Suvga magnit bilan ishlov berish. Suvni yumshatishda mag-nit bilan ishlov berish usulidan keng foydalaniladi. Bunda magnit-li filtrlardan foydalaniladi (7. 2- rasm). Magnitli filtrlar doimiy va elektrik magnitdan iborat bo‘lib, qattiq suv magnit qutblar orasidan o‘tkaziladi. Magnit kuch chiziqlari kesishganida quyqa hosil qiluv chi tuzlar parchalanadi va cho‘kadi. Suv bu cho‘kindilardan filtr-lash yo‘li bilan osongina tozalanadi.
173
Korroziya va cho‘kindi hosil bo‘lishiga qarshi qo‘shilmalar-dan foydalanish. Sharoit qattiq suvdan foydalanishni taqozo etsa, suvning antikorrozion xususiyatini oshirish uchun sovitish tizimiga quyqalarni eritib yuborish yoki zarralarni yuzalarga o‘tirishining oldini oluvchi qo‘shilmalar kiritiladi. Bunday mbddalar jumlasi-ga geksametafosfat (5–6 mg/l), trinatriytosfat (0,2–0,3 mg/l) va xrompik (10–12 mg/l) kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |