3. Lok-bo‘yoq materiallari va ular asosidagi qoplamlarni markalash
Mamlakatimizda lok-bo‘yoq materiallari 825–73- sonli Davlat standartiga ko‘ra, ular asosidagi qoplamlar esa 9. 032–74- sonli
Davlat standartiga ko‘ra markalanadi.
9825–73- sonli Davlat standartiga ko‘ra loklar, gruntovkalar, shpaklovkalar va bo‘yoqlarni markalashda chapdan o‘ngga tomon o‘qiladigan 5 ta belgilar guruhidan foydalaniladi:
1- guruhga quyidagilardan biri kiradi: lok, gruntovka, shpaklov-ka, emal.
2- guruhga 2 ta harf bilan ifodalanadigan asosiy plyonka hosil qiluvchilar ko‘rsatilgan bo‘ladi.
Asosiy plyonka hosil qiluvchilar quyidagicha belgilanadi:
Epoksi-efirlar ........................................................................................
|
ЕФ
|
Bitumlar .................................................................................................
|
ВТ
|
Gliftallar ................................................................................................
|
ГФ
|
Pentaftallar ............................................................................................
|
РФ
|
Poliefirlat ................................................................................................
|
PE
|
Fenolli ...................................................................................................
|
ФЛ
|
Perxlorvinilli .........................................................................................
|
XB
|
Poliakrilli ..............................................................................................
|
AK
|
Nitrosellulozali ......................................................................................
|
HC
|
Kanifolli ................................................................................................
|
КФ
|
Shellakli ...............................................................................................
|
ШЛ
|
Eritilgan moyli .....................................................................................
|
MA
|
Polivinilasetatli ......................................................................................
|
ВЛ
|
Poliakril smolalarining sopolimerlari ...................................................
|
AC
|
Melaminli .............................................................................................
|
МЛ
|
Mochevinali ........................................................................................
|
МШ
|
Epoksidli ...............................................................................................
|
ЕП
|
Alkid-stirolli ..........................................................................................
|
MC
|
Kremniyorganik ....................................................................................
|
КО
|
Yantarli ..................................................................................................
|
ЯН
|
270 271
2- guruh belgisidan so‘ng chiziqdan keyin keladigan 3-guruh belgisi qoplamaning ishlatilish sharoitini belgilaydi.
Vazifasiga ko‘ra lok-bo‘yoq materiallarining ishlatilishi:
Gruntovka va loklar 0
Shpaklovkalar 00
Atmosfera ta’siriga chidamli 1
Atmosfera ta’siriga chidamliligi
chegaralangan (yopiq joyda, xonada
foydalanish tavsiya etiladi) 2
Konservatsion 3
Suv ta’siriga chidamli 4
Teri, rezina materiallarni tashqi
tomondan qoplash uchun 5
Moy va benzin ta’siriga chidamli 6
Kimyoviy ta’sirga chidamli 7
Issiqlik ta’siriga chidamli (60°С dan 500°С gacha) 8
Elektroizolatsion 9
4- belgidagi 1, 2 yoki 3 ta raqam bilan ifodalanadigan belgi ushbu lok-bo‘yoq materialiga berilgan tartib raqamini ko‘rsata-di va 3- belgi bilan 4- belgi orasida chiziqcha bo‘ladi yoki uzilish bo‘lmaydi.
5- guruh belgisida bo‘yoqning rangi ko‘rsatilgan bo‘ladi. Masalan, gliftal smola asosidagi gruntovka – ГФ–020, nitrolok
asosidagi shpaklovka – HC–008. Tashqi qoplam hosil qilish uchun zangori himoyalovchi nitroemal – HC–11–15 himoyalovchi-zan-gori. Atmosfera ta’siriga chidamli jigarrang moyli bo‘yoq MA–11 jigarrang ko‘rinishida belgilanadi.
Lok-bo‘yoq materiallari asosida olinadigan qoplamlar chapdan o‘ngga qarab joylashtiriladigan quyidagi elementlar asosida belgi-lanadi:
– qoplamning asosiy materiali markalanishi (9825–73- sonli
Davlat standarti bo‘yicha);
– tashqi ko‘rinishi bo‘yicha qoplam klassi (rim raqami bilan I dan VII gacha belgilanadi);
272
– qoplamning ekspluatatsiya sharoiti.
Ekspluatatsiya sharoiti bo‘yicha qoplamlar quyidagi guruhlar-ga bo‘linadi: P – xona ichida chidamli (avtomobillarning ichini bo‘yashda ishlatiladi); A – atmosfera ta’siriga chidamli (avtomobil larning tashqi sirtlarini bo‘yashda ishlatiladi); T – issiqlik ta’siriga chidamli (termik sexlarning jihozlari bo‘yaladi); E – elektroizolat-siyalovchi (elektr uskunalari bo‘yaladi); X – kimyoviy ta’sirlarga chidamli (akkumulatorlarni ta’mirlash uchastkalarining uskunalari bo‘yaladi); XK – kislotalar ta’siriga chidamli; ХШ – ishqorlar ta’siriga chidamli; В – suv ta’siriga chidamli (yuvish uskunalarini bo‘yashda); Б – benzin ta’siriga chidamli (yonilg‘i baklari, yonilg‘i quyish uskunalari bo‘yaladi); M – moy va konsistent surkov mate-riallari ta’siriga chidamli.
Masalan, moy ta’siriga chidamli melaminoalkidli qizil rangli qoplam quyidagicha markalanadi: Emal МЛ–12–90, qizil, II, M.
4. Asosiy lok-bo‘yoq materiallari
Do'stlaringiz bilan baham: |