari asosidagi emallar jumlasiga МЛ–12 turidagi melaminalkidli emallar ham kiradi. Melaminalkidli emallar avtomobillarning kuzovlari, qanotlari va kabinalarini bo‘yashda ishlatiladi. Ular alkidli va melaminformal-degidli smolalar aralashmasidagi pigmentlar suspenziyasidan iborat bo‘ladi. Melaminalkidli emallarning qovushoqligini ta’minlashda solvet yoki maxsus erituvchilardan (№ 651 va boshqalar) foyda-laniladi. Melaminalkidli emallar asosida yuqori sifatli qoplama-lar hosil qilish uchun ularni yuqori haroratlarda (120–140°C) qu-ritish lozim. Ular jilolamasdan turib yaxshi yaltiraydigan, suv va neft mahsulotlari ta’siriga chidamli, elastik, qattiq qoplama olish imkonini beradi. МЛ–12 turidagi emallar taxminan 100 xil rangda ishlab chiqariladi.
Avtomobil sanoatida МЛ–12 turidagi bo‘yoqlardan tashqari boshqa turdagi parda hosil qiluvchilarning aralashmalari asosidagi
276
bo‘yoqlardan ham foydalaniladi. Bunday bo‘yoqlar jumlasiga qu yidagilar kiradi: ГФ–017 melaminalkidli gruntovkalari (fosfatlan-gan sirtga ega bo‘lgan uzel va detallarni bo‘yashda ishlatiladi); МЛ– 152 emali (yuk avtomobillarining kabina va qanotlarini bo‘yashda ishlatiladi); МЛ–197 va МЛ–1100 emallari (yengil avtomobillarn-ing kuzovi, qanotlari va uzellarini bo‘yashda ishlatiladi); МШ–123 markali mochevina-alkidli emallar (avtomobil ramalari, g‘ildirak disklari, radiatorlar va boshqa detallarni bo‘yashda ishlatiladi); МШ–145 (yuk avtomobillarining metall va taxta platformalarini bo‘yashda ishlatiladi); ФЛ–787 markali fenolformaldegid-alkidli emal (yonilg‘i baklarining ichki sirtlarini bo‘yashda ishlatiladi); MC–006 markali alkidli-stirolli shpaklovka, MC–17 markali emal (dvigatelni bo‘yashda ishlatiladi) va boshqalar.
Termoplastik smolalardan olinadigan perxlorvinilli va akrilli emallar metallar, yog‘och, betonni bo‘yashda keng ishlatiladi. Ho-sil bo‘lgan pardalar yonmaydi, nam ta’siriga chidamli, neft mah-sulotlari tegadigan sharoitda ham ishlay oladi. Perxlorvinilli emal lar xona haroratida 2–3 soat mobaynida quriydi. Akril smolalar asosida olingan emallar yaxshi mexanik xossalarga ega. Agar ular epoksid gruntovka ustidan surtilsa, qoplama 6 yilgacha yaroqli ho-latda saqlanadi.
Ko‘pgina lok-bo‘yoq materiallar epoksid smolalar, bakelit loki kabi termoreaktiv smolalar asosida olinadi. Plastifikator emallar 200–300°C gacha haroratda ham ishlay oladi. Ularning ko‘pchiligi sovuqlayin (xona haroratida) qurishi mumkin. Agar qoplama 110– 140°C haroratda qizdirib quritilsa, xossalari yaxshilanadi.
Kremniyorganik smolalar asosida issiqqa chidamli bo‘yoqlar ishlab chiqariladi.
Ishlab chiqariladigan loklar, bo‘yoqlar markalarining ko‘pligi va ularni belgilashda bir xillikning yo‘qligi anchagina qiyinchiliklar tug‘diradi. Har bir muayyan holda ushbu material uchun berilgan tavsiyalarga rioya qilish zarur. Yengil avtomobillar va yuk avto-mobillarini bo‘yashda ishlatiladigan asosiy lok-bo‘yoq materiallari to‘g‘risida ma’lumot 11. 1- va 11. 2- jadvallarda keltirilgan.
277
Do'stlaringiz bilan baham: |