Quyqalarni tozalash. Quyqani mavsumiy texnik xizmat ko‘rsatish vaqtida tozalab turish zarur. Barcha tipdagi dvigatel-lar uchun bu maqsadda sut kislota (60 g/l), xrompikdan (20 g/l), kalsiylangan soda (100 g/l) va xrompik (2–3 g/l) aralashmasidan foydalanish mumkin. Ishlov berishdan oldin dvigateldan termostat chiqarib olinib, unga eritma quyiladi va 6–8 soat davomida ishlati-ladi. So‘ng eritma quyib olinadi va tizim toza suv bilan yaxshilab yuviladi. Silindrlar blogi cho‘yan kallakka ega bo‘lgan dvigatellar uchun texnik xlorid kislotaning kuchsiz (3–5 foizli) eritmasidan ham foydalanish mumkin. Eritmani quyishdan oldin termostat olib qo‘yiladi. Taxminan 1 soat vaqt o‘tganidan so‘ng dvigatel 5 minut davomida ishlatiladi, undagi eritma bo‘shatib olinadi va sovitish tizimi suv bilan yaxshilab yuviladi.
4. Past haroratda muzlaydigan suyuqliklar
Yilning sovuq mavsumida muzlash harorati past bo‘lgan suyuq-liklar – antifrizlardan foydalanish maqsadga muvofiq. Bu suyuq-liklar etilenglikol (C2H4(OH)2) bilan tarkibida korroziyalanishga hamda ko‘pik hosil bo‘lishiga qarshi qo‘shilmalar bo‘lgan suv
aralashmasidan iborat. Etilenglikol qovushoqligi 25 mm2/s bo‘lgan rangsiz yoki sarg‘ish rangdagi suyuqlik bo‘lib, uni 20°C harorat-
dagi zichligi 1,11 g/sm3, qaynash harorati +197,5°C va muzlash harorati minus 11,5°C. U suv, aseton, turli spirtlar bilan yaxshi aralashadi va neft mahsulotlarida erimaydi. Etilenglikol suv bilan
aralashtirilganida hosil bo‘lgan aralashmaning muzlash harorati har ikkala tashkil etuvchinikidan (etilenglikol va suv) past bo‘ladi.
Etilenglikolning suvdagi eritmasini, eritma tarkibidagi suv miqdoriga bog‘liq holda, muzlash haroratini o‘zgarish qonuniyati 7. 2- rasmda keltirilgan.
2- rasm. Etilenglikolli antifrizlarning zichligi ρ va muzlash haroratining ts antifriz tarkibidagi suv miqdori s ga bog‘liqligi.
174 175
Diagrammadan ko‘rinadiki, etilenglikolning suvdagi eritmasi-ning eng past muzlash harorati minus 75°C ga to‘g‘ri keladi. Bu aralashmaning 33,3 foizi suv va 66,7 foizi etilenglikoldan iborat bo‘ladi. Suv va etilenglikolning har qanday boshqa nisbatlarida aralashmaning muzlash harorati bundan yuqori bo‘ladi. Diagram-madan foydalanib ma’lum ish sharoiti uchun aralashma tarkibining qanday nisbatda bo‘lishi lozimligini aniqlab olish mumkin.
Sovitish tizimida past haroratda muzlaydigan sovituvchi suyuq-liklar (antifrizlar)dan foydalanishning quyidagi afzalliklari mavjud: muzlash harorati past, qaynash harorati yuqori, qovushoqlik xos-salari yaxshi, yonmaydi, issiqlik sig‘imi va issiqlik o‘tkazuvchanli-gi ancha yuqori, muzlaganida hajmi kattalashmaydi.
Etilenglikolning suvdagi eritmalari po‘lat, mis, aluminiy va ular ning qotishmalarini kuchli korroziyalash xususiyatiga ega. Shuning uchun 1 l antifriz tarkibiga 2,5–3,5 g dinatriyfosfat (Na2HPO4) va 1 g dekstrin qo‘shiladi. Dinatriyfosfat po‘lat va cho‘yanning korro-ziyalanishini kamaytiradi, dekstrin, mis, aluminiy va ularning qo-tishmalaridan tayyorlangan detallar yuzasida esa parda hosil qilib, ularni korroziyalanishdan himoyalaydi. Ruxdan tayyorlangan de-tallarni qo‘shimcha himoyalash talab etiladi, buning uchun antifriz tarkibiga 7,5–8 foiz miqdorida molibden oksidli natriy (Na2MoO4)
qo‘shiladi va antifriz markasida m harfi bilan ifodalanadi. Etilenglikolli suyuqliklarning hajmiy kengayish koeffitsiyenti
ning ancha kattaligi (6–8 foizgacha) sovitish tizimiga suyuqlik kam roq (sig‘imining 92–94 foiz qismigacha) quyilishini taqozo etadi.
Antifrizlarning ikki turi: tosollar (Тосол А, Тосол A–40 va Тосол А–65) va past haroratda muzlaydigan 40 va 65 markali suyuqliklar ishlab chiqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |