Surkov moylari tarkibidagi erkin ishqorlar va organik kis-lotalar, mexanik aralashmalar miqdori. Surkov moylarining kor-rozion aktivligini belgilovchi erkin ishqorlar moy tarkibida, massa-si bo‘yicha 0,1–0,2 foizdan oshmasligi kerak. Detallarning abraziv yeyilishiga sabab bo‘luvchi erkin organik kislotalar va mexanik aralashmalar moy tarkibida bo‘lmasligi lozim.
5. Plastik surkov moylarining markalanishi va ishlatilishi
Plastik surkov moylarining markasi ishqalanuvchi tarmoqning konstruksiyasi (ochiq yoki yopiqligi), bir-biriga ishqalanuvchi sirtlarning ish harorati, ularni yuklanish darajasiga, shuningdek, avtomobildan foydalanishdagi iqlim sharoitlariga qarab tanlanadi.
Ishlab chiqarilishi va avtomobil xo‘jaligida ishlatilishi bo‘yicha umumiy maqsadlarda ishlatiladigan kalsiyli surkov moylaridan keng foydalaniladi. Ulardan eng asosiylari quyidagilardir: solidol
– С (sintetik); press-solidol – C; solidol – Ж (yog‘li); press-solidol
159
– Ж va grafitli – УСс–А. Bu moylar neft moylari va kalsiyli sovun asosida tayyorlanadi. Bunda yog‘li solidollarni tayyorlashda qu-yultirgich sifatida tabiiy moylardan olingan sovundan, qolgan so-lidollarni olishda sintetik yog‘lardan foydalaniladi.
Kalsiyli surkov moylarining, shu jumladan, solidollarning o‘zi-ga xos xususiyati ularning tarkibida suvda erimaydigan quyultir-gich (kalsiyli sovun)ning mavjudligidir. Bu moylar suv ta’siriga barqaror. Shuning uchun bu moylarni ish jarayonida suv kirishi mumkin bo‘lgan tarmoqlarda ishlatish mumkin С solidollarni ish-latish mumkin bo‘lgan eng yuqori harorat +65°C, С press-solidollar uchun esa +50°C. Eng past harorat esa mos ravishda minus 20°C va minus 30°C.
Yog‘li solidollar muayyan xususiyatlari bo‘yicha kalsiyli sinte-tik moylardan birmuncha afzalroq, ammo bu ikki turdagi moylar-ni avtomobillarda o‘zaro almashinuvchi moylar sifatida ishlatish mumkin. Shuning uchun avtotransport korxonalarida yog‘li so-lidollar va yog‘li press-solidollardan foydalanilganida solidol va press-solidollarga tegishli tavsiyalarga amal qilish lozim. Barcha turdagi solidollar, asosan, ochiq ishqalanuvchi tarmoqlarni moy-lash uchun ishlatiladi.
Grafitli surkov moyi УСс–А tarkibida 10 foiz miqdorida mayda-langan grafit qo‘shilgan solidoldir. Bu moylarni tarkibiga aktivator qo‘shilganligi tufayli ularning markasi belgisiga A harfi kiritilgan.
УСс–А moyidagi grafit himoya vositasi hisoblanadi. Mexanizm-lar katta yuklanish ostida va zarb ta’sirida ishlaganida, moy detal-lar orasidagi tirqish orqali sizib chiqqanida grafit detal yuzalarida yupqa parda hosil bo‘lishini ta’minlaydi. УСс–А avtomobil ressor-larini, turli xil troslarni, vintli uzatmalarni (masalan, domkratlarni), ochiq shesternyalar va sirpanish tezligi katta bo‘lmagan katta yuk-lanish ostida ishlaydigan mexanizmlarni moylashda foydalaniladi. Ularni minus 20°C dan 80°C gacha haroratlarda ishlatish mumkin.
Yuqori haroratlarda ham ishlatish mumkin bo‘lgan, umumiy maqsadlarda ishlatiladigan moylar jumlasiga natriyli va natriy-li-kalsiyli surkov moylari kiradi. Bunday moylardan biri yog‘li
160
konstalin УТ–1 bo‘lib, uning tomchilab tushish harorati 130°C va penetratsiyasi 225–275 oralig‘ida bo‘ladi. Uning o‘ziga xos aso-siy xususiyati uning tarkibidagi quyultirgich (natriyli sovun)ning suyuqlanish harorati yuqoriligi va uning suvda erishidir. Shuning uchun yog‘li konstalin УТ–1 ni suv kirmaydigan, lekin yuqori haroratlarda (115–120°C gacha) ishlaydigan tarmoqlarda qo‘llash tavsiya etiladi. Bunday moylar g‘ildirak gupchaklari, kardanli val-lar, boshqarish pedallari o‘qlari va sharnirlari, elektrodvigatelning dumalash podshipniklari uchun mo‘ljallangan.
Avtomobillarning bir qator tarmoqlari tarkibida natriyli-kalsiyli sovun aralashmasi bo‘lgan moylar yordamida moylanadi. Bu tur-dagi moylarning dastlabkilaridan biri 1–13 moyi bo‘lib, bu moy tarkibidagi asosiy quyultirgich (natriyli sovun)ga 1–2 foiz miqdorida kaisiyli sovun aralashtiriladi (bu ikki turdagi sovun kanakunjut moyi asosida tayyorlanadi). Natijada suyuqlanishi bo‘yicha konstalin bi-lan bir xil, suv ta’siriga turg‘unligi esa konstalindan yuqori bo‘lgan surkov moyi olinadi. 1–13 moyidan g‘ildirak podshipniklarini va avtomobilning boshqa tarmoqlarini moylashda foydalaniladi. 1–13 moyiga bo‘lgan ehtiyojning yuqoriligi va bu moyni tayyorlashda foydalaniladigan kanakunjut moyining kamyobligi sintetik kis-lotalar asosidagi natriyli-kalsiyli moylarning ishlab chiqarilishi-ga sabab bo‘ldi. Bulardan biri ЯНЗ–2 surkov moyi bo‘lib, u qi-yin suyuqlanadi va suv ta’siriga chidamsiz. Bu moy minus 30°C haroratgacha g‘ildirak gupchaklari, suv nasoslari podshipniklarini, kardanli vallarning oraliq tayanchlarini, ventilator yuritmasining tayanchini va suv kirishidan zichlamalar yordamida himoyalangan boshqa podshipnikli tarmoqlarni moylash uchun ishlatiladi.
Tarkibida litiyli sovun bo‘lgan moylar eng istiqbolli plastik surkov moylari hisoblanadi. Ular bir qator ijobiy xususiyatlarga ega, jumladan, suv ta’siriga chidamliligi bo‘yicha solidollarga yaqin, suyuqlanish darajasi bo‘yicha qiyin suyuqlanadigan konstalinlarga yaqin va past haroratlardagi xususiyatlari bo‘yicha bu ikki turdagi moylardan afzaldir. Mamlakatimizda ishlatiladigan dastlabki litiyli surkov moyiga ЦИАТИМ–201 markasi berilgan. ЦИАТИМ–201
161
moyi qiyin suyuqlanadigan moy bo‘lib, barcha mavsumlarda taqsimlagich valigi vtulkalarini, generator podshipniklarini, spi-dometrning egiluvchan valini, eshiklarning oshiq-moshiqlarini, g‘ilof ichiga olingan yuritma tortqisini, rul tortqisi sharnirlarini moylash uchun ishlatiladi. Ular kam qovushoqlikka ega bo‘lgan va past haroratlarda qotadigan МВП moyida tayyorlangani uchun ular o‘z xususiyatlarini minus 60°C haroratgacha saqlab qoladi.
Yuqori sifatli ko‘p maqsadlarda ishlatiladigan Литол–24 moyi keng tarqalgan. Uning tarkibiga steorin kislotadan tayyorlangan litiyli sovun qo‘shilgan bo‘lib, natijada minus 40°C dan 130°C gacha haroratlarda ishlatish mumkin bo‘lgan universal moy olin-gan. Литол–24 universal moy bo‘lib, uni barcha turdagi solidollar, konstalin, 1–13, ЯНЗ–2, № 158 lardan foydalaniladigan tarmoqlar-da yil davomida ishlatish mumkin.
Avtomobil generatorlari va statyorlari, elektrodvigatellar, kar-danli birikmalar hamda oyna tozalagichlarning podshipniklarini uzoq muddat ishonchli ishlashini ta’minlash uchun qiyin suyuqla-nadigan (tomchilab tushish harorati 130°C dan ortiq) va suv ta’si-riga chidamli bo‘lgan № 158 moyidan foydalaniladi. № 158 moyi kaliyli va litiyli sovunlar asosida tayyorlanadi. Ularga ko‘k rang beruvchi pigment qo‘shiladi.
Kompleks xususiyatlarga ega bo‘lgan sovun yordamida quyul-tirilgan neft asosidagi yoki sintetik moylar istiqbolli hisoblanadi. Bunday moylar jumlasiga kompleks xususiyatlarga ega bo‘lgan kalsiyli quyultirgichli Униол–1 va uning sovuq ta’siriga chidamli Униол–ЗМ variantlarini keltirish mumkin. Ular odatdagi kalsiyli moylar (masalan, solidol)ga nisbatan bir qator ijobiy xususiyatlar-ga ega, jumladan, issiqlik ta’siriga chidamliligi yuqori (150–170°C haroratgacha ishlatish mumkin).
Konservatsion (himoya) moylaridan BTB–1 va ПВК moylari ko‘p miqdorda ishlab chiqariladi. BTB–1 himoya moyi tolali texnik vazelin bo‘lib, bu surkov moyi korroziyalanmasligi uchun simlar ning uchlariga va akkumulatorlar batereyasining qutb chiqish sim-lariga, kanat tirgagiga, eshik ochilishini cheklagichga, yonilg‘i baki
162
qopqog‘ining prujinasiga hamda sharnirlarga surtiladi. ПВК moyi ham BTB–1 moyi ishlatiladigan tarmoqlarda ishlatiladi. Ular neft moylariga qattiq uglevodorodli quyultirgichlar (parafin va sere zin) aralashmasini qo‘shib tayyorlanadi. Himoyalash xususiyatini yaxshilash uchun 1 foiz miqdorda qo‘shilma qo‘shiladi. Suvda eri maydi va himoya qatlami 2–4 mm bo‘lganida himoyalanadigan de-tallarni 5–10 yil davomida (harorat minus 50°C dan +50°C gacha bo‘lganida) korroziyadan saqlashni ta’minlaydi.
Moylarning tasnifiy belgisida ularning vazifasi va ishlatilish so-hasidan tashqari, quyultirgich turi, ishlatish tavsiya etiladigan haro-rat diapazoni hamda quyuqlik darajasi ko‘rsatiladi.
Quyultirgich sovun tarkibiga kiradigan metallning dastlabki ik-kita harfi bilan belgilanadi: Ka – kaliyli, Li – litiyli, Na – natriyli yoki Li-Ka – litiy-kalsiyli aralash. Ishlatish tavsiya etilgon haro-rat diapazoni kasr ko‘rinishida beriladi, kasrning suratida minus ishorasiz, 10 marta kichraytirilgan minimal harorat, maxrajida esa 10 barobar kichraytirilgan maksimal harorat ko‘rsatiladi. Moyning quyuqlik darajasi 0 dan 7 gacha bo‘lgan shartli son bilan belgila-nadi.
Masalan, Литол–24 nomi bilan chiqariladigan litiyli moyning belgisini keltirish mumkin: M Li 4/13–3. Harflar ko‘p maqsadlarda ishlatiladigan antifriksion moy ekanligini (M), litiyli sovun bilan (Li) quyultirilgan, namligi yuqori bo‘lgan sharoitda ishlay oladigan moy ekanligini bildiradi. Moyni minus 40 dan +130°C gacha (4/13) haroratlar oralig‘ida ishlatish mumkin. 3 raqami harfli son bo‘lib, moyning quyuq-suyuqligini bildiradi. Bu qiymat penetratsiya soni bilan belgilanadi.
Keyingi yillarda bir qator yangi plastik surkov moylari ishlab chiqarilmoqda. Bulardan litiyli surkov moyi Фиол–1 kardanli val ning shlitsali birikmalariga va o‘rindiqni surish moslamalariga sur-tishda ishlatiladi. Bundan tashqari, ШРБ–4, ШРУС–4, ЛСС–15 markali zamonaviy maxsus moylar ishlab chiqarilmoqda, ular ba’zi xususiyatlari bo‘yicha (ish harorati va mexanik turg‘unligining yuqoriligi) solidollar, 1–13 va ЦИАТИМ–201 moylariga nisbatan muayyan afzalliklarga ega.
163
Tarmoqlarda ishlatiladigan moylarning xususiyatlari va o‘zaro almashinuvchanligi moy markasini tanlashda muhim ahamiyatga ega. Moylash materialini va o‘zaro almashuvchisini tanlash ja-rayonini yengillashtirish maqsadida avtomobillarda ishlatiladigan moylarning xususiyatlarini 5 balli tizimda baholash tavsiya etiladi (6. 1- jadval). 1 ball – ushbu mezon bo‘yicha xususiyatlari qoniqar-siz; 2 ball – qoniqarli emas; 3 ball – qoniqarli; 4 ball – yaxshi; 5 ball – a’lo.
Do'stlaringiz bilan baham: |