MATERIALLARNING ZAHARLILIGI VA TEZ ALANGALANUVCHANLIGI (YONG‘IN JIHATDAN XAVFLILIGI)
1. Yonilg‘i-moylash materiallari va maxsus suyuqliklarning zaharliligi
Yonilg‘i-moylash materiallari va maxsus suyuqliklarning barcha turlari biror-bir darajada zaharli va yong‘in jihatidan xavflidir. Shu ning bilan birga, yonilg‘i va organik erituvchilar portlash jihatidan ham xavfli hisoblanadi. Shuning uchun avtotransport korxonalari (ATK) ishchi xodimlari avtomobillarda ishlatiladigan ashyolarning ekologik xususiyatlarini yaxshi bilishlari lozim. Yonilg‘i-moylash materiallari va maxsus suyuqliklarning ekologik xususiyatlari de-ganda, ularni tashish, saqlash, quyish yoki almashtirish jarayon-larida odam va atrof muhitga ta’siri tushuniladi. Muhim ekologik xususiyatlarga zaharlilik, yong‘in jihatdan va portlash jihatidan xavflilik hamda elektrlanish xususiyatlari kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |