Avtomobil XX asr sivilizatsiyasining yorqin ramzi hisoblana-di. Transportsiz, jumladan, avtomobil transportisiz xalq xo‘jaligini tasavvur etib bo‘lmaydi



Download 1,52 Mb.
bet73/121
Sana01.02.2022
Hajmi1,52 Mb.
#423463
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   121
Bog'liq
avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar

Motor

Trans-

Maxsus

Plastik







Transport turi

mission

surkov













moyi, l

moy, l

moy, l

moylari, kg




Benzin va suyultirilgan gaz bilan
















ishlaydigan yengil

avtomobillar,

2,4

0,3

0,1

0,2




yuk avtomobillari va avtobuslar
















Dizel yonilg‘isida ishlaydigan yuk

3,2

0,4

0,1

0,3




avtomobillari, avtobuslar



















Dizel

yonilg‘isida

ishlaydigan
















yo‘lsiz

joylarda foydalaniladigan

5,0

0,5

1,0

0,3




БелАЗ yoki МоАЗ avtomobillari

















  1. 7. Yonilg‘i va moylash materiallarini tejash

Yonilg‘i va moylash materiallarini tejash deganda, yonilg‘i va moylash materiallaridan oqilona foydalanish, ularning sifatini saqlash, isrof bo‘lishini va sarfini kamaytirish bo‘yicha qo‘llani­ ladigan chora-tadbirlar tushuniladi.


Yonilg‘i va moylash materiallari uchun xarajatlarning umumiy xarajatlardagi ulushi 40–45 foizni tashkil etadi. Shuning uchun yonilg‘i va moylash materiallari sarfini kamaytirish tashish tan-narxini pasaytirish, shuningdek, energetika va mehnat resurslaridan tejab-tergab foydalanishda muhim ahamiyatga ega. Neft mahsulot-


213
larining miqdor va sifat yo‘qotishlarining oldini olish avtomobil transportining texnik iqtisodiy ko‘rsatkichlarining yaxshilanishiga, ularning uzoq muddat ishonchli ishlashiga, shuningdek, atrof muhit ifloslanishining oldini olishga imkon beradi. Shuning bilan birga, neft mahsulotlarining isrof bo‘lishiga qarshi kurashish muhim iqti-sodiy, texnik, ijtimoiy va ekologik ahamiyatga ega.


ATKlarda neft mahsulotlari isrof bo‘lishining oldini olishga bir qator tashkiliy-texnikaviy tadbirlarni amalga oshirish natijasi-da erishiladi. Bu tadbirlarning eng samaralilari quyidagilardir: yuk va yo‘lovchi tashish, shuningdek, yonilg‘i va moylash mate-riallaridan oqilona foydalanish; avtomobillarning texnik sozligini ta’minlash; neft mahsulotlari sarfini hisobga olish; haydovchilar va ta’mirlovchilar malakasini oshirish; nazorat xizrnatini tashkil etish, yonilg‘i moylash materiallari sarfini kamaytirishda faol ishtirok et-gan haydovchilar va ishchi-xodimlarni rag‘batlantirish.


ATKlarda yonilg‘i va moylash materiallarini tejash bo‘yicha tashkiliy-texnik tadbirlarning istiqboldagi va yillik rejalari tuzila-di. Reja tuzishda ishlab chiqarish samaradorligini oshirish bo‘yicha yillik va istiqboldagi rejalar, yonilg‘i va moylash materiallarining solishtirma me’yorlarini kamaytirish bo‘yicha tadbirlar dastlabki ma’lumotlar sifatida qabul qilinadi. Reja tuzishga ATKning rahbar va muhandis-texnik xodimlari, ilg‘or haydovchilar, ishchi va xiz-matchilar jalb etiladi.


Tadbirlar rejasi, odatda, jadval ko‘rinishida rasmiylashtiriladi. Rejada tadbir nomi, amalga oshirilish muddati, bajarishga mas’ul shaxs, samaradorlik, rejadagi xarajatlar va moliyalashtirish man-balari, zarur materiallar, jihozlar va boshqalar keltiriladi. Reja ATK rahbari tomonidan tasdiqlanganidan so‘ng amalga kiritiladi. Rejan-ing bajarilishini nazorat qilish va umumiy rahbarlik ATKning bosh muhandisi zimmasiga yuklatiladi.


Neft mahsulotlaridan oqilona foydalanish va ularni tejash maq-sadida ATKda quyidagi nazoratlarni amalga oshirish lozim:


– yonilg‘i-moylash materiallarining solishtirma sarfi me’yorla­ rini pasaytirish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish;


214

– yonilg‘i va moylash materiallarini tejash;

– neft mahsulotlaridan samarali foydalanishni doimiy tahlil qilib borish,


– ularni ro‘yxatdan chiqarishni yonilg‘i quyish qaydnomalarida emas, balki haqiqiy sarf asosida amalga oshirish;


– yilning sovuq mavsumlarida dvigatel va agregatlarni qizdi­ rishda yonilg‘i va moylarining ortiqcha sarflanishiga barham be­ rish, doimiy marshrutlarda ishlaydigan avtomobillar uchun yonilg‘i­ sarfming diferensial me’yorlarini qo‘llash;


– avtomobillarning to‘la texnik soz holda ishga chiqarilishini ta’minlash;


– neft mahsulotlaning invertarizatsiya qilish, neft mahsulotla­ rining ifloslanishi, isrof bo‘lishi, o‘g‘irlanishi va ortiqcha sarflani-shi bo‘yicha taftish o‘tkazish.


Yuk va yo‘lovchi tashishni tashkil etish yonilg‘i va moylash materiallaridan samarali foydalanish va ularni tejashga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Tashishni oqilona tashkil etishda asosiy vazifani ATKning ishchilari bajaradi. Bu ishchilarga quyidagi majburiyatlar yuklanadi:


– tashishni tashkil etishni takomillashtirish, yuqori samara be-ruvchi marshrutlarni ishlab chiqish, kunlik ish grafiklarini shlab chiqish;


– avtomobillarning yuksiz yurishiga barham berish yoki yuksiz yurish masofalarini imkon qadar qisqartirish;


– samarasiz tashishlarni kamaytirish;


– yuk tashishda avtomobillarning yuk ko‘taruvchanligini qat’iy e’tiborga olish;


– tirkamalardan oqilona foydalanish;


– ortish, tushirish ishlarini yuqori darajada mexanizasiyalash­ tirishni ta’minlash va yuk tashishda konteynerlardan foydalanish;


– avtomobillarning yuk ko‘taruvchanligidan mumkin qadar yax-shiroq foydalanish;


– transport vositalarining marshrutlardagi ishini nazorat qilishni kuchaytirish;


215
– bajarilgan transport ishi miqdoriga qo‘shib yozishga barham berish choralarini qo‘llash yo‘li bilan yonilg‘i va moylash material-larining boshqa maqsadlarda ishlatilishiga yo‘l qo‘ymaslik;

– haydovchilar bilan birgalikda nisbatan iqtisodiy samarali harakat marshrutlari va tezliklarini ishlab chiqish;


– yo‘lovchi tashishning takomillashgan usullarini keng qo‘llash. Avtomobil va dvigatellarning texnik holati yonilg‘i va moylash


materiallari sarfiga ta’sir ko‘rsatadi. Avtomobil transportida yonilg‘i va moylash materiallarini tejash bo‘yicha tavsiyalarda quyidagilar qayd etilgan:


– tormoz va g‘ildirak gupchaklarining noto‘g‘ri sozlanishi yo­ nilg‘i sarfining 10–20 foizga, moy va surkov moylari sarfining 30–


50 foizga ortib ketishiga olib keladi;


– g‘ildiraklarni yaqinlashtirishning me’yordan ortib ketishi nati-jasida yonilg‘i va moylash materiallarining sarfi 10–15 foizga or-tadi;


– shinalardagi havo bosimini me’yordan 0,05 MPa ga kam bo‘li-shi yonilg‘i va moylash materiallari sarfini 4–5 foizga, havo bosi-mining 0,1 MPa ga kamayishi esa 10 foizga ortishiga olib keladi;


– klapanlarning noto‘g‘ri sozlanishi natijasida yonilg‘i sarfi 5–8 foizga, moy sarfi esa 15–20 foizga ortadi.


Yonilg‘i va moylash materiallari sarfining ortishiga ta’minlash tizimi, yondirish va moylash tizimlaridagi nosozliklar sezilarli ta’sir etadi. Avtomobillarda uchraydigan nosozliklarning 10 foizdan or-tig‘i ta’minlash tizimidagi nosozliklarga to‘g‘ri keladi, buning natijasida yonilg‘i sarfi 20–40 foizgacha ortadi. Sakkiz silindrli dvigatelning bitta yondirish shami ishlamaganida yonilg‘i sarfi


15–18 foizga, ikkita shami ishlamaganida esa, 40 foizgacha orta-di. Dizel dvigatelining bitta forsunkasi nosoz bo‘lganida, yonilg‘i sarfi 20–30 foizga ortadi. Uzgich-taqsimlagich kontaktlari orasida-gi tirqishning me’yordan 0,2 mm ortiq qilib sozlanishi natijasida yonilg‘i sarfi 7–10 foizga ortadi. Shuningdek, o‘t oldirishni ilga­ rilatish burchagining tirsakli valning burilish burchagiga nisbatan


5° ga kechikishi natijasida yonilg‘i sarfi 6–8 foizga ortadi.


216

Shunday qilib, avtomobillarni tejamli ishlatishga qaratilgan tad-birlar ichida transport vositalarining texnik soz holda bo‘lishini ta’minlovchi tadbirlar muhim ahamiyatga ega.

Avtomobillarni haydash saviyasi ham, yuqorida aytib o‘tilga-nidek, yonilg‘i va moylash materiallarini tejashga katta ta’sir ko‘r­ satadi. Tajribalar ko‘rsatishicha, bitta avtomobil aynan bir marsh­ rut bo‘yicha turli malakaga ega bo‘lgan haydovchilar tomonidan boshqarilganida, yonilg‘i va moylash materiallari sarfidagi farq 20–40 foizni tashkil etadi.


Bundan yonilg‘i va moylash materiallarini ishlatishning oqilona tashkil etilishi ko‘p jihatdan haydovchiga bog‘liqligi kelib chiqadi. Yonilg‘i va moylash materiallaridan imkoniyat qadar samarali foy-dalanishni ta’minlash uchun haydovchilar o‘z malakalarini doimo oshirib borishlari, avtomobil haydashning ilg‘or usullari va uslu-blarini o‘rganishlari va amalda qo‘llashlari lozim. Avtomobil trans-portida neft mahsulotlarini tejash samaradorligini oshirish yo‘na­ lishlaridan biri haydovchilarni o‘qitishda elektrik sxemali turli xil trenajorlar, shuningdek, avtomobillarni ma’lum ish sharoitlarida boshqarishdan foydalanish lozim.


Yonilg‘i-moy tarqatish va moylash ishlarini hamda moy xo‘jali­ gini tashkil etish ham ATKda neft mahsulotlarining tejamli ishla­ tilishiga sezilarli darajada ta’sir etadi. Avtomobillarga yonilg‘i qu­ yish, odatda, avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalarida talon asosida amalga oshiriladi. Moylarni almashtirish, avtomobilning uzel va agregatlariga moy quyish va to‘ldirish ishlarini tashkil etish uchun har bir ATKda zamonaviy talablarga javob beruvchi moy xo‘jaligi bo‘lishi lozim.


Neft mahsulotlarini tashish, qabul qilish, saqlash va tarqatish-da, odatda, ularning isrof bo‘lishi kuzatiladi. Neft mahsulotlarining isrof bo‘lishi tabiiy (bug‘lanish), ekspluatatsion (ifloslanish, suv aralashishi, turli marka va navlarning aralashib ketishi, to‘kilishi, oqishi, to‘la quyib olmaslik) va avariya (to‘kilib ketish, yong‘in, portlash) turlariga bo‘linadi.


217
Odatda, yonilg‘i omborlarida yonilg‘ini bug‘lanishidan is-rof bo‘lishi umumiy isroflarning 75 foizini tashkil etadi, qolgan 25 foizi esa to‘kilish, aralashish, sizish va boshqalar hisobiga amal-ga oshadi.


Yonilg‘ining ishlab chiqarilishidan uni avtomobillar yonilg‘i baklariga quyishgacha bo‘lgan davr mobaynida benzinning bug‘la-nishi hisobiga isrof bo‘lishi 1,5–2 foizga yetadi. Shuning uchun yonilg‘ining bug‘lanishi hisobiga kamayishining oldini olish uchun quyidagi zarur chora-tadbirlarni qo‘llash lozim: ularni yer ostiga joylashtirilgan sig‘imlarda saqlash, yer ustiga joylashtirilgan sig‘im va taralarni oqish rangga bo‘yash, sig‘im va taralarning zichligini ta’minlash, gaz bug‘i hosil bo‘ladigan muhit hajmini kamaytirish va boshqalar.


Sig‘imlarning qanday rangga bo‘yalishi yonilg‘ining yil davo­ mida bug‘lanishdan isrof bo‘lishiga quyidagicha ta’sir etadi.








Absolut

Nisbiy




foizlarda

foizlarda

Qora .......................................................................................

1,24

100

Qizil, zangori .........................................................................

1,14

92

Kulrang ..................................................................................

0,99

78

Aluminrang .............................................................................

0,83

67

Avtomobil benzinlarini yil davomida turli xil sharoitlarda saqlashda yonilg‘ining nisbiy isrof bo‘lishi (foiz hisobida) quyida keltirilgan:





Yer ostiga joylashtirilgan ............................................................................

0,18

Yarim yer ostiga joylashtirilgan ..................................................................

0,50

Yer ustiga joylashtirilib, ustiga brezent yopilgan .......................................

0,63

Yer ustiga ochiq holda joylashtirilgan ........................................................

1,03

Yer ustiga joylashtirilgan yog‘och tiqinli ...................................................

1,75

Ishlatilgan neft mahsulotlarini yig‘ish va ulardan oqilona foy-dalanish energetika va mehnat resurslarini tejashning muhim omil-laridir.


218

Neft mahsulotlaridan oqilona foydalanishni ta’minlashda mehnat jamoalari va alohida ishchilarni taqdirlash muhim ahamiyatga ega. Taqdirlash uchun tejalgan ikkilamchi yonilg‘i energetika resurslari tannarxining 50 foizigacha mablag‘ ajratishga ruxsat etiladi. Bu mablag‘lar korxonaning rag‘batlantirish jamg‘armasiga kiritiladi.


  1. 8. Yonilg‘i va moylash materiallari sifatini tiklash

Tashish va saqlashda kondension xususiyatlarini yo‘qotgan yonilg‘i va moylarning sifatini ATK omborxonasi sharoitida trans-port boshqarmasining laboratoriyasi rahbarligida texnik shartlar va davlat standarti talablari darajasigacha tiklash mumkin.


Yonilg‘ining quyidagi ko‘rsatkichlari tiklanadi: oktan soni; an-tidetonatorlar, haqiqiy smolalar, oltingugurt, mexanik aralashmalar va suv miqdori; fraksion tarkibi; zichligi; qovushoqligi; chaqnash harorati. Moylarning esa quyidagi ko‘rsatkichlari tiklanadi: qo-vushoqligi; chaqnash harorati; kislota soni; zichligi; mexanik ara­ lashmalar va suv miqdori. Shuningdek, sovituvchi suyuqliklarning tarkibidagi komponentlar, qo‘shilmalar va mexanik aralashmalar miqdori tiklanadi. Sifat ko‘rsatkichlari belgilangan chegaralardan chetga chiqqan (mexanik aralashmalar va suv miqdoridan tashqa-ri) mahsulotlarni tiklashda, shu ko‘rsatkich bo‘yicha sifat zaxirasi-ga ega bo‘lgan shu nomdagi mahsulot bilan aralashtirish usulidan foydalaniladi. Kondension bo‘lmagan neft mahsulotlarini aral-ashtirish usuli bo‘yicha tiklashdan oldin quyidagi ishlarni bajarish lozim: hisoblash yo‘li bilan aralashma tarkibiga kiruvchi mahsulot-lar miqdorini aniqlash; bajarilgan hisob natijalarining to‘g‘riligini aralashmaning laboratoriyada maxsus tayyorlangan namunasi tah-lili asosida tekshirish; aralashtirish uchun sig‘im yoki taralar, hay-dash va boshqa zarur jihozlarni tayyorlash. Aralashmaning fizika-viy-kimyoviy ko‘rsatkichlari (oktan soni, zichligi, kislotaliligi va kislota soni, antidetonator miqdori, haqiqiy smolalar va oltingugurt miqdori) qiymati har qaysi tashkil etuvchining o‘rtacha arifmetik qiymatiga ega.


219
Belgilangan talablarga to‘liq javob bermaydigan mahsulotni tiklash uchun zarur sifat zaxirasiga ega bo‘lgan mahsulot miqdori quyidagi formula asosida topiladi:



Download 1,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish