Surkov moylarining suv ta’siriga turg‘unligi. Bu ko‘rsatkich surkov moyining suvda erishiga qarshilik ko‘rsatish xususiyati-ni tavsiflaydi. Suvda erimaydigan litiyli (masalan, Литол–24) va kalsiyli sovunlar (solidollarning barcha markalari) bilan quyuq lashtirilgan antifriksion surkov moylari nam ta’siriga chidamlidir. Uglevodorodli quyuqlashtirgichlar asosida tayyorlangan himoya surkov moylari suvda mutlaqo erimaydi. Kalsiy-natriyli sovunlar asosida tayyorlangan antifriksion surkov moylari, masalan, ЯМЗ–2 moyi, namga chidamsizligi bilan ajralib turadi. Bu moylarni nam-dan ishonchli himoyalangan (g‘ildirak gupchaklari, ventilator tas-malarini taranglash roliklari va hokazo) ishqalanuvchi tarmoqlarni moylashda ishlatish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |