Oltingugurtli aktiv birikmalar borligini tekshirish. Tek-shirish yonilg‘ini mis plastinkada sinash yo‘li bilan o‘tkaziladi. Buning uchun sof elektrolitik misdan tayyorlangan, jilolangan plastinka sinalayotgan yonilg‘iga botiriladi va 50°C haroratgacha isitilib, shu haroratda uch soat tutib turiladi. Agar isitishning im-koni bo‘lmasa, xona haroratida bir sutka tutib turish mumkin. Sinov oxirida plastinka qora dog‘lar bilan qoplansa yoki to‘q kulrangga kirsa, yonilg‘ida oltingugurtli birikmalar bo‘ladi. Bunday yonilg‘i ishlatishga yaramaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |