Atamalar izohi:
Terrorizm – tinch aholini qiynash, qo‘rqitish, jismonan yo‘q qilishga asoslangan siyosat.
Fundamentalizm – eskirib qolgan tushunchalarni tanqidiy qayta ko‘rib chiqishga keskin qarshi chiquvchi, an’anaviy qadriyatlarni tiklash uchun kurashuvchi o‘ta konservativ diniy oqim.
Islom radikalizmi – diniy-siyosiy mafkura va amaliy faoliyat bo‘lib, u musulmon aholi yashaydigan davlatlarning ichki va ular ishtirokidagi xalqaro muammolarni, shuningdek, davlatlararo munosabatlarni shariat asosida hal etish uchun sharoit yaratishga yo‘naltirilgan.
Mujohid – jihodda ishtirok etuvchi musulmon.
Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar
1. Turkiyada 1945 – 1980-yillarda amalga oshirilgan islohotlar qanday natijalarga olib keldi?
2. Turkiyani jadal rivojlanish yo‘liga tushirgan T. O‘zol islohotlari haqida gapirib bering. Bu islohotlar qanday natijalarga olib keldi?
3. Erondagi «Oq inqilob» qanday maqsadlarni ko‘zlagan edi va u qanday natijalarga olib keldi?
4. 1979-yili Eronda shoh rejimining ag‘darilishi va Eron Islom Respublikasining e’lon qilinishiga qanday omillar sabab bo‘ldi?
5. Eron-Iroq urushi qanday natijalar bilan tugadi?
6. Afg‘onistonda 1979-yili amalga oshirilgan «inqilob» afg‘on jamiyatida qanday o‘zgarishlarga olib keldi?
7. Afg‘onistondan sovet qo‘shinlari olib chiqilgandan so‘ng mamlakatda qanday jarayonlar yuz berdi? Mamlakatning tinch rivojlanish yo‘liga o‘tishi qanday kechmoqda?
Mustaqil ish
«Turkiya» xaritasidan foydalanib Kurd ishchi partiyasiga tegishli yerlarni aniqlashtiring.
Internet vositasida Turkiyaga virtual sayohat uyushtiring va mavzuda o‘rganilgan materiallar asosida tarixiy voqeliklarni tahlil qiling.
n.ziyouz.com saytidan Aziz Nesinning «G‘aroyib bolal ar» romanini ko‘chirib oling va o‘qing, kichik o‘quv loyihasini tayyorlab, to‘garak mashg ‘ulotida taqdimotini o‘tkazing.
27-MAVZU. 1946 – 1991-YILLARDA LOTIN AMERIKASI MAMLAKATLARI
Ikkinchi jahon urushidan so‘ng Lotin Amerikasi mamlakatlari iqtisodiy islohotlar o‘tkazishi uchun qulay sharoit vujudga keldi: ular ancha katta valuta zaxirasiga ega bo‘ldi, jahon savdosida ulushi oshdi. Bu hol Lotin Amerikasi mamlakatlarida ommabop, lekin avtoritar rejim larning shakllanishi uchun qulay muhit yaratdi.
1970-yillar oxiri–1980-yillar boshlarida Lotin Amerikasi mamlakatlarida diktatorlik rejimlariga qarshi kurash faollashdi. Bu 1979-yili Nikaraguada inqilobga, Salvador va Gvatemalada isyonchilik harakatining kuchayishiga olib keldi. Janubiy Amerika davlatlari – Ekvador, Peru, Boliviya, Argentina, Braziliya va Urugvayda harbiy rejimlar fuqarolik hukumatlari bilan almashtirildi.
XX asrda Lotin Amerikasi mamlakatlari uchun umumiy bo‘lgan modernizatsiya lash ning uchta – inqilobiy, neokonservativ va islohotchilik variantlari yaqqol ko‘zga tashlanadi. Bu variant larni uchta mamlakat misolida ko‘rib chiqamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |