Astanaqulova zuhraxon baxtiyorjon qizi


MAGISTRLIK DISSERTATSIYASI MAVZUSI YUZASIDAN



Download 0,64 Mb.
bet57/59
Sana01.06.2022
Hajmi0,64 Mb.
#628561
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   59
Bog'liq
01 МАГ ДИСС ЗУХРАХОН Узуликсиз таълимда технология фанини ўқитишда

MAGISTRLIK DISSERTATSIYASI MAVZUSI YUZASIDAN
UMUMIY HULOSALAR VA FARAZLAR.
Magistrlik dissertatsiyasi mavzusi “Oliy ta’lim muassasalarida innovatsion faoliyat ko’rsatuvchi pedagoglarni tayyorlash” deb nomlanib, tadqiqot natijalariga ko’ra quyidagi umumiy hulosalarga kelindi:
- o’qitish sifatini yaxshilash va samaradorligini oshirishda o’qitishning
amaliy o’yinlar dars shakli shaxsni tarbiyalash, rivojlantirish, unga ta’lim berish hususiyatlariga ega bo’lib, mavjud hususiyatlari tufayli o’yinlar qadim-qadimdan xalq pedagogikasining muhim asoslaridan biri bo’lib kelmoqda. Bevosita o’yinlar bolalarda idrok, sezgi, xotira, tafakkur, nutqni rivojlantirishga yordam berish orqali ularni ma’naviy-axloqiy, aqliy, jismoniy va estetik jihatdan tarbiyalashga xizmat qiladi;
- o’qitishning “Modulli-kredit tizimi” dars shakli zamonaviy ta’limning eng takomillashgan shakli bo’lib, talabalarga rivojlangan xorij davlatlarida ta’lim jarayonini o’rganish va shu asosida mamlakatimiz oliy o’quv yurtlarida ushbu tizimni joriy etish, jumladan kelgusi o’quv yilidan Farg’ona davlat unvesitetida ham mazkur “Modul-kredit tizimi” asosida o’quv jarayonining joriy etilishini e’tiborga olib, innovatsion faoliyat ko’rsatuvchi pedagoglarni tayyorlashdagi ahamiyati muhim ekanligi izohlandi;
- “Assesment” texnologiyasidan foydalanib talabalarning bilim, ko’nikma va malakalari darajasini har tomonlama, xolis baholash, shuningdek, o’qituvchi tomonidan talabalarning topshiriqlarni qay darajada o’zlashtirganligi bo’yicha o’z-o’zini tekshirish va baholash me’zonlari orqali hulosa chiqarishni nazarda tutilishi, talabaning bilim sifati va tahlim-tarbiya jarayoni samaradorligini oshirishda pedagogning kasbiy tayyorgarligi, mutaxassis sifatida shakllanganlik darajasi hamda kasbiy kompetentlik sifatlariga egaligini aniqlash va baholashda asosiy rolni o’ynaydi; 
- innovatsion faoliyat ko’rsatuvchi pedagoglarni tayyorlashda innovatsion xarakterga ega vositalardan foydalanish, jumladan, talabalarning o’quv-bilish faolligini oshirish, o’qitish sifatini yaxshilab, samaradorligini oshirishga yordam beruvchi zamonaviy texnologiyalardan biri Vebinar texnologiyalarni innovatsion xarakterga ega vositalar sifatida foydalanish tavsiya etildi;
- o’qitishning muammoli vaziyatlar jarayonida rivojlantiruvchi ta’limning o’ziga xos xususiyatlari shundaki, o’quvchilarda topshiriqlarni bajarishga oid nazariy bilimlarga ega bo’lishi, amaliy ko’nikmalarning shakllanishi va malakalar hosil bo’lish jarayonida yangicha bilimlarning paydo bo’lishi izohlandi;
- o’qituvchining dars o’tish uslubini takomillashtirish omillaridan foydalanib, dars o’tish jarayoni rivojlantirib borsa, zamonaviy ishlab chiqarish talablari jarayoni shakllanadi, o’qituvchilarning salohiyati takomillashadi, natijada ta’lim-tarbiya jarayoni samaradorligi va o’quvchilar bilim sifati yanada yuqori darajaga ko’tariladi;
- ta’limda interfaol usullar qo’llanilganda o’qitish, o’rgatish ishlari o’qituvchi-o’quvchi, o’quvchi bilan o’quvchi, o’quvchi bilan sinf kabi munosabatlar amalga oshirilganligi boyis o’qituvchi butun sinf o’quvchilari bilan ishlay olish imkoniyatiga ega bo’ladi va natijada o’quvchilar bilimi yanada yuqori darajaga ko’tariladi;
- “Keys-stadi texnologiyasi” talabalarda predmetni o’zlashtirishga bo’lgan qiziqishni, amaliy ko’nikmalarni, vaziyatni tahlil qilish va to’g’ri qaror qabul qilishga nisbatan ijodiy yondashish malakalarini rivojlantiradi, turli muammoli vaziyatlar va ularni hal qilish asosida ular tomonidan bilimlarning faol o’zlashtirilishi uchun imkoniyat yaratiladi;

  • an’anaviy tahlim texnologiyalarida o’quv maqsadlari pedagogning bilim berishga yo’naltirilgan bo’lsa, “Modulli o’qitish tahlim texnologiyasi” esa tahlim oluvchilarning bilim imkoniyatlarini va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan bo’lib, kasbiy faoliyatga yo’naltirilganligi ta’kidlandi;

-texnologiya fani darslarida “Izonit texnikasi” mahsulotlarini tayyorlashda “Grafikli orgonayzer strategiyasi”dan foydalanib ip grafikasi usulida tikish jarayoninii o’rganish jarayonida burchak, doira va kamon shaklidagi tasvirlarni chizish va ularni to’ldirish bilan izonit tasvir va buyumlar tayyorlash ko’nikmalarini shakllantirish va malakalarini hosil qilish jarayonida yangi bilimlar hosil qilish jarayoni o’rganildi;

  • “Grafikli orgonayzer strategiyasi” interfaol metodlari va “Vebinar texnologiya”laridan foydalanilsa ish unumdorligi ortadi, talabalar bilim sifati va ta’lim samaradorligi yanada yuqori darajaga ko’tariladi;

  • faoliyatga yo’naltirilgan ta’lim texnologiyasidan o’quv jarayonida foydalanilsa mavzu yuzasidan shakllantirilgan muammoli vaziyati bo’yicha mustaqil ishlash, fikr bildirish, xulosa qilish va natijalarni taqdimot qilishni o’rganish jarayoni o’quvchi-talabaning kompetentlilik darajasini shakllanish jarayonini rivojlantiradi;

-“Lateral fikrlash texnologiyasi” bo’lajak texnologiya fani o’qituvchisining innovatsion faoliyatga tayyorlashda o’qituvchi tomonidan mavzularni bayon etishda yangi yoki nostandart yechimlarni topishda hamda mustaqil ta’limni tashkil etishda nostandart o’quv vaziyatlaridan foydalanish ta’lim-tarbiya jarayonini yanada rivojlantiradi va takomillashtiradi;
- pedagogik turkum fanlarni o’qitishda qo’llaniladigan keyslarni ularning xarakteriga ko’ra B.Blum taksonomiyasi (bilish-tushunish-anglash-tahlil-sintez-qo’llash tizimi)ga muvofiq o’quv-keyslarini quyidagi guruhlarga ajratish tavsiya etilgan:

  • pedagogik bilimlardan xabardorlikni aniqlashga yordam beradigan keyslar;

  • ta’lim-tarbiya jarayonlari, pedagogik faoliyat va hodisaning tarkibiy elementlari o’rtasidagi o’zaro birlik, aloqadorlikni anglash hamda tahlil qilishga yo’naltirilgan keyslar;

  • pedagogik faoliyat, hodisa yoki jarayon mohiyatini tushunish holatini belgilashga xizmat qiladigan keyslar;

  • ta’lim-tarbiya jarayonlari, pedagogik faoliyat va hodisaning tarkibiy elementlarini tizimlashtirish, sintezlash, bosqichlarni izchil ifodalashni taqozo etadigan keyslar;

  • pedagogik bilimlarni amalda qo’llash, mavjud ko’nikma va malakalarni to’laqonli namoyon etishga doir keyslar.

Pedagogik turkum fanlarni o’qitishda ushbu keyslardan samarali, maqsadli va o’rinli foydalanish uchun yuqorida qayd etilgan guruhlarga ajratib o’qitish o’quvchilar tushinishi uchun oson bo’lgan ta’limiy muhitni shakllantirar ekan.
SHu boyisdan B.Blum taksonomiyasi(bilish, tushunish, anglash, tahlil qilish, sintez qilish va amaliyotga qo’llash) ta’lim tizimida muvoffaqiyat bilan qo’llanilmoqda va ijobiy natijalarga erishilmoqda.

Download 0,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish